1.3. Yalpi va sof ichki mahsulot statistikasi
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) bilan birga yalpi milliy mahsulot (YaMM) makroiqtisodiyotning ikki yirik sohasini aks ettiradi, ya’ni moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar natijasini tavsiflaydi. Yalpi ichki mahsulot deb mazkur mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (rezidentlar) tomonidan pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymati tushuniladi. Bu yerda korxonalarni qaysi mamlakatga tegishli ekanligi hisobga olinmaydi.
Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi yordamida iqtisodiyotni rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalari tahlil etiladi, boshqa mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanish natijalari bilan solishtiriladi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish strukturasiga baho beriladi.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb mazkur mamlakatda va uning tashqarisida joylashgan milliy korxonalarda ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar qiymati tushuniladi. YaIM ko‘rsatkichi YaMMdan mamlakatni tashqi kapital sarflaridan olgan foyda saldosi miqdoriga farq qiladi, ya’ni chetdan olingan foyda saldosi YaIMga qo‘shilmaydi, agar YaIMga qo‘shilsa YaMMni beradi. Yalpi milliy mahsulotni quyidagicha aniqlash mumkin:
YaMM = YaIM +
|
Shu mamlakat yuridik va jismoniy shaxslarining xorijdan oladigan daromadlari (foydasi)
|
-
|
xorijiy investorlar va ishchilarni shu mamlakatdan oladigandaromadlari (foydasi).
|
1993-yildan boshlab mamlakatimizda YaMM o‘rniga yalpi milliy daromad (YaMD) ko‘rsatkichi ishlatilib kelinmoqda.
YaIM jami ijtimoiy mahsulotdan (JIM=c+v+m) ham tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat:
YaIM iste’mol uchun tayyor hayotiy ne’matlar hisoblanadi. Shu sababli uning tarkibiga qayta ishlash yoki qaytadan sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar kirmaydi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan oraliq mahsulot va xizmatlar qiymati (masalan, urug‘, o‘g‘it, yonilg‘i, ozuqa, energiya va boshqalar) YaIM qiymatiga qo‘shilmaydi.
Ushbu ne’matlar haqiqatda ichki mahsulot hisoblanadi, chunki u shu mamlakat hududida joylashgan barcha rezidentlar (qaysi millat va qaysi davlat fuqarosiga mansub ekanligidan qat’iy nazar) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymatini ifodalaydi.
YaIM tarkibiga ushbu mamlakat rezidentlarining xorijiy
mamlakatlardan olgan daromadlari (A) bilan xorijiy mamlakatlar
investorlari va xodimlariga beriladigan daromadlari (B) o‘rtasidagi farq (± D) kirmaydi.
YaIM quyidagi uch xil usul yordamida hisoblanadi:
ishlab chiqarish usuli;
taqsimlash usuli;
pirovard foydalanish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |