Tilimizda tolei sho„r frazemasining sho„r peshona,
peshonasi sho„r kabi variantlari ham mavjud bo„lib, ular ham
Ma‟lumki, so„zlashuv nutqida maza – ta‟mni ifodalash uchun
novvot, asal kabi ot turkumiga oid so„zlardan ham foydalaniladi.
Bunda tasvirlanayotgan predmetlar ( shakar, novvot, asal kabilar )
ning shirinlik, achchiqlik ( zahar, kakra kabi ), sho„rlik ( namakob
kabi ) xususiyatiga ega ekanligiga asoslaniladi. Poetik matnlarda
44
amakisi / Olar ekan paxtani / Chevar qiz deb, shirin qiz deb / Asal
qiz deb maqtadi. ( Erkin Vohidov ); Kuy, shakar labdin ayurma, Sen
meni yig„latmagil ( Erkin Vohidov ).
Keltirilgan misollarda ishtirok etgan qantak, asal, shaker
so„zlari “shirin” ma‟nosining turli darajalarini ifodalash uchun
qo„llangan. Ulardan dastlabki misoldagi qantak so„zi predmetning
belgisini ko„rsatayotgan bo„lsa, keyingi misoldagi asal so„zida
“ yoqimli” semasi bo„rtib turadi, oxirgi misolda esa shakar so„zi
insonga nisbatan qo„llanilib, “shirin, totli” semasini ifodalashga
xizmat qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, predmetning maza – ta‟mini ifodalash
uchun xizmat qiladigan sifat leksemalar poetik nutqda
o„zlarining ko„proq ko„chma ma‟noda qo„llanilishi, okkazional
semalarni ifodalashi, muhim uslubiy vosita ekanligi bilan
xarakterlanadi.
45
Bob bo„yicha xulosa
Mazkur bob bo„yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Poetik matnlarda sifat leksemalar har xil so„zlar bilan
birikib, epitet vazifasida keladi. Moviy ufq, moviy shamol, yam
– yashil olam, yashil fazo, moviy xayol, moviy yuksaklik,
yashil do„st, yashil is, yashil libos, moviy qo„shiq, majruh
ko„ngil, murga‟ak dil, gulgun chehra, makkor ko„z, shirin xayol,
pok tuyg„u kabi birikmalarda sifatlar muhim tasviriy vosita
bo„lib qolmasdan, balki poetik tafakkur elementiga, estetik hodisaga
aylanib ketadi, hamda nutqni bezash doirasidan chiqib, his –
tuyg„uni, fikrni obrazli ifodalash vositasi darajasiga ko„tariladi.
2. Poetik nutqda rang bildiruvchi sifat leksemalarning
uslubiy maqsadlarda qo„llanilishi ma‟lum darajada muallif yashab
turgan davrda qaysi tuzumning hukmron bo„lganligi, uning
dunyoqarashi, qaysi siyosat tarafdorligi ekanligi bilan ham
bog„liq.
3. Sifatlar tadqiqotchilar tomonidan semantik jihatdan 4 – 9
guruhga ajratib o„rganilmoqda. Olimlarning bunday tasniflari orasida
taniqli o„zbek olimasi M. Sodiqova tomonidan ishlab chiqilgan
tasnif e‟tiborga molik. Bu tasnifga binoan sifatlar semantik
jihatdan to„qqiz guruhga ajratiladi. Har bir guruhga oid sifatlar
ham o„z navbatida ichki leksik – semantik guruhlarga bo„linadi.
Jumladan, holat bildiruvchi sifat leksemalar tabiiy holat belgilarini
ifodalovchi LSG, nuqsoniy belgilarni ifodalovchi LSG, ruhiy holat
ifodalovchi LSG, kishining hayotiy holatini ifodalovchi LSG lari
singari o„nga yaqin kichik – kichik guruhlarga bo„linadi. Rang
bildiruvchi sifat leksemalarni oq, qora, ko„k, qizil, sariq, zangori,
yashil, bo„z, malla, moviy, pushti, pistoqi, qirmizi, qo„ng„ir kabi
46
asosiy ( axromatik ) rang bildiruvchi leksemalardan tashqari saman,
jiyron, to„riq, chavkar, chipor, targ„il singari hayvon tuslarini
ifodalovchi LSG lar qatoriga ajratish mumkin.
4. O„zbek tilida yana sifat leksemalar orasida maza – ta‟m
ma‟nosini ifodalovchi sifat leksemalar ham mavjudki, ular badiy
matnda keng uslubiy imkoniyatlarini namoyish qiladi. Ayniqsa,
shirin, achchiq, sho„r, talx kabi maza – ta‟m sifat leksemalari
badiiy matnda eng ko„p qo„llaniluvchi uslubiy sifat leksemalar
hisoblanadi.