Komenskiy aytadi...
«Intizomsiz maktab, suvsiz tegirmondir».
«Yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb — o‘qituvchilikdir».
«Sezgilar bilan idrok qilish mumkin bo‘lgan hamma narsani sezgilar orqali idrok qildirish, ya’ni ko‘rib boiadigan narsalarni ko‘z vositasi bilan; xidlarni-xidlatish; ta’mni-totib ko‘rish; ushlab ko‘rib-sezilishi mumkin bo‘lgan narsalarni ushlatib ko‘rish vositasi bilan idrok qildirish kerak. Agar biron-bir predmetni bir necha sezgi organlari bilan idrok qilish mumkin bo‘lsa, shu narsani idrok qilish uchun bir yo‘la bir necha sezgi organlarini ishga solish lozim» (Didaktikaning oltin qoidasi).
4 .«Biz hamma joyda tabiat ketidan borishga qaror qildik, u birin-ketin o‘z kuchlarini m a’lum qilganidek, biz ham akliy qobiliyatlarning izchil rivojlanish tartibini kuzatib borishimiz kerak» (Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosiga qurilgan ta’limgina tabiatga uyg‘un bo‘ladi).
Komenskiyning ayrim pedagogik g‘oyalari mohiyati
Komenskiy bolalarning jismoniy tarbiyasiga alohida etibor beradi. U otalarni, xususan, onalarni o‘z farzandlarining sog‘ligi to ‘g‘risida tinimsiz g‘amxo‘rlik qilishga da’vat etadi va bolalarni parvarish qilish, ovqatlantirish, kiyintirish masalalari haqida ko'rsatmalar beradi.
Komenskiy o ‘yinni bolalar uchun zarur bo'lgan faoliyat shakli deb biladi. U ota-onalarga bolalarning o'yiniga halaqit bermaslikni, o ‘yinda o‘zlari ham ishtirok etib, ularni to ‘g‘ri yo‘lga solishni tavsiya qiladi. Komenskiy bolalar o‘yinining ta’limiy ahamiyatini qayd qilar ekan, o‘yin vaqtida aql nima bilandir band bo‘lishini va hatto ko‘pincha o‘tkirlashishini ta ’kidlaydi.
Komenskiy ilk yoshlik davrlaridan boshlab bolalarni faoliyat ko'rsatishga intilish, rostgo'ylik, mardlik, tartiblilik, xushmuo- malalik, kattalarga hurmatda bo'lish fazilatlarini tarbiyalashni maslahat beradi.
U bolalarda mehnatga muhabbat va mehnat qilish odatini tarbiyalashga ko ‘p e’tibor beradi.
Uningcha, mehnat bolalarning kuchi etadigan va ulaming o ‘yin faoliyati bilan puxta bog‘langan bo‘lishi kerak. Komenskiy oqilona nasihatni, xatti-harakatni, mashq qildirishni, shuningdek, kattalar- ning ijobiy narnuna bolishini axloqiy tarbiya vositalari deb hisoblaydi. Ko‘rinib turibdiki, Komenskiy bu fikrlari bilan asosan mak- tabgacha tarbiya yoshidagi bolada tevarak-atrofdagi narsalar va tabiat hodisalarini kuzatish yo‘li orqali ular to ‘g‘risida dastlabki tasav-
vurlarni hosil qilishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |