Sof ichki mahsulotni (SIM) aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotdan (YaIM) amortizatsiya ajratmalarini (A) chegirib tashlash kerak:
SIM = YaIM – A
Demak, sof ichki mahsulot YaIM dan amortizatsiya ajratmalarini o‘z ichiga olmasligi bilan farq qiladi, shunipg uchun u YaIM dan har doim kichik bo‘ladi: SIM < YaIM.
Yalpi ichki mahsulot joriy va taqqoslama (o‘zgarmas) baholarda hisoblanadi. Agar joriy baholarda hisoblansa, u nominal YaIM deb ataladi. Agar u baho o‘zgarishini hisobga olib aniqlansa, real YaIM deyiladi. Real YaIM ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning haqiqiy moddiy hajmini ifodalaydi.
Real YaIM hajmini (YaIMr) aniqlash uchun nominal YaIM hajmini (YaIMn) bahoning umumiy indeksiga bo‘lish kerak:
ya’ni
Bu yerda: - bahoning umumiy indeksi.
Baho indeksidan ko‘rinib turibdiki, har ikkala davr uchun ham hisobot davridagi mahsulot va xizmatlar miqdori (q1) qatnashadi. Shuning uchun ham, ushbu indeks faqat baho o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Nominal YaIM hajmi indeksiga ( ) nisbatan baho indeksi ( ) sekin o‘ssa, real YaIM ko‘payadi.
Baholarning o‘zgarishi bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishini ko‘rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy baho indeksi yoki deflatori deb ataladi. Jami mahsulot tarkibiga millionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni har birining narxini o‘zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham, deflator bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati YaIM tarkibiga kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Nominal YaIM hajmini real YaIM hajmiga bo‘lish orqali YaIM deflatori aniqlanadi:
4. Yalpi va sof milliy daromad statistikasi
Yalpi milliy daromad (YaMD) ishlab chiqarilgan mahsulotlar va bajarilgan xizmatlar qiymatlarini ifodalovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar tizimiga kiradi.
Milliy daromad deb mazkur mamlakat hududida joylangan barcha rezedentlarning birlamchi daromadlari va mazkur mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan daromadlari bilan xorijiy investorlar hamda ishchilarning mazkur mamlakatdan olgan daromadlari orasidagi farqning yig‘indisi tushuniladi, ya’ni, oldin qayd qilganimizdek, mazkur mamlakatda va uning tashqarisida joylashgan milliy korxonalarda ishlab chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar qiymatining yig‘indisi yalpi milliy daromad (mahsulot) hisoblanadi. Buni quyidagi hisob-kitob asosida aniqlash mumkin.
YaMD = IH + R + FS + A + ES + MD ± D
Bu yerda: IH – ish haqi va ijtimoiy ajratmalar;
R – renta, ya’ni ijara haqi;
FS – foiz stavkalari yoki foizli daromadlar;
A – amortizatsiya;
ES – biznesga solingan egri soliqlar (davlatning
birlamchi daromadlari);
MD – mulkdan keladigan daromad.
Boshqacha aytganda, yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga ushbu mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan daromadlari (A) bilan xorijiy investorlarga berilgan daromadlar (B) o‘rtasidagi farqni (A-B=± D) qo‘shish (yoki ayirish) natijasida yuzaga keladigan ko‘rsatkichni yalpi milliy daromad deb aytiladi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
YaMD = YaIM ± D
Masalan, YaMDni aniqlashni quyidagi misol orqali ko‘rib chiqish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |