Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari:
nazariya va amaliyot
____________________________________________________________________
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
National University of Uzbekistan 327 www.ares.uz
ILMIY TADQIQOTDA ADABIYOTLAR TAHLILINING O’RNI
H. Jangiriova
O’zbekiston Milliy Universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti
(ingliz tili) yo’nalishi III bosqich talabasi
Muayyan bir mavzu sohasida ma'lum bo'lgan va hali ma'lum bo'lmagan axborot,
bilim va ko’nikmalarni assotsiatsiya qilish orqali aniqlay bilish talabalar, tadqiqotchilar
uchun muhim sanaladi. Akademik doiralarda bu adabiyotlar tahlili deb nomlanadi va
ushbu tahlil muayyan mavzu holatini tushunishga, u bilan olib borilayotgan
tadqiqotlar
bilan bog'liqlikni va ushbu bilimlardagi bo'shliqlarni aniqlashga imkon beradi.
Adabiyotlar tahlili diqqat markazidagi munozarani hal qilib qo'shimcha tadqiqotlar
o'tkazish zarurligini aniqlaydi.
Adabiyotlar tahlili o'quvchilarga muallifning mavzuni qat'iy tushunishining
zaruriyatini namoyish etadi. Bu muallifni asarning
umumiy dalillariga nisbatan
ishonch va sodiqlik bilan ta'minlaydi. Natijada avvalgi barcha adabiyotlarni ko'rib
chiqish hamda hisobot berish orqali avvalgi adabiyotlarning zaif jihatlari va
kamchiliklari yanada ravshanroq ko’rina boshlaydi. Bu
nafaqat aniq bir tadqiqot
savolini o'rganish uchun ehtiyojni izlash yoki muhokama qilishda yordam beradi, balki
qo'shimcha tadqiqotlar nima uchun kerakligi haqidagi dalillarni yaxshiroq
shakllantirishga ham yordam beradi.
Adabiyotlar tahlili maqsadi va uning ma’lum bir tadqiqotga qo'shadigan
hissasini ta'riflashdan oldin,
uning aynan
nima emasligini
ta’kidlab o’tish joizdir.
Adabiyotlar tahlili - bu muayyan mavzu bo'yicha individual manbalarni
umumlashtiradigan va ta'riflaydigan izohli bibliografiya emas.
Aksincha, adabiyotlar
tahlili ma'lum mavzular va ko'rsatmalarni tushuntirishga
tegishli manbalarni
birlashtiradi, yaxlit holatga keltiradi. Izohli bibliografiya va adabiyotlarni ko'rib
chiqish o'rtasidagi farq, Axelrod va Kuper (2012)
1
ma'lumotlariga ko'ra, harakatsiz
rasmlar va kino o'rtasidagi farqga o'xshaydi. Filmda harakatsiz rasmlar bor, lekin bu
ularni mazmunli hikoya chizig'iga bog'laydi.
Adabiyotlar tahlili - bu ayni bir shaxsning g'oyalari, dalillari va taxminlarining
namoyishi emas. Aksincha, o’sha shaxsning da'volari tadqiqotchilar tomonidan
1
Axelrod, R. B., & Cooper, C. R. (2012).
Axelrod and Cooper concise guide to writing
(6th ed.). Boston: Belford/St. Martin.