TUNIS ADABIYoTI
Yangi zamon Tunis adabiyoti tarixini shartli ravishda uch davrga bo‘lish mumkin:
1. Madaniy ko‘tarilish davri adabiyoti (an-nahda) – 1837-1905.
2. Ilk realizm davri – 1920-1937.
3. Mustaqillik davri adabiyoti – 1956-1970.
1.
Madaniy ko‘tarilish davri adabiyoti.
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab Turkiya orqali kirib kelayotgan Yevropa islohotchilik
g‘oyalari an’anaviy arab madaniyati bilan to‘qnashdi. Jazoir Fransiya tomonidan 1830 yilda
bosib olingach Shimoliy Afrikagacha yevropalik aholining kirib kelishi kuchaydi. Shu davrda
Tunisga Yevropa sanoati, tijorati, ular bilan birga xulq-atvori ham kirib kela boshladi. Bu
jarayon Tunisning diniy va milliy an’analarni saqlab qolish tarafdori bo‘lgan aholi qatlamlari
qarshiligiga duch keldi.
Islohot tarafdorlari o‘z oldilariga mamlakatni yangi rivojlanish yo‘liga boshlash, ayni
vaqtda mahalliy xususiyatlarni yo‘qotmaslik, Yevropaga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishdan qochish
vazifasini qo‘ygan edilar. Islohotchi hukmdorlardan Ahmad bey (1837-1855) harbiy maktab
tashkil qilgan bo‘lsa, Muhammad bey (1855-1859) «xavfsizlik xartiya»sini e’lon qildi. Xartiya
davlat litografiyasida bosib chiqarilgan birinchi rasmiy hujjat bo‘lib, unda mamlakatning barcha
aholisiga moddiy va ma’naviy kafolat berilgan, hammaning qonun oldida tengligi qayd etilgan
edi.
Tunisning taniqli ma’rifatparvar arbobi Xayriddin tomonidan 1860 yilda birinchi
zamonaviy davlat tipografiyasining ochilishi mamlakat hayotida muhim voqea bo‘ldi.
Sodiqiyada kollejning ochilishi, Zitun machiti qoshida ta’lim – tarbiya ishlarining yo‘lga
qo‘yilishi, kutubxonaga asos solinishi, nashriyot va matbuot taraqqiyotining rag‘batlantirilishini
ham ushbu shaxsning nomi bilan bog‘liq edi.
Tunis podshohligi XIX asrning 70-yillarida chuqur iqtisodiy va siyosiy tanglikni boshdan
kechirdi. Mamlakatdagi idoraviy tizim va siyosiy rejim hozirgi zamon talablariga javob bermas
va mamlakat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilar edi. 1881 yilning may oyida Fransiya Tunisni bosib
oldi. Dastlab okkupatsiya harbiy tusga ega edi, lekin oradan 2 yil o‘tgach fransuzlar bu yerda o‘z
hokimiyatlarini o‘rnatdilar va mamlakatni Fransiyaning protektoratiga aylantirdilar.
Xayriddin zamonida ta’sis etilgan madaniy muassasalar Tunis milliy ruhini saqlab
qolishda alohida ahamiyat kasb etdi. Fransiya ularning ta’sirini kamaytirishga harakat qilar edi.
1883 yilda Ilmu donish boshqaruvi instituti tashkil etildi va unga fransuz arabshunosi Lui
Mashuel rahbar etib tayinlandi. Institut mamlakatdagi butun madaniy hayotni nazorat qilib turar
edi. Fransuz tili mamlakatdagi yagona ta’lim tiliga aylandi. Bularning barchasi mamlakat
taraqqiyotiga to‘sqinlik qilar, ko‘pchilik arablar muhojirat qildilar.
Fransiyaning Tunisdagi hukmronligi mamlakatdagi madaniy ko‘tarilishga og‘ir zarba
bo‘lib tushdi, chunki bu davrda Tunis mamlakatning an’anaviy qadriyatlariga mos, ayni paytda
156
zamonaviy jamiyatning rivojiga ko‘maklashuvchi unsurlarga ega yo‘lni tanlash jarayonini
boshdan kechirayotgan edi.
Tunis prozasi XIX asrning boshlarigacha rasoil, maqoma janrlari doirasida rivojlandi.
Yangi davrda bu janrlarda ijtimoiy problematika ham o‘z aksini topa boshladi. Bu davrda XVIII
asrdagi mualliflarning uslub sohasidagi o‘z iqtidorlarini ko‘rsatish vositasiga aylantirilgan,
hayotdan uzilib qolgan nafis va bejamdor nasr o‘rnini zamonaviy mazmun bilan to‘ldirilgan
proza egallab bordi. Bu davr prozasida to‘rt turdagi asarlarni – sayohatnomalar, hayotnomalar,
ilmiy va siyosiy mazmundagi risolalarni ko‘rish mumkin. Sayohatnomalar Yevropa
mamlakatlariga qilingan safarlarni yoritishga bag‘ishlanib, ma’rifatparvarlik maqsadlariga
xizmat qilar edi.
Ma’rifatparvarlik oqimi musulmon davlatlari, jumladan Tunisning mashhur kishilari
hayotiga nisbatan qiziqish uyg‘otdi, jug‘rofiy adabiyot vujudga keldi.
Ilmiy adabiyot, asosan, islom huquqi masalalari, tarix va jug‘rofiya sohalarini qamrab
olar edi. Bu adabiy yo‘nalishlar o‘zaro chatishib va bir-biriga ta’sir o‘tkazib, hozirgi zamon arab
adabiyotining tug‘ilishga zamin hozirladi.
Madaniy ko‘tarilishning yangi bosqichi 1881 – 1905 yillarga to‘g‘ri keladi. Jamoliddin
al-Afg‘oniy (1839-1897) Kalkuttada yashagan vaqtida tuzgan «Ishonchli suyanchiq jamiyati»
xalqaro yashirin tashkiloti tufayli madaniy ko‘tarilish yangi rivojlanish fazasiga kiradi. Bu
panislomistik tashkilot bo‘lib, ozodlik yo‘lida musulmon davlatlarining birligi g‘oyasini targ‘ib
qilar edi. Shayx Bayram va tunislik yozuvchi Snusi unga a’zo bo‘ldilar. 1994 yildan Parijda
«Jaridat al-urva al-vusqa» («Ishonchli suyanchiq jaridasi») nashr etila boshladi, uning muharriri
musulmon islohotchisi Muhammad Abduh (1849-1905) edi. Jarida Tunisdagi islohot tarafdorlari
orasida tarqatilar va ularni faoliyatga ilhomlantirar edi. Tunis yozuvchilaridan Snusi bu jarida
bilan hamkorlik qilar edi. Misrda nashr etiladigan «al-Manar» («Mayoh») jurnali ham Tunisda
sevib o‘qilar, unda ham bu mamlakatga oid materiallar bosilib turar edi.
Tunis adabiyoti XX asr boshlarida boshqa arab mamlakatlari adabiyotining, birinchi
navbatda, Misr nasrnavisi Muhammad al-Muvaylihiy hamda Misr shoirlari Ahmad Shavqiy va
Hofiz Ibrohimlarning kuchli ta’siri ostida edi. Hofiz Ibrohimning bunday ta’sir ko‘rsatishi uning
she’riyatida o‘z ifodasini topgan novatorlik, adibning ijtimoiy va diniy qarashlaridagi Tunisning
ilg‘or ziyolilari g‘oyalariga yaqinlik bilan bog‘liq edi.
Tunis adabiyotiga, shuningdek, o‘rta asr arab klassiklari Abu Tammam al-Buxturiy, al-
Johiz va boshqalarning ham ta’siri sezilib turar edi.
Mazkur davr Tunis adabiyoti taraqqiyotida, boshqa arab mamlakatlarida bo‘lganidek,
gazeta va jurnallar sonining ko‘payishi muhim rol o‘ynadi. Fransuz madaniyati ta’sirida bo‘lgan
yosh avlod Tunis matbuotiga yangi problematika va g‘oyalarni olib kirdi. Shunday ijodkorlardan
biri Muhammad Belji bo‘lib, uning ijodi rang-barang edi. Adib sayohatnoma janrida ijod qildi,
she’rlar, siyosiy mavzudagi maqolalar yozdi. U 1901 yilda davlat tipografiyasi direktori
lavozimiga tayinlandi va «Tunis kalendari» nomli yillik almanax nashr ettira boshladi.
Ali al-Vardani Sodiqiya kollejining birinchi tugatganlardan bo‘lib, Istanbulga safar qildi,
1888 yilda esa Ispaniyaga bordi. U o‘zining safar taasurotlarini «al-Xadira» jurnalida e’lon qildi.
Ispaniyadagi musulmon yodgorliklari haqida hikoya qiluvchi bu ilk asar garchi ilmiy va badiiy
jihatdan katta qiziqish uyg‘otmasa ham, lekin Andaluziyadagi musulmon madaniyatiga bo‘lgan
qiziqishning jonlanishini o‘zida mujassamlantiradi.
Ko‘pgina yozuvchilar bu davrda arab adabiyoti namunalarini fransuz tiliga tarjima qilish
bilan shug‘ullandilar. Bu sohada, ayniqsa, Lasramning xizmatlari diqqatga sazovordir.
Mazkur davr Tunis poeziyasida sharqiy arab mamlakatlariga xos tamoyillar ko‘zga
chalinadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy va tarixiy mazmundagi she’riyat bo‘lib, unda
arablarning shavkatli o‘tmishi ta’riflanar, yangi milliy taraqqiyot omili sifatida qadimgi madaniy
qadriyatlarni qayta jonlantirishga da’vat etilar edi. Bu yo‘nalish jonkuyari «Hozirgi zamon
poeziyasi» (1901) dostoni muallifi Muhammad an-Naxli edi. 1837-1905 yillar poeziyasida
islohotga intiluvchi yana bir yo‘nalish ham bor ediki, uning namoyandalari taraqqiyot yo‘lini
G‘arb sivilizatsiyasi bilan tanishuvda deb hisoblashar edi. Bu yo‘nalish namoyandasi shayx
157
Muhammad Xatoishiy «musulmon madaniyati va Yangi zamon sivilizatsiyasi muqoyasasi»
nomli dostonida o‘z g‘oyalarini bayon etdi.
Tunisning 1837-1905 yillar adabiyotida an’analardan chekinish jarayoni davom etadi. Bu
jarayon, asosan, poeziya va prozaning mazmunida o‘z ifodasini topdi. Nasriy janrlardan
sayohatnoma rivojlandi, roman vujudga kela boshladi.
Poeziya, asosan, an’anaviy mumtoz janrlar doirasida rivojlangan bo‘lsa ham, mazmunan
u hozirgi zamon bilan bog‘liq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |