Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

MULUD FERAUN  
Jazoir  adabiyotidagi  yetuk  maishiy  roman  Mulud  Feraunning  ikkinchi  asari,  1953  yilda 
nashr  etilgan  «Yer  va  qon»  edi.  Roman o‘zining  belletristik  fazilatlari,  bayonning  qiziqarliligi, 
ijtimoiy tahlilning chuqurligi bilan muallifning «Kambag‘alning o‘g‘li» asaridan ustun turar edi. 
Bu asarda yozuvchi an’anaviy turmush tarzini faqat ijobiy qilib ko‘rsatish bilan cheklanmaydi. U 
patriarxal  jamiyatda  hukm  suradigan  mustabidona  cheklashlarni,  shaxs  erkinligining  hurmat 
qilinmasligini  ko‘rsatib  beradi.  Ammo  u  tasvirlangan  manzaralardan  olingan  taasurotni 
yumshatishga  shoshiladi,  Kabiliya  qishlog‘ida  hayotning  oddiy  noqulayliklariga  kishi  ko‘nikib 
ketishini aytadi. «Odamlar har kuni bir-biri bilan ko‘rishadi, salomlashadi, qo‘shnilariga yordam 
berishadi.  Lekin  shu  bilan  birga  ularni  kuzatishadi,  g‘iybat  qilishadi,  hasad  qilishadi.  Shunda 
ham  barcha  baravar  odob  saqlashga  intilishadi.  Sirtdan  qishloq  hayoti  dahshatli  tuyuladi… 
Ammo  haqiqatda  bu  yerda  o‘zingni  har  joydagidek  erkin  sezasan:  hazil  qilasan,  kulasan, 
so‘kinasan, xohlagan ishingni qilasan yoki aksincha, sipo bo‘lib yashashing mumkin».
74
 
Feraun  an’anaviy  urf-odatlarni  bunday  baholar  ekan,  bu  bilan  yevropalik  o‘quvchiga 
uning  vatandoshlari  g‘aroyib  yovvoyilar  emasligini,  «ularning  xatti-harakati,  sirtdan  qanchalik 
g‘aroyib  ko‘rinmasin,  umuminsoniy  motivlarga  asoslanishi»ni  ko‘rsatmoqchi  bo‘ladi.  Buning 
uchun yozuvchi juda sodda uslubga murojaat qiladi: u kabilliklarga oid kuzatishlarini shu yerlik 
kishiga  turmushga  chiqqan,  eri  bilan  bu  chet,  tog‘lik  qishloqqa  kelgan  fransuz  ayoli  –  Mari 
taasuroti orqali tasvirlaydi. Mahalliy tilni o‘zlashtirib olgandan so‘ng Mari «bu yerdagi erkaklar 
va  ayollar  xuddi  boshqa  yerlardagidagi  o‘xshash»  ekanini  ko‘radi.  Bu  so‘zlar  mazmunidan 
Feraun  kolonial  ekspansiyaning  yevropalik  maddohlari  tomonidan  Shimoliy  Afrika  haqida 
yozgan yuzlab asarlari bilan munozaraga kirishayotganini bilib olish qiyin emas.  
Marining  tili  bilan  aytilgan  kabilliklar  haqidagi  fikrlar  shunisi  bilan  ham  diqqatga 
sazovorki,  Shimoliy  afrikalik  yozuvchilar  50-yillarda  ko‘proq  yevropalik  ayolning  Afrika 
muhitiga  moslashishga  qilgan  muvaffaqiyatsiz  urinishlarini  tasvirlar  edilar.  Buning  oqibatida 
ularning  qahramoni  –  fransuz  ayoli  eri  yoki  afrikalik  sevgilisi  bilan  ajrashib  «o‘z  toifasi» 
huzuriga qaytishga qaror qilar edi.  
«Yer  va  qon»  asarida  Feraun  o‘zining  ijtimoiy  idealini  aniq  belgilab  oladi  –  bu mayda 
ishlab  chiqaruvchilar  jamoasi,  ular  o‘z  yerlarida  mehnat  qiladilar,  yollanma  ishchi  bo‘lib 
ishlamaydilar.  «Bizning  yerimiz,  -  ta’kidlaydi  yozuvchi,  -  nafaqat  yalqov  erkatoylarni,  balki 
yollanma ishchilarni ham yoqtirmaydi, chunki ular yerni sevmaydilar, unga zo‘ravonlik qiladilar. 
Batrak  ishlayotgan  boylarning  yeri  ahvolini  bir  ko‘ring-a».  Yozuvchining  fikricha,  aynan  ota-
bobolari yeriga bo‘lgan sadoqat kishiga ishonch, g‘urur, farovonlik keltiradi. Feraunning ijtimoiy 
utopiyasi  mohiyatan  konservativdir,  chunki  u  tarix  o‘limga  mahkum  etgan  patriarxal 
munosabatlarni  saqlab  qolishga  da’vat  etadi.  Shuning  bilan  birga  o‘tmishga  murojaat  qilish 
                                         
74
 Современные литературы Африки. М.:1973.С.34.  


 
153 
yozuvchi  ijodida  uning  eskilikparastligini  ifodalamaydi,  aksincha,  uning  ijtimoiy  dasturi 
umumjahon madaniy yutuqlari yordamida an’anaviy turmushni yaxshilashga qaratilgan. Feraun 
badiiy asarlarida bilim tarqatish, ayollarga erkinlik berish lozimligini uqtirib boradi, o‘zi hayotda 
izchillik  bilan  bu  ish  bilan  shug‘ullanadi,  qishloqda  o‘qituvchilik  qiladi.  An’anaviy 
munosabatlarga  murojaat  qilish,  ayni  chog‘da,  chet  el  madaniyatining  ijobiy  unsurlarini  rad 
etmaslik  Feraun  g‘oyalarini  30-yillarda  faoliyat  ko‘rsatgan  islohotchi  ulamolar  pozisiyasiga 
yaqinlashtiradi.  
Feraunning dunyoqarashi bevosita uning ijodiy metodini ham belgilab beradi.  
An’anaviy jamiyat fazilatlarini ko‘rsatib berish uchun muallif bir talay faktlarni hafsala 
bilan  yoritish  yo‘lidan  boradi,  uning  voqealarni  dalillash  usuli  XIX  asr  ikkinchi  yarmidagi 
fransuz  pozitivist  yozuvchilari  asarlaridagi  «ilmiylik»ni  eslatadi  va  ayni  choqda,  yuqorida 
aytilganidek,  bu  uslub  ildizlari  ikki  jahon  urushi  oralig‘ida  mahalliy  turmush  lavhalarini 
tasvirlagan Jazoir ocherknavisligiga borib taqaladi.  
Roman ibtidosida Amirga qonli qasos tahdid solayotganidan xabar topamiz. U o‘spirinlik 
davrida Fransiyada tasodifan o‘zining uzoq karindoshi Rabahning o‘limiga sababchi bo‘lgan. Bu 
konfliktning  nima  bilan  tugashini  bilishga  qiziqish  o‘quvchi  diqqatini  asarga  tortib  turadi. 
Yozuvchi bu bilan asarning uchdan ikki qismida voqealar rivoji yo‘qligini bildirmaslikka harakat 
qiladi.  Bu  qismda  Igil  –  Nezmandagi  urf-odatlar,  qahramonlarning  ilgarigi  hayoti  borasida 
ma’lumot  beradi.  Dastlab  Amir  vataniga  qaytganida  uning  halok  bo‘lgan  Rabahning  akasi 
Sliman bilan bo‘lgan munosabati hech qanday fojeadan darak bermaydi. Qishloqning ko‘pchilik 
aholisi,  avval  boshda  Amir  va  Slimanning  qarindoshlari  ham  konfliktning  qonli  yechim  bilan 
tugashiga  qarshi.  Ammo  farzandsiz  Amirning  uzoq  qarindoshlari  uning  yeriga  ega  bo‘lish 
ilinjida Slimanni ataylab qotillik yo‘liga boshlaydilar, unga marhum  oldidagi «burchi»ni eslatib 
turadilar. Ustiga ustak Sliman o‘zining yosh xotini Shabha Amirni yaxshi ko‘rib qolgani, unga 
xiyonat  qilganidan  xabar  topadi.  Shunday  qilib,  yozuvchi  sharoit  majbur  qilgani  tufayligina 
Sliman  bu  mash’um  qilmishga  ko‘l  urganini  ko‘rsatib  berdi.  Asar  nihoyasida  Sliman  Amirni 
o‘ldiradi,  o‘zi  ham  tasodifan  yoki  Feraun  ishora  qilganidek,  ilohiy  taqdir  hukmi  bilan  halok 
bo‘ladi.  
Kitobning  oxirida  voqealarning  mistik  mazmunda  talqin  etilishi  muallif  rasionalist 
ma’rifatparvar qiyofasida namoyon bo‘ladi. Ammo shunga qaramay Amir va Slimanga berilgan 
jazo  kishida  ular  qandaydir  og‘ir  ayb  qilib  qo‘ygandek  tasavvur  hosil  qiladi.  Amirning  gunohi 
aniq - oldin qilgan tasodifiy qotilligi, u ko‘p yillar davomida buning uchun ruhiy azob chekadi. 
Qahramonning  falokatli  xatosi  –  muhojirlik.  U  Amirni  ona  vatandan,  o‘z  ildizlaridan 
uzoqlashtiradi, vataniga qaytganidan keyin bu yerda o‘zini begona sezishi, yerga ishlov berishni 
unutgani tasvirlanishi ham bejiz emas. Slimanning gunohi ham aniq  - shaxsiy  vaj  tufayli uning 
Amirdan  qasd  olishi.  Asar  mantig‘iga  ko‘ra  u  Amir  va  Shabhaning  hissiyotlariga  g‘ov 
bo‘lmasligi kerak edi. Feraun buni shunchalik tabiiy va mantiqli qilib tasvirlaydi.  
Qizig‘i  shundaki,  oshiqlar  orasidagi  munosabatda  Shabha  faolroq  rol  o‘ynaydi.  U  o‘zi 
sezmagan  holda  Amirga  ko‘ngil  qo‘yadi,  keyinchalik  esa  uning  qalbida  ham  muhabbat 
tuyg‘ularini  uyg‘otadi,  o‘zining  baxtli  hayot  kechirishga  haqli  ekanini  anglaydi.  Bu  esa 
g‘arazgo‘ylarning  shama  qilishlari,    masxara  qilishlariga  chidashda  unga  kuch  beradi.  Muallif 
to‘laligicha  uning  tomonida,  shuning  uchun  Shabhaning  oilaviy  hayoti  notinchligini  ta’kidlab, 
«uning  majburan  turmushga  berilgan»ini  aytib  o‘tadi.  Ota-ona  nazarida  Sliman  yaxshi  kuyov, 
shuning  uchun  Shabhani  baxti  ochilganiga  ishontirishadi.  U  ham  ilgarigi  bolalarcha  orzularini 
unutib, o‘zini taqdiridan rozi esli-hushli ayoldek tutadi. Ammo nimadandir ko‘ngli to‘lmas edi… 
Mustaqil ayol xarakterining ishonarli realistik tasviri Feraunning bu asarda erishgan katta 
yutug‘i  edi.  Ammo  bu  yutuq  keyinchalik  Jazoir  adabiyotida,  hatto  «Yer  va  qon»  romanidan 
kattaroq asarlarda ham mustahkamlanmadi.  

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish