Yangi davr arab adabiyoti


JAZOIRNING ARABIYZABON ADABIYoTI



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

 
JAZOIRNING ARABIYZABON ADABIYoTI  
Uzoq vaqt davom etgan tushkunlikdan so‘ng XIX asrning oxirgi o‘n yilliklaridan boshlab 
Jazoirning  arabiyzabon  adabiyoti  gurkirab  rivojlana  boshladi.  Bu  hol  ko‘pgina  arab 
mamlakatlarini  qamrab  olgan  madaniy  ko‘tarilish  bilan  bog‘liq  edi.  Bu  davrda  Jazoirda,  xuddi 
Misr,  Suriya  va  Livanda  bo‘lganidek,  vaqtli  matbuot  muhim  rol  o‘ynay  boshladi,  publisistika 
vujudga  keldi,  u  milliy  o‘zini  anglash  jarayoniga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsata  bordi,  xalqni 
mustamlakachilik  zulmiga  qarshi  kurashga  chaqirdi.  Jazoir  adiblari  va  adabiy  tanqidchilari 
matbuotda mamlakat madaniyati, maorifi, tarixi, iqtisodiga oid maqola va ocherklar e’lon qilib, 
fransuzlar  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  assimilyatsiya  siyosatiga  qarshi  chiqdilar.  Bu 
yozuvchilar orasida, ayniqsa Muhammad as-Said ibn Zikri, Mustafo ibn al-Xuja, Abdulqodir al-
Majaui mashhur edilar.  
XIX  asr  oxiri  –  XX  asrning  birinchi  choragi  matbuotining  publisistik  uslubi  Jazoir 
prozasida shakllanib borayotgan adabiy uslubga, yangi janrlarning shakllanishiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatdi.  Jazoir  adabiyoti  sekin-asta  o‘rta  asr  mumtoz  arab  adabiyoti  ta’siridan  qutila  bordi, 
nasrda majburiy hisoblangan saj, sinonim so‘zlarni qatorlashtirib ishlatish, tazminlar, boshqa shu 
kabi «bezaklar», ya’ni Jazoirning o‘rta  asr badiiy, tarixiy, jug‘rofiy nasriga xos xislatlar yo‘qola 
bordi.  
Jazoir  madaniy  qadriyatlarini  qayta  jonlashtirish,  bu  mamlakatda  arab  tilini  joriy  qilish, 
maorifni  rivojlantirish  ishida  1931  yilda  ta’sis  etilgan  Jazoirning  musulmon  dinshunos  olimlari 


 
147 
Uyushmasi  muhim  rol  o‘ynadi.  Uyushma  rahbari  taniqli  islom  islohotchisi  shayh  Abdulhamid 
Binni Bodis (1889-1940) edi. Uyushma faoliyati ochiq antikolonial, antifeodal tusga ega bo‘lib, 
milliy o‘zini anglash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Assotsiatsiya a’zolari Mabarrak al-Mili va 
Ahmad  Tavfiq  al  Madaniy  tomonidan  e’lon  qilingan  Jazoir  tarixiga  oid  kitoblar  mazkur  davr 
publisistik uslubining o‘ziga xos namunalaridir. Al-Milining «Jazoirning o‘tmishdagi va hozirgi 
tarixi» (1929-1932) kitobida tarixga quyidagicha ta’rif beriladi:  «U o‘tmish oynasi va bugunga 
olib  keluvchi  narvondir.  U  xalqlarning  mavjudligini  isbotlovchi  hujjat,  ularning  buyuk  ishlari 
qayd  etib  boriladigan  kitob,  onglari  ochiladigan  manzil,  taraqqiy  etishlarining  ilk  nuqtasidir. 
Bugun  hamma  xalqlar  hokimlar  qudrati  faqatgina  fuqaroning  qo‘rqoqligi  va  omiligi  tufayli 
ekanini yaxshi biladilar».  
Jazoir  adiblarining  publisistik  asarlari  ma’rifatparvarlik,  siyosiy  maqsadlarga  xizmat 
qilib, ommaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Fransuz tilidagi publisistika keyinroq arab tilida rivojlangan 
Jazoir publisistikasiga asos bo‘ldi.  
Jazoirda  hozirgi  zamon  arabiyzabon  adabiyotning  shakllanish  davri  ikkinchi  jahon 
urushidan keyinga to‘g‘ri keladi.   
Bu  davrga  kelib  ko‘zga  ko‘ringan  novellistlar  shakllandi,  arab  adabiy  tilida  romanlar, 
hikoyalar, pesalar nashr etildi, hozirgi zamon nasri uslubi sayqallandi.  
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish