Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har yili qabul qilinadigan “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat byudjeti prognozi to’g’risida” gi qarorlariga muvofiq belgilanadi. Soliq to’lovchilarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi. Suvdan qishloq xo’jalik ekinlari va ko’chatlarini sug’orish uchun foydalanadigan yordamchi xo’jaliklarga ega yuridik shaxslar, shuningdek ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o’quv yurtlarining o’quv-tajriba xo’jaliklari soliqni qishloq xo’jalik korxonalari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha to’laydilar