Belgiya va Gollandiyada arxiv ishi tarixi
Fransiyada arxiv ishining rivojlanishi bir qator Yevropa mamlakatlarida arxiv ishining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Fransuz respublikachilari tomonidan 1794 Belgiyaning Fransiya tarkibiga kiritilgan. Belgiya davlati departamentlarga bo‘linib boshqarilgan.1796 yil 6 ta departament arxivi tashkil etilgan. Ular Bryussel, gente, Lje, Namyur, Lyuksemburg, Mastrixt shaharlari edi. Ularda dominal va Belgiya hududidagi ispan, avstriya hukumatlarining eski tuzum ma'muriy, diniy sud, notarial organlari hujjatlari saqlangan. Ularda avvalo dominal va eski tuzum hujjatlari yig‘ilgan bo‘lsa, keyinchalik ispan, avstriya hukumatlarining mustamlakachilik davri hujjatlari ham qo‘shilgan. O‘sha paytda Bryusseldagi arxiv boshqa arxivlardan ajralib turgan. Chunki arxiv Fransuzlar xukmronligi davrida Belgiya hududidagi Markaziy boshqaruv arxivi edi. Vena kongressi voqyealaridan so‘ng Belgiya Niderlandiya qirolligiga qo‘shilgandan so‘ng, departament arxivlari, davlat arxivlari sifatida provinsiya arxivi nomini oldi. Belgiyada arxiv ishi rivojlanishining keyingi bosqichi 1830 yilda mustaqillikka erishgandan so‘ng sodir bo‘ldi. Yangi qirollik davlat apparatining boshqatdan tashkil etilishi ko‘rib chiqilganda, davlat arxivlarini tashkillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Arxiv ishlarin boshqarish ishlari mamlakat Ichki Ishlar vazirligi qoshida faoliyat olib bordi. Unda bevosita qirollikning bosh arxivisti ish olib borgan.Ko‘p yillar 131 yildan 1885 yilgacha 19 asrning mashxur tarixchi arxivist Prosper Gashar bu lavozimda ishladi. U davlatarxivlarini ilmiy tadqiqot markaziga aylantirshga harakat qildi. Bosh arxivchi tasarrufiga Bryusseldagi qirollik arxivi, provinsiyalardagi davlat arxivlari kirar edi. Qirollikning bosh arxivi ilgari mavjud bo‘lgan Bryussel arxivida tashkil etildi. Uning tarkibida Avstriya hukumatinig janubiy niderlandlar ustidan hukmronligi davridagi muassasalar va umumiy boshqaruv hujjatlari, muxim o‘rta asrlar yorliqlari saqlangan.Lekin Belgiya hukumati bosharxiv birinchi navbatda markaziy davlat muassasalari, dinastiya, tashqi siyosatga oid hujjatlarga e'tibor qaratdi. 1831 yilgacha Belgiya hyech qachon mustaqil faoliyat olib bormagan, yuqorida ta'kidlangan hujjatlar kamchilikni tashkil etgan, shunga qaramay Yevropada ushbu arxiv eng arxivlardan biri edi.Qirollik arxivi hujjatlari unga tegishli 3 ta asosiy seksiyaga bo‘lingan edi.
1. seksiyada Belgiyada Burgund, Ispaniya va Avstriya xukmronligi davridagi qonunchilik, ma'muriy muassasalarinig registratura, hujjatlaridan tashkkil topgan. Ulardan mashhurlari Maxfiy Kengash, Moliya Kengashi davlat sekretariyati, harbiy sekretariyat, turli komissiya hujjatlari hisoblanadi. Ulardan tashqari cherkov, o‘quv muassasalari hujjatlari ham mavjud. Ulardan mashhuri xozirgacha mavjud bo‘lgan Luven universiteti hujjatlaridir.
2. seksiyada Belgiyada feodal tuzum davrlaridagi moliyaviy organlar hujjatlari saqlangan. Ular hisob palatasi hujjatlari bo‘lib, uning tarkibida ko‘pgina o‘rta asrlar yorliqlari ham saqlanib qolgan. Undan tashqari sexlar boshqaruvi, birja va boshqa hujjatlar ham mavjud.
3.seksiyada sud, notarial organlari hujjatlari saqlanagan.Qirolik bosh arxivi bilan janubiy brabant provinsiyasi uzluksiz bog‘liq bo‘lgan, chunki u Bryussel ma'muriy markazi bo‘lgan. Umuman olganda bu arxiv bsharxivning bita seksiyasi sifatida faoliyat olib borgan. Davlat provinsial arxivlarida mahaliy kelib chiquvchi arxiv hujatlari yig‘ilgan. 19 asrgacha tashkil etilgan ma'muriy rayonlar hujjatlari birbiri bian bog‘liq hisoblanadi. Provinsiyal arxivlar Bryussel arxividan tashqari Antverpen (aynan o‘sha shahar uchun ), Gente (sharqiy flandriya), Monse (Genegau provinsiyasi uchun), Lej (Lej provinsiyasi uchun), Gasselte ( Limburg provinsiyasi uchun), Arlone (Lyuksemburg provinsiyasi uchun), Namyure (Namyure provinsiyasi uchun ) arxivlari mavjud bo‘lgan.
Belgiya hukumati mustaqillika erishgandan so‘ng fransuz hukumati davridagi hujjatlarin yig‘ishga harakat qilmadi, chunki dalat arxivlarida 1794 yilgacha mavju bo‘lgan hujjatlar mavjud edi. Arxivlarni tarix arxivlariga aylantirish lozim edi. Hujjatlarni saqlash binolari yetishmagan va hujatlar to‘g‘ri tashkil etilmagan arxivlarda, 1794 yildan keyingi hujatlarni tartibga solish ishlari olib borildi, ularni bataraf etish ishlari olib borildi. Ularda Belgiyaning Fransiyaning tarkibiga bo‘lgan davri (1794-1813 yillar), Niderlandiya tarkibida bo‘lgan davri (1814-1830 yilar)ga oid hujjatlar mavjud edi. 19 asr oxirida barcha eski tuzum hujjatlari davlat arxivlariga topshirila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |