Yangi O‘zbekiston rivojlanishida o‘qituvchi salohiyatini oshirish, zamonaviy ijtimoiy sohalar va iqtisodiyotni rivojlantirishda malakali kadrlar tayyorlashda menejmentni o‘rni va ahamiyati
Xolmirzayeva Gulruxsor Maxammatovna
326-sonli Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim
maktabi o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining tashabbusi va joriy etilayotgan islohotlari bilan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida xalq manfaatlariga qaratilgan keng qamrovli bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. Aytish mumkinki, yoshlarni ijtimoiy hayotning barcha sohalariga: madaniyat, sanʼat va jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish salohiyatini oshirish, kitobxonlikni targʻib etish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus hayotga samarali tatbiq etilmoqda. Ushbu tadbirlarning mazmun va mohiyati hamda ahamiyatini xalqimizga yetkazish, targʻibot tadbirlarini ommaviy, oshkoraviy ravishda tashkil qilish va oʻtkazish, aholi kayfiyatini yana-da koʻtarishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish anʼana tusiga kirib bormoqda. Muhtaram Shu jumladan, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Bugun biz yashayotgan jamiyatda yangi fikr, yangi g‘oya, eng muhimi, islohotlarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlari kerak». Bugungi kunda O‘zbekistonning erishayotgan yutuqlarini xalqaro maydonda e’tirof qilinayotgani va tan olinayotgani esa fikrimizning yaqqol dalilidir. O‘zbek xalqi “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” deb nomlangan milliy g‘oyasiga tayanib yangi O‘zbekistonni barpo etmoqda.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish o’rinliki, bugun biz Mamlakatimiz kelajagini ishonib topshirgan yoshlar taqdiriga befarq bo’lmagan holda, ijtimoiy hayotning har bir jabhasida ularga bo’lgan yuksak e’tiborni ko’ramiz. Aynan yetuk kadrlar masalasida yetuk o’qituvchi va murabbiylar termini ham faol bo’lib kelmoqda. Xususan, joriy yil fanlar tizimi doirasida chet tillarini o’qitish va o’rganishga alohida e’tibor qaratildi. Buning natijasida ta’lim muassasalarida yoshlarni til o’rganishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar bilan birga yetuk malakali o’qituvchilar ham jalb qilindi. Shu o’rinda Jahon statistikasi tasdiqlagan faktlarni e’tiboringizga havola etamiz: YuNESKO statistika instituti ma'lumotlariga ko'ra, 258 million bolalar va yoshlar maktabda o'qimaydilar, aniqrog’i o’qish uchun imkoniyatlari yetmaydi. Shuning uchun 2019- yil Butunjahon o'qituvchilar kuni uchun tanlangan mavzu "Yosh o'qituvchilar: kasb kelajagi". Butunjahon o'qituvchilar kuni o'z hayotini bilimlarni uzatishga va ongni shakllantirishga bag'ishlaganlarning bayrami bo'lishidan tashqari, kasbga taalluqli bo'lgan muhim masalalarni yoritib berish va o'qituvchilarni ta'limning global kun tartibida birinchi o'rinda ushlab turish imkoniyatidir.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 2020 -yilgi Davlat dasturi doirasida birinchi yarim yillikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta Farmoni va 5 ta Qarori qabul qilindi. Shuningdek, 12 ta chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tegishli tartibda tasdiqlandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori va 1 ta idoralararo normativ hujjati qabul qilindi. Davlat dasturida belgilangan va puxta o‘ylangan tadbirlar global pandemiya ta’sirini yumshatishga, inqirozdan tez va samarali chiqishga ko‘maklashmoqda. Buni global pandemiyaga qaramasdan, Davlat dasturi bir qator bandlarining muvaffaqiyatli bajarilganida ham ko‘rish mumkin. Zamonaviy sharoitda har qanday korxona faoliyatining turli tomonlarini boshqarish tizimida eng murakkab va mas'uliyatli aloqa moliyaviy menejment - moliyaviy menejmentdir. Menejment - bu korxonalarni boshqarish jarayoni. Moliyaviy menejment bu moliyaviy menejment fanidir. Ikkinchi Jahon Urushidan keyin, atama sifatida, AQShda paydo bo'ldi. Moliyaviy menejment yoki moliyaviy resurslar va munosabatlarni boshqarish, iqtisodiy sub'ektning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida moliya sohasida bozor mexanizmlarini tartibga solish printsiplari, usullari, shakllari va usullari tizimini qamrab oladi. Kichik biznesda buxgalter yoki iqtisodchining malakasi moliyaviy menejment uchun etarli, chunki moliyaviy operatsiyalar odatdagi naqd pulsiz to'lovlardan nariga o'tmaydi, buning asosi naqd pul oqimi hisoblanadi. Katta biznesning moliyaviy ahvoli bilan umuman boshqacha rasm. Katta biznesda miqdorning sifatga o'tish qonuni qo'llaniladi. Katta biznes katta kapital oqimini va shunga mos ravishda mahsulot (ish, xizmat) iste'molchilarining katta oqimini talab qiladi. Hajmi va ko'lami sezilarli darajada o'lchanadigan o'rta va yirik biznesda moliyaviy operatsiyalar ustunlik qiladi. sarmoyalar, kapitalning harakati va ko'payishi bilan bog'liq. Katta biznesni moliyaviy boshqarish uchun moliyaviy biznes sohasida maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassislar - moliyaviy menejerlar (moliyaviy direktorlar) kerak. Moliya nazariyasini, menejment asoslarini, moliyaviy menejerni bilish, tajriba orttirish, intuitivlik va bozorga mos kelmaslik biznesdagi asosiy shaxsga aylanadi.
Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo'lida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi – Asosiy qonunimiz ishlab chiqildi va qabul qilindi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egalladi. O'zbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilib, konstitutsiyaviy tuzumga asos solindi. Davlat hokimiyatining uchta mustaqil tarmog'i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari qaror topdi. Tom ma'nodagi konstitutsiyaviy davlat barpo etildi.
Darvoqe, “yangi” degan so'zning biz uchun alohida ahamiyati bor. Masalan, eng ko'hna bayramlarimizdan biri Navro'z – Yangi kun deb atalishini esga olaylik. Ushbu qadimiy bayram bilan bog'liq qadriyat va an'analar hayotimizga shu qadar singib ketganki, xalqimiz asrlar davomida, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy aytganlaridek, “Har tuning qadr o'lubon, har kuning bo'lsin Navro'z!” degan ezgu tilaklar, pok niyatlar bilan yashab keladi. Shu ma'noda, bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O'zbekiston” g'oyasi zamirida ana shunday ulug' ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo'lamiz. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uyg'onish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon.
Bugungi kunda O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini ta'minlaydigan eng muhim mezondir. Ta'kidlash kerakki, Yangi O'zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir. Yangi O'zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va printsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir. Mamlakatimizda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tobora kengayib bormoqda. Senator va deputatlar, vazir va hokimlar, barcha bo'g'indagi mansabdor shaxslar fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning dardu tashvishlari bilan qog'ozda emas, amalda jiddiy shug'ullanmoqda. Ya'ni, avvalambor, davlat organlari xalq uchun, har bir fuqaro uchun ochilib, ular bilan faol muloqot olib bormoqda. Yangi O'zbekiston – bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir. Shu bois mamlakatimiz iqtisodiy tizimi to'liq qayta qurilmoqda, qanchalik og'ir bo'lmasin, bozor mexanizmlarini amalda joriy etishni boshladik. Islohotlar aholining barcha qatlamlari manfaatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda: tadbirkorlar o'z biznesini rivojlantirish uchun erkinlik va yangi-yangi imkoniyatlarga ega bo'lmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xo'jaliklari o'zlari etishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda.
Bugungi kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish, buning uchun yangi ish o'rinlari, daromad manbalarini yaratish, kambag'allikni qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng muhim yo'nalishlari hisoblanadi. Keksalar, nogironlar, og'ir ahvolga tushib qolgan insonlarni qo'llab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko'rsatish kabi ezgu an'analar bugungi kunda yangicha ma'no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, takomillashib bormoqda. Bu borada, ayniqsa, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar o'z ijobiy natijasini bermoqda. Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 7 ming 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion so'mlik qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Yangi O'zbekistonda kichik va xususiy biznes sub'ektlari soni keyingi paytda ikki barobar ko'paydi, ushbu tarmoqdagi 50 foizdan ziyod korxonalar faqat keyingi uch yilda tashkil etilgan. Bu esa mamlakatimizda muhim ijtimoiy qatlam – o'rta sinfning kuchayishi uchun puxta zamin bo'lmoqda. Shuning uchun ham biznesni qo'llab-quvvatlash, tadbirkorlik va xususiy mulkni himoya qilish barcha iqtisodiy islohotlarning bosh masalasi bo'lib qolmoqda. Tadbirkorlar ularni qo'llab-quvvatlash haqidagi chiroyli so'zlarni ko'p eshitgan, endi bu gaplarning amaliy ta'siri va natijasini o'z kundalik faoliyatida his etishi kerak. Ayrim mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlar ishiga aralashish, “telefon huquqi”dan foydalanib, ularga tazyiq o'tkazish holatlari uchrab turgani ham bor gap. Biz bunday muammolarga uzil-kesil nuqta qo'yish ustida ishlayapmiz. Agar biz tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlamasak, ularga sharoit yaratib bermasak, xususiy korxonalar sonini ko'paytirmasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://iiv.uz/news/yangi-ozbekiston-demokratik-ozgarishlar-keng-imkoniyatlar-va-amaliy-ishlar-mamlakatiga-aylanmoqda
https://yuz.uz/uz/news/yangi-ozbekiston-bosib-otayotgan-yol
https://isrs.uz/oz/maqolalar/ozbekiston-2017-bir-yil-ichida-qanday-ozgarishlar-roy-berdi
https://soliq.uz/press-services/news/show/yangi-ozbekiston--yangi-soliq-tizimi-yangi-natijalar-yangi-rejalar
Do'stlaringiz bilan baham: |