Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik



Download 54,31 Kb.
bet6/7
Sana14.06.2022
Hajmi54,31 Kb.
#668646
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik

Siklik ishsizlikiqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. O’z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan bo’shata boshlaydilar. Shu tariqa iqtisodiyotda siklik ishsizlik deb nomlanuvchi ishsizlar guruhi paydo bo’ladi. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko’rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo’lmaydi.
Institutsional ishsizlikni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin. Ishsizlikning bu turi ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko’rsatmasligi natijasida paydo bo’ladi. Jumladan, mehnat birjalari faoliyatining samarali tashkil etilmasligi ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif nisbatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va ishsizlikning ma’lum darajada oshishiga olib kelishi mumkin.
Тexnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi bilan bog’liq bo’ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani qo’llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy–ruhiy xususiyatdagi bir qator majmuiy omillar ta’siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o’rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to’liq band bo’lmaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o’z ishchilarini birdaniga ishdan bo’shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning ma’lum qismi rasman ish bilan band bo’lsalarda, amalda to’liq holda ishlamaydilar. Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy natijalariga ta’sir ko’rsatadi. Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy keskinlikka yo’l qo’ymaslikka intilish natijasida ham paydo bo’ladi.

Download 54,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish