Yangi o’zbekiston orzusi



Download 24,48 Kb.
Sana22.11.2022
Hajmi24,48 Kb.
#870200
Bog'liq
Maqola


YANGI O’ZBEKISTON ORZUSI


Har bir inson borki, orzu-umid bilan yashaydi, faoliyat yuritadi. Qayerda nimaiki vazifada bo‘lmasin, orzulariga ergashadi. Birinchi orzusi ro‘yobini ko‘rib ikkinchisini orzu qiladi. Korxona, tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan barcha xizmatchi, endigina katta hayot bo‘sag‘asiga qadam qo‘yayotgan yoshlar, kelingki, har bir fuqaroning Yurtboshi bilan uchrashish orzusi yo‘q emas. Bu baxt esa har doim hammaga ham nasib qilmasligi ham ayni haqiqat. Yoshligimizdan yurakdan qilingan orzu albatta amalga oshishini ko’p bor eshitib katta bo’lganmiz. Ayni damda esa ustozlarimiz, rahbarlarimiz inson halol mehnati bilan barcha orzulari ro’yobiga yetishi mumkinligini doim takrorlaydi. 2021-yil avgust oyining so‘nggi kunlarida quvonchli xabar bilan telefon bo’ldi. “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanganlar orasida men ham bor ekanman. Nishonni oldim-u guvohnomasini o’qidim yurtboshimiz imzolari qo‘yilgan. Yillar davomida yurakka tuyulgan orzuim ya’ni MENING PREZIDENTIM bilan uchrashish hissi yanada jo‘sh urdi. Shu asnoda yaxshi kayfiyatda ishni davom ettirdim. Ishdaligimda yana telefonimga qo‘ng‘iroq bo’ldi. Suhbatlashyapman hayajon boshlandi. Tez kunlarda davlatimiz rahbarining viloyat faollari bilan uchrashuvi bo’lishi, ushbu uchrashuvda men ham ishtirok etishimni aytdi. Yurakdagi sof niyat ijobat bo‘ldi. Uchrashuv katta taassurotlar, ulkan rejalar bilan o‘tdi. Uchrashuv so’ngida har bir uchrashuv qatnashchisiga ziyo ulashildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI” kitobi sovg’a qilindi. Hozir sizlarga uchrashuvdagi taassurotlarimni emas, aksincha o’sha uchrashuvda sovg‘a qilingan kitob haqidagi fikrlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Bugun prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida har bir sohada keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan islohotlarning barchasi Inson qadri uchun xizmat qilishini nafaqat yurtdoshlarimiz balki butun dunyo hamjamiyati ham e’tirof etyapti. Xalq roziligi uchun inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar yangi bosqichga chiqdi. Yuqorida fikrimni bejizga orzular bilan boshlamadim. Zero mazkur kitob ham quyidagi “Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgi davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohatlarimizning yaqqol ifodasidir”, - degan jumla bilan boshlangan. Har bir inson kabi xar bir xalqning ham tinch-totuv yashash, farovon hayot, barqaror taraqqiyot bilan bog‘liq orzulari bo‘ladi. Kitob ham Yangi O’zbekiston orzusi bilan bitilgan desam ham ayni haqiqat bo‘ladi. Muqaddima, yeti bo‘lim va xotimadan iborat. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi’, “Xalqparvar davlat”, “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish”, “Adolatli ijtimoiy siyosat” “Ma’naviy taraqqqiyot”, “Xavfsizlik va tashqi siyosat”, “O‘zbekiston va umumbashariy muammolar” singari boblarda har bir O‘zbekiston fuqaroslarining orzu-umidlari mujassam etilib, ertangi yorug‘ kelajak mustahkamlangan. Har bitta bobda yillar davomida qilingan va kutilgan orzular, hayotimizning faravonlashuvi, qulay shart-sharoitlar yaratilishi aniq misollar va tahlillar bilan belgilangan. Bundan buyon har bir harakat inson qadri uchun, “Davlat inson uchun” degan shiorlarni uqigan saring yana yashaging mehnat qilging keladi. Biz yoshlarga qarata Yangi O’zbekistonni birgalikda quramiz degan chaqiriqlari yoshlikka hos shijoat bag’ishlaydi. Mazkur kitob Taraqqiyot strategiyasining asosidir. Sog’liqni saqlashdagi muammolar va yechimlari, beshikdan boshlanuvchi ta’lim va tarbiya sohasida buyuk ajdodlarimizning bebaho merosiga tayanib yangi uchunchi Renesansni barpo etish, “Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi’ degan ulug’vor g’oya asosida maktab tizimini umummilliy harakatga aylantirish ishlari yangi bosqichga olib chiqilishi bayon etilgan. Yangi O’zbekiston yoshlari orasidan xorazmiy va farg’oniylarni, beruniy va ibn sinolarni, ulug’beklar va navoiylarni tarbiyalash ustivor vazifa sifatida qaralgan.
Muhtaram yurtboshimizning “Jonajon O’zbekistonimiz rivojlanishining yangi davriga qadam qo‘ydi. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi hayotiy zaruratlar va ularni amalga oshirish bo’yicha ulkan vazifa va imkoniyatlar paydo bo’lmoqda. Hayot oldimizga yana ko’plab sinov va muammolarni qo’yishi mumkin va biz har qanday holatda tayyor turishimiz kerak. Lekin qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, demokratik islohatlar yo’lidan hech qachon ortga qaytmaymiz.” degan chuqur mulohaza va harakatga undovchi fikrlarini mutoaala qilgan har bir fuqaroni yurt taraqqiyoti yo’lida kuchga to’lib, yangicha ishlashga undaydi. Yangi O’zbekistonni va Uchinchi renessans poydevorini barpo etish borasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, yangi islohotlarni amalga oshirishdagi ustuvor yo’nalishlar, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari bilan tanishmoqchi hamda o’zining yaqin besh yildagi kelajagiga qiziqqan har bir inson “YANGI O’ZBEKISTON STRATEGIYASINI” o’qimog’i, o‘rganmog‘i zarur. Har tong uyg‘onar ekanmiz, oldimizga yangi maqsad va vazifa qo‘yamiz. Ushbu kitob orqali ham xalqimizning yangi uyg‘onish asoslari, ezgu orzu intilishlari, ularni amalga oshirish borasidagi muhim vazifalarni o’z ichiga olgani bilan ham ahamiyatlidir. Yurtboshimizning ushbu kitobini o’qish davomida o‘z kelajagini bilish bilan bir qatorda kerakli ma’naviy ozuqa olishi ham aniq.


Boburjon Xidirov,
Kelajak liderlari” klubi a’zosi,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tyutori.
Download 24,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish