2.2. Badiiy matnda maza – ta’m sifatlariga xos konnotativ
ma’nolar
Ma‟lumki, o„zbek tilida sifat asosan predmetning belgisini
bildiruvchi so„zlar guruhidir. Sifatlar semantik jihatdan shakl, holat,
xususiyat, maza – ta‟m, hid bildiruvchi guruhlarga tasniflanadi.
Sifatlarning mazkur guruhlari ularning denotativ ma‟nosiga asoslanadi.
Biroq nutqiy qo„llanishda mazkur guruhga kiruvchi sifatlar
o„zlarining turli ma‟no qirralari bilan so„zlovchiga keng imkoniyat
beradi. Buni asosan matn tahlilida kuzatish mumkin. Ilmiy
manbalarda so„zning bunday semantik imkoniyatlari konnotativ
ma‟no sifatida qayd etiladi. “Konnotatsiya” - leksema tarkibidagi
uslubiy ma‟no qirralaridir. Ular leksemalarni atashdan, nomlashdan
tashqari, shaxsiy munosabatlarni ifodalashga yoxud shu
leksemalarning qo„llanilishi doirasini belgilashga xizmat qiladi.
Biz quyida maza – ta‟m bildiruvchi sifatlarning konnotativ
ma‟nolari to„g„risida so„z yuritmoqchimiz.
Maza – ta‟m bildiruvchi sifatlar shaxsning tashqi ko„rinishiga
nisbatan qo„llanilib, o„zining maza – ta‟m ma‟nosidan uzoqlashadi.
Masalan: Uyimizga shiringina bir qiz kirib keldi. ( So„zlashuv
nutqidan ).
Ushbu gapdagi shirin sifati shaxsning tashqi ko„rinishiga
nisbatan qo„llanilib, chiroyli, yoqimtoy kabi so„zlarning sinonimi
sifatida anglashiladi.
Ba‟zan maza – ta‟m sifatlari so„zlovchining ruhiy holatiga
tavsif beruvchi belgi ma‟nosida qo„llaniladi: Achchiq xotiralar uni
tinch yashashga qo„ymas edi. Shirin orzular og„ushida qanday
uxlab qolganini o„zi ham bilmay qoldi.
40
Ushbu gapdagi achchiq va shirin sifatlari o„zlari bog„lanib
kelgan xotiralar va orzular so„zlarini sifatlab kelgan. Mazkur
holda so„zning maza – ta‟m ma‟nosi ikkilamchi o„ringa tushib,
asosiy birlamchi ma‟nosi ruhiy holat ifodasiga ixtisoslashadi.
Ijtimoiy jarayondagi mavhum tushunchalar bilan birga
qo„llanilib, yaxshi va yomon ma‟nolarini ifodalaydi. Masalan:
Haqiqat shu qadar shirinki, totib ko„rging keladi. Shu qadar
achchiqki, tilingni kuydiradi. ( O„tkir Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi
bitiklar” ).
Maza – ta‟m bildiruvchi achchiq sifati predmetning hidini
ifodalab, konnotativ xususiyatini namoyon qiladi: Nim qorong„u
xonasidan chaqaloq cho„qintiriladigan jomda oqava suvining achchiq
hidi anqidi. ( G. G. Markes ).
Quyida berilgan matnda esa shirin so„zining salbiy baho
munosabatini ifodalashga xizmat qilishini kuzatish mumkin. Shirin
so„zi lug„aviy ma‟nosiga ko„ra maza – ta‟mning lazzatli ekanligini
bildiruvchi so„z. Biroq matnda so„zlovchi talabi bilan u maza – ta‟m
ma‟nosidan butkul uzoqlashadi, boshqa ma‟noni ifodalay boshlaydi.
– Toshbolta unga ham ikki og„iz “shirin” gaplaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |