151
yilda Tunisga ketadi va Mag‘ribning az-Zaytun musulmon universitetida o‘qishni davom ettiradi,
ikki yil o‘qigandan so‘ng oilaviy sabablarga ko‘ra u vataniga qaytadi.
Jazoirda yosh shoir islohotchi ulamolar harakatida faol ishtirok etadi. Jazoir musulmon
ulamolari Uyushmasi raisining taklifi bilan u mazkur tashkilot tomonidan Al-Jazoirda ta’sis
etilgan birinchi maktab direktori bo‘ladi va 12 yil ana shu lavozimda ishlaydi.
Al-Id 1956 yil inqilobi paytida Konstantin okrugidagi Ayn-Mlila qishlog‘idagi maktabda
arab tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlar edi. Fransuz mustamlakachilari uni erksevar dunyoqarashi
tufayli ta’qib ostiga oladilar, qamoqqa tashlaydilar, bu yerda u bir necha doston yozadi. Ko‘p
o‘tmay al-Id vafot etadi, lekin o‘limining aniq sanasi ma’lum emas.
Al-Idning adabiy merosi milliy-ozodlik urushi tugagandan so‘ng to‘liq nashrdan chiqdi
va o‘quvchilarning odilona bahosini oldi. 1967 yilda uning poetik asarlari «Al-Id devoni» nomi
bilan nashr etildi va Jazoir yozuvchilari uyushmasining adabiy mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Al-Id hozirgi zamon Jazoir poeziyasining boshlovchilaridan hisoblanadi. Uning ijodi
Jazoirning XX asr adabiyotiga qudratli yangilanish to‘lqinini olib keldi. U Jazoir shoirlaridan
birinchi bo‘lib she’riyatga ijtimoiy mavzularni olib kirdi. Al-Id o‘z vatandoshlari orasida «O
xalqim, sen mening she’rlarim mazmunisan!», deb xitob qilishga eng haqli shoir edi.
Al-Id 20-yillar o‘rtasida birinchi bor o‘z she’rlari bilan kirib kelganida arab poeziyasida
ikki yo‘nalish hukmronlik qilar edi.
1. Sharqda Misrlik Ahmad Shavqiyning «an’anaviy she’riyat» maktabi.
2. Jubron Xalil Jubron boshchiligadi muhojir shoirlarning «Siriya-Amerika» maktabi.
Al-Id ijodida birinchi yo‘nalish ta’siri kuchliroq sezilib tursa ham, shoir ikkala yo‘nalish
bilan yaxshi oshno bo‘lganini taxmin qilish mumkin. Garchi Al-Idning o‘zi she’riyatiga
«Ollohning kitobi»dan boshqa biror narsa ta’sir o‘tkazmaganini ta’kidlagan bo‘lsa ham uning
poeziyasida tadqiqotchilar Misrning uch mashhur lirik shoiri - Shavqiy, Xalil Mutron va Hofiz
Ibrohimlar ta’siri sezilib turishi haqidagi xulosaga kelganlar.
Al-Id she’riyatining qamrovi nihoyatda keng. Uning devonida klassik she’riyatning
an’anaviy janrlari – madh, risa, g‘azal, vasf va boshqa janrlarda yozilgan asarlar oz bo‘lmasa
ham, shoir ijodining bosh mezonlarini belgilaydigan ular emas. Al-Id birinchi navbatda publisist
shoir, u har doim voqealarning eng jo‘shqin nuqtalarida bo‘ladi, ularda o‘zi faol ishtirok etadi.
Shu bois Al-Id asarlarining ko‘pchiligi u yoki bu voqeaga javob sifatida tug‘ilgan. Uning
devonida ulamolar tomonidan yangi maktabning, yangi masjidning ochilishiga bag‘ishlangan
she’rlarni ko‘rish mumkin. Al-Id Sudan va Liviyaga mustaqillik berilishiga, Tunisdagi siyosiy
vaziyatga, 1952 yildagi Misr inqilobi, Marokash inqilobiga bag‘ishlab she’rlar yozdi. Uning
diqqat markazida faqat arab dunyosi emas; adib Xirosima xaqida o‘kinch va g‘azab bilan yozadi,
Osiyo, Afrika xalqlari muammolari uni iztirobga soladi. Ammo, tabiiyki, uning ijodi markazida
Jazoir turadi. Adib o‘z asarlarida xalqning madaniy saviyasini ko‘tarish, G‘arbning texnik
taraqqiyotidan foydalanib mamlakat iqtisodini rivojlantirish haqida yozadi.
Al-Id Jazoirdagi ijtimoiy kayfiyatning o‘zgarishlarini hassoslik bilan qayd etib boradi. U
20-yillarda boshqa vatanparvar shoirlar bilan birgalikda Jazoir xalqini uyg‘otishga, o‘z kuchiga
ishontirishga harakat qiladi, o‘tmish
buyukligi, hozirgi xo‘rlik manzaralarini chizadi:
Sho‘rpeshona xalq taqdiri uchun yig‘lasin,
Bu xalqning shuhrati o‘lgan, kulga aylangan.
Bu xalqning donishmand yo‘lovchisi yo‘q,
Xalqning qilichi zanglagan, chavandozlari qoqiladi.
Dushman
esa beomon, u xalqni toptaydi.
Xalq o‘g‘lonlari orasiga nifoq oraladi,
Aka-uka bir-biriga zulm qiladi.
Adibning ovozi Jazoirda ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlar kuchaygan 30 - yillarda
boshqacha jaranglaydi. 1945 yilning 8 mayida Konstantin okrugida ommaviy antikolonial
namoyish o‘qqa tutilgandan so‘ng yaqindagina tinch islohotlar va sulhomiz kurash tarafdori
bo‘lgan Al-Id Jazoir xalqini qo‘lga qurol olishga da’vat etadi.
152
Al-Id ijodi Jazoirning hozirgi zamon arabiyzabon adabiyoti uchun katta ahamiyatga ega,
uning asarlari keng jamoatchilikda vatanparvarlik, irodalilik, qat’iyatlilik, kurashchanlik
tuyg‘ularini tarbiyaladi, ko‘pgina shoirlar undan adabiy mahorat sirlarini o‘rgandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: