Sof ichki mahsulotni (SIM) aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotdan (YaIM) amortizatsiya ajratmalarini (A) chegirib tashlash kerak:
SIM = YaIM – A
Demak, sof ichki mahsulot YaIM dan amortizatsiya ajratmalarini o‘z ichiga olmasligi bilan farq qiladi, shunipg uchun u YaIM dan har doim kichik bo‘ladi: SIM < YaIM.
Yalpi ichki mahsulot joriy va taqqoslama (o‘zgarmas) baholarda hisoblanadi. Agar joriy baholarda hisoblansa, u nominal YaIM deb ataladi. Agar u baho o‘zgarishini hisobga olib aniqlansa, real YaIM deyiladi. Real YaIM ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning haqiqiy moddiy hajmini ifodalaydi.
Real YaIM hajmini (YaIMr) aniqlash uchun nominal YaIM hajmini (YaIMn) bahoning umumiy indeksiga bo‘lish kerak:
ya’ni
Bu yerda: - bahoning umumiy indeksi.
Baho indeksidan ko‘rinib turibdiki, har ikkala davr uchun ham hisobot davridagi mahsulot va xizmatlar miqdori (q1) qatnashadi. Shuning uchun ham, ushbu indeks faqat baho o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Nominal YaIM hajmi indeksiga ( ) nisbatan baho indeksi ( ) sekin o‘ssa, real YaIM ko‘payadi.
Baholarning o‘zgarishi bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishini ko‘rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy baho indeksi yoki deflatori deb ataladi. Jami mahsulot tarkibiga millionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni har birining narxini o‘zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham, deflator bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati YaIM tarkibiga kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
1.4. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga
ta’sir qiluvchi omillar
Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhimdir.
Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o’zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi talabga javob bеradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud rеal hajmini ko’rsatadi.
Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan istе’mol tovarlari va xizmatlardan hamda invеstitsiya tovarlaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo’jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi rеsurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan istе’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdеk, invеstitsiya tovarlarining turlari ham juda ko’p va turli-tumandir. Lеkin yalpi talab o’zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o’zining turlari, miqdori va sifati bo’yicha hamda ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga mos kеlishi kеrak.
Yalpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi chizma ko’rinishida ifodalash mumkin (1.4-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |