Yangi davr arab adabiyoti


MISRDAGI «YaNGI MAVJ» ADABIYoTI



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

MISRDAGI «YaNGI MAVJ» ADABIYoTI 
(1960-70 - yillar) 
Misr  adabiyotida  1950  yillarda,  bu  mamlakat  tanqidchilari  tili  bilan  aytganda, 
«mopassancha-chexovcha»  realistik  novella  yetakchi  o‘rinni  egallagan  edi.  Mahmud  Teymur, 
aka-uka  Ubaydlar,  Mahmud  Lashin,  Abdurrahmon  ash-Sharqoviy,  Nu’mon  Ashur,  Yusuf  Idris 
va boshqalar ana shu janrda ijod qildilar. 60 - yillardan esa adabiyotda yangi, norealistik tamoyil 
ko‘zga  tashlana  boshladi.  Realizmdan  chekinishning  ilk  belgilari  dastlab  keksa  avlod 
yozuvchilari  ijodida  namoyon  bo‘ldi.  N. Mahfuz  va  Yu. Idris  novellalari  ham  60-yillarning 
ikkinchi  yarmidan  boshlab  o‘zining  realistik  belgilarini  yo‘qota  bordi,  bir  vaqtning  o‘zida 
ramziylik, abstraksionizm va naturalizm xislatlarini o‘zida mujassamlantirib bordi. 
Bir  guruh  yosh  novellistlar  1965  yilda  adabiyotda  yangi  oqim  vujudga  kelganini  e’lon 
qildilar.  Oqim  tarkibi  bir  xil  emasdi.  Ularni  Misr  adabiyotining  ilgarigi  yutuqlariga  salbiy 
munosabat va badiiy ijodda shaklga ko‘proq ahamiyat berish kabi xislatlar birlashtirib turar edi. 
Yosh  ijodkorlarning  ilgarigi  adabiyot  yutuqlarini  rad  etishi  ko‘proq  keksa  avlod 
adiblarining  ilk  ijodida  targ‘ib  etilgan  ijtimoiy  g‘oyalarga  ishonmaslik  oqibatida  kelib  chiqqan 
edi.  Kelajak  ijtimoiy  taraqqiyotga  bo‘lgan  ishonchsizlik  ular  asarlarida  qora  bo‘yoqlar, 
pessimistik  ruhning  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Ular  endi  ijtimoiy  mavzulardan  uzoqlashib, 
o‘zlarining  sub’ektiv  kechinmalarini  tasvirlashga  tutindilar.  Yu. Idrisning  «Dard  tili»  novellasi, 
«Zaminiy  komediya»  pesasi,  N. Mahfuzning  «Gado»,  «Nil  ustidan  safsata»  romanlari  shunday 
asarlar jumlasiga kiradi. 
Tanqidchilar  «Yangi  mavj»  yozuvchilari  ijodini  turlicha  baholaydilar.  Gali  Shukri 
yozadi:  «Arab  dunyosi  tarixning  boshi  berk  ko‘chasiga  kirib  qoldi.  Bunday  holatda  ba’zi 
yozuvchilardan  mavhumlik,  tushunarsizlik,  murakkablik  deb  atalgan  xususiyatlardan  voz 
kechishni talab qilish, ehtimol, nafaqat adabiyotga nisbatan, balki insonga nisbatan ham xiyonat 
bo‘lar edi».
49
 
Tanqidchining  bu  xulosasi  yozuvchini  uning  grajdanlik  vazifasidan  ozod  etibgina 
qolmay,  balki  ijtimoiy  munosabatlarni  tasvirlashga  bo‘lgan  har  qanday  istakni  adabiyotga, 
san’atga nisbatan xiyonat deb talqin etadi. 
Sabri  Hofiz,  G‘olib  Xalsa  kabi  bir  guruh  tanqidchilar  adabiyotda  yuzaga  kelgan 
yangilanish tamoyilini qo‘llab-quvvatlasalar ham, ammo yosh ijodkorlarni shaklbozlikka berilib 
ketishdan,  G‘arbga  mukkasidan  ketib  taqlid  qilishdan  ogohlantirar,  bu  yo‘l  obrazlarning 
deformatsiyalanishi, tusini yo‘qotishga olib kelishi mumkinligini uqtirar edilar. 
«Yangi  mavj»  oqimining  eng  ashaddiy  modernistik  qanotiga  xayrxoh  bo‘lgan 
tanqidchilar, odatda, realizmga xufiyona yoki ochiqchasiga dushmanlik ko‘zi bilan qarashar, uni 
ma’lum  bir  siyosiy  yo‘nalish  bilan  bir  narsa  deb  talqin  etishar  edi.  Ular  realizmni 
                                         
49
 Идеологическая борьба и современные литературы зарубежного Востока. М. :1989. С. 21.  


 
101 
«suratkashlikda»,  teranlikning  yetishmasligida,  mavzularning  «siyqa»ligida,  inson  qalbiga 
e’tiborsizlikda  ayblashardi.  Abu  al-Hamid  Ibrohim  40  -  yillarda  realizm  hamma  yoqni  egallab 
olgani  haqida  yozarkan,  Edvard  Xarrat  «uzoq  yillar  davomida  uning  xarsangtoshlari  orasidan 
o‘ziga yo‘l ochib borishga majbur bo‘lgani, ana shundan keyingina hayotning absurd, ma’nosiz 
ekani haqida ayta olganini ta’kidlaydi. 
Misr novellistikasining 60-yillardagi asosiy ijodkorlari Gamal al-G‘itoni, Muhammad al-
Bustoni,  Diya  ash-Sharqovi,  Muhammad  Hofiz  Rag‘ab,  Baho  Tohir,  Muhammad  Ibrohim 
Mabruk  va  boshqalar  edilar.  Ularning  ko‘pchiligi  ingliz  tilini  bilishar,  Sartr,  Joys  kabilardan 
iqtiboslar qilishardi. Ko‘p hollarda ular biror bir adabiy oqim, hatto san’atning boshqa turlaridan 
tasvir vositalarni olib ishlatishar edi. Masalan, Hasan Muqosib, Abdulhokim Qosim hikoyalarida 
voqealarning kinodagidek kadrlar shaklida tasvirlanishi, Magid Tabia asarlarida matnda boshqa 
hafrlar  bilan  ajratib  ko‘rsatiladigan  chekinishlar  qilingani  bunga  dalil  bo‘la  oladi.  Bu  turdagi 
asarlarda zamon ketma - ketligini buzib tasvirlanadi, har xil ramzlar keng qo‘llaniladi, voqelik va 
tush, chin voqealar va ro‘yolar omixta holda bayon etiladi, absurd holatlar chiziladi. 
Odamlarning parokandaligi, bir  - biridan begonaligi mavzusi 60  -  yillar novellistikasida 
asosiy o‘rinlardan birini egalladi, vaqolanki Misr adabiyotining oldingi o‘n  yilliklari davomida 
qahramonlar odamlarga mehribon, ko‘ngli ochiq qilib tasvirlanar edi. 
«Yangi mavj» ikki qanotdan iborat edi. Uning birinchi qanoti realistik bo‘lib, 50 - yillar 
realizmidan  o‘zining  tasvir  vositalari  jihatidan  farqlanar  edi.  Ikkinchi  qanot  esa,  norealistik, 
Yevropaning syurrealizmiga yaqin, lekin o‘zining bir qator milliy xususiyatlariga ega edi. 
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish