Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

AHMAD RIDA XUXU  
Ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  Jazoir  prozasida  Ahmad  Rida  Xuxu  (1911-1956) 
siymosi diqqatni o‘ziga tortadi.
72
  
Adib  boshlang‘ich  ma’lumotni  ona  shahri  Sidi  Uqbo  shahrida  oldi,  o‘zining  arab  tili 
sohasidagi  bilimlarini  esa,  Saudiya  Arabistonida  kamolga  yetkazdi.  Bu  mamlakatda  yashagan 
chog‘larida Ahmad Rida Xuxu vaqtli matbuot uchun maqola va ocherklar yozadi, fransuz tilidan 
qilgan  tarjimalarini  e’lon  qiladi,  hikoya  janrida  o‘z  salohiyatini  sinab  ko‘radi.  Ikkinchi  jahon 
urushi tugagandan so‘ng adib vataniga qaytdi. Jazoirda Rida Xuxu maktab mudiri bo‘lib ishladi. 
Matbuot bilan hamkorlik  qildi,  adabiy tilda va dialektda radio  uchun pesalar  yozdi.  Rida Xuxu 
Jazoir xalqining fransuz mustamlakachilariga qarshi olib borgan ozodlik urushida halok bo‘ldi.  
Yozuvchi vaqtli matbuotda e’lon qilingan, alohida to‘plam holida nashr etilgan ko‘p sonli 
hikoyalar muallifidir. Jazoir tanqidchilari Rida Xuxuni mamlakatdagi  arabiyzabon novella janri 
asoschisi  deb  biladilar.  Yozuvchining  1947  yilda  arab  tilida  yozib  nashr  etilgan  romani  unga 
shuhrat  keltirdi.  Mag‘rib  mamlakatlarida  arab  tilida  yozilgan  ilk  romanlardan  hisoblangan  bu 
asar  «  Makkalik  qiz»  atalib,  hozirgacha  arab  xalqlarini  qattiq  hayajonga  solib  kelayotgan 
muammo  –  ayollar  ozodligi  masalasiga  bag‘ishlangan.  Hijozlik  oiladan  chiqqan  qiz  haqida 
hikoya  qiluvchi  bu  romanda  muallif  ayollarning  qaram  holga  solinishiga  qarshi  chiqadi,  uni 
qullik ramzi bo‘lmish paranjidan qutqarish, ma’rifatli qilish haqida gapiradi. Roman ruhoniylar 
tomonidan keskin tanqid qilindi. Ular Rida Xuxu milliy an’analarga raxna solishga, musulmon 
axloqi  asoslariga  bolta  urishga  da’vat  etmoqda,  deb  ayb  qo‘ydilar.  Bu  hujumlarga  qaramay 
yozuvchi o‘z nuqtai nazariga sodiq qoldi va keyingi kitoblarida bu fikrlarini davom ettirdi. «Al-
Hokimning eshagi bilan» («Maa himar al-Hakim», 1953), «Ilhom sohibasi» («Sohibat al-vahiy», 
1954), «Insoniy xarakterlar» («Namaziji al-bashariy», 1954) to‘plamlaridagi qator hikoyalar ana 
shunday asarlar jumlasiga kiradi.  
Arab  tanqidchiligi  bir  ovozdan  Rida  Xuxuning  satiradagi  iste’dodini,  asarlaridagi 
dialoglarining  jonliligini,  o‘tkirligini  e’tirof  etadi.  Rida  Xuxuning  yozuvchilik  mahorati  bor 
kuchi  bilan  uning  hikoyalarida  namoyon  bo‘ladi.  Ayniqsa,  insonlardagi  norasoliklar  tanqid 
ostiga  olingan  hikoyalar  muvaffaqiyatli  chiqqan  –  ularda  yozuvchining  talanti  yorqin 
ifodalangan.  «Insoniy  xarakterlar»  to‘plami  hikoyalarida  Olloh  nomini  ro‘kach  qilib  jirkanch 
tovlamachiliklar bilan shug‘ullanib yurgan shayx ham, saylovchilar ovozini sotib olgan deputat 
ham,  yoshi  bir  joyga  borganiga  qaramay  mehnatdan  bo‘yin  tovlab,  oilasi  bilan  amakisining 
bo‘yniga  yuk  bo‘lgan  takasaltang  ham  bor.  Shu  bilan  birgalikda  to‘plamdagi  hikoyalarda 
                                           
72
 Прожогина С.В. Современная литература Алжира. М.: 1987.  


 
148 
shunday  qahramonlar  ham  uchraydiki,  ular  yangi  avlod  namoyandasi  bo‘lib,  ko‘p 
qiyinchiliklarni yengib o‘tgan, to‘g‘ri yo‘lni tanlab olishga muvaffaq bo‘lganlar.  
Yozuvchilik  uslubiga  ko‘ra  Rida  Xuxu  «Ko‘z  ko‘rgan  narsa»    hikoyalar  to‘plami 
muallifi,  taniqli  misrlik  adib  Muhammad  Teymurni  (1892-1921)  eslatadi.  Rida  ham  xuddi 
shunday  ixcham  hikoyalar  yozadi,  Muhammad  Teymur  singari  kuzatuvchan,  uningdek  jonli 
hayot lavhalarini chizishni yaxshi ko‘radi.  
Boshqa  novellistlar  orasida  Ahmad  Ashurni  alohida  zikr  etish  kerak.  Uning  hikoyalari 
(«Evakuatsiya kuni», «Assotsiatsiya») yuksak vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan. Uning 
ijodida  muhim  ijtimoiy  masalalar  ko‘tarib  chiqilgan:  «Qariqiz  shikoyatlari»,  «Solih  va  uning 
qallig‘i»  hikoyalarida  ayollar  ozodligi  masalasi  ko‘tarib  chiqilgan  bo‘lsa,  «Soxta  imom», 
«Afsungar o‘qituvchi», «Parvardigor qonuni darsi» hikoyalarida u jaholat va xurofot iskanjasida 
qolgan jamiyat qusurlari ustidan kuladi.  
Jazoir  adiblari  orasida  Sharif  al-Husayni,  Zuhur  al-Vanisi,  Abdulmajid  ash-Shafiiylar 
ham taniqli hisoblanadilar. Ular ijodida Jazoir novellistikasiga xos ma’rifatparvarlik xislatlari o‘z 
ifodasini  topgan.  Mazkur  adiblar  o‘z  asarlarida  ijtimoiy  qoloqlikni,  arab  mamlakatlaridagi 
ayollar  huquqsizligini  tanqid  qildilar.  Jazoir  yozuvchilarining  60-yillardagi  asarlarida  milliy-
ozodlik harakati mavzusi salmoqli o‘rin egallaydi. Jazoir xalqining fransuz mustamlakachilariga 
qarshi kurashi mavzusi yosh nasrnavislar Hanafiy binni Iso («Jazoirlik kishi Parijda» hikoyasi), 
at-Tohir Vattor («Dilimdan chiqqan tutun» to‘plamidagi «Nava», «Gunohni yuvish» hikoyalari), 
Fadiya Mas’udiy («Malika» hikoyasi) ijodida ham o‘z ifodasini topgan.  
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish