Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik


Keynscha maktab vakillari



Download 54,31 Kb.
bet4/7
Sana14.06.2022
Hajmi54,31 Kb.
#668646
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik

Keynscha maktab vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o’zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo’lishini ta’kidlaydilar. Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo’lgan talab, real ish haqi darajasi kabi asosiy ko’rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog’liq bo’lgan ishchi kuchi taklifi miqdori shakllanadi. Davlat yalpi talabni kengaytirish tadbirlarini amalga oshira borib, ishchi kuchiga bo’lgan talabning o’sishiga imkon yaratadi va buning natijasida bandlikning o’sishi hamda ishsizlikning qisqarishi ro’y beradi.
Monetar maktab namoyandalari (M.Fridmen va boshqalar) iqtisodiyotda doimo ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo’lishini ta’kidlab, uni «ishsizlikning tabiiy me’yori» deb ataydilar. Bandlikning bu «tabiiy daraja»dan chetlanishi faqat qisqa muddatli tavsif kasb etadi. Agar bandlik darajasi muvozanat darajasidan ortiq bo’lsa, bu inflyatsiyaning jadallashuviga, agar kam bo’lsa, deflyatsiyaning jadallashuviga olib keladi. Bandlikni barqarorlashtirish bo’yicha siyosat ishsizlik darajasini uning tabiiy me’yoridan chetlanishiga, ishlab chiqarish hajmi va band bo’lganlar sonining tebranishlariga qarshi kurashga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Ishchi kuchi bozorini muvozanatga keltirish uchun monetaristlar asosan pul-kredit siyosati dastaklaridan foydalanishni tavsiya etadilar.
Institutsional-sotsiologik maktab namoyandalari (Т.Veblen, J.Gelbreyt va boshqalar) ishchi kuchi bandligi borasidagi muammolar turli ko’rinishdagi institutsional islohotlar yordamida hal etilishi mumkin, degan qoidaga asoslanadilar. Ular ishchi kuchi tarkibi va unga tegishli holda ish haqi darajasidagi ijtimoiy, kasbiy, tarmoq, yosh, jins, etnik va boshqa tafovutlar ta’sirida ishchi kuchi bozorida vujudga keladigan nomuvofiqliklarni izohlashga harakat qildilar.
Shartnomaga asoslangan bandlik nazariyasi o’zida neoklassik hamda keynscha talqinlarni uyg’unlashtiruvchi konsepsiya hisoblanadi. Konsepsiya mualliflari, bir tomondan, pul ko’rinishidagi ish haqi qat’iyligi to’g’risidagi keynscha qoidani qabul qiladilar va ishchi kuchi bozoridagi muvofiqlashuv narxlar (ya’ni, ish haqi) hisobiga emas, balki ishlab chiqarish moddiy hajmi va bandlikning o’zgarishi hisobiga amalga oshishini ta’kidlaydilar. Mazkur nazariyaning asosida tadbirkorlar va ishchilar o’zaro uzoq muddatli shartnoma munosabatlariga kirishishlari to’g’risidagi qoida yotadi. Mazkur shartnoma huquqiy jihatdan taqozo etilgani uchun emas, balki har ikkala tomon uchun ham iqtisodiy jihatdan foydaliligi sababli paydo bo’ladi. Firma ishlab chiqarishning pasayib ketishi davrida mehnatga haq to’lash hajmini kamaytirmaydi, ishlab chiqarishning o’sishi davrida esa malakali ishchilarga ish haqini oshirmaydi. Pul ko’rinishidagi ish haqining o’zgarishi bir tekisda boradi. Ish haqi darajasi individlar hatti-harakatining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq natijasi sifatida ma’lum me’yorda qat’iy tus oladi.

Download 54,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish