Yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish. Alohida to‘siqlar va to‘siqlar guruhidan o‘tish. Yagona to‘siqlar qatoridan o‘tish



Download 15,55 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi15,55 Kb.
#773496
Bog'liq
mavzu 4


Yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish. Alohida to‘siqlar va to‘siqlar guruhidan o‘tish. Yagona to‘siqlar qatoridan o‘tish.

To‘siqlar quyidagi turlarga bo‘linadi:



  • gorizontal (okoplar, chuqurchalar, kovaklar);

  • vertikal (devorlar);

  • tor maydonchali tayanchlar (balkalar).

To‘siqlarning turi va o‘lchamlariga qarab, ularga tayanib va tayanmay Sakrashlar, chuqurlikka sakrash, osilib chiqish, tor tayanchlarda harakat Qilish orqali yengib o‘tiladi, tayanmasdan sakrashlar unchalik keng Bo‘lmagan gorizontal to‘siqlarni va baland bo‘lmagan vertikal to‘siqlarni Yengishda ishlatiladi. Òayanib sakrashlar ko‘krak barobarigacha bo‘lgan balandliklarni Yengishda, chuqurlikka sakrashlar esa, baland to‘siqlardan sakrashda, uy Derazalarida qo‘llaniladi. Devor va shunga o‘xshash balandliklarni ishg‘ol Etishda, osilib chiqishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: oyoqning son qismiga tayangan holda; ko‘krakka tayangan holda; ilashgan holda; kuch bilan. Yugurib kelib, bir oyoq bilan to‘siqdan bir qadam narida yerdan Turtiladi, ikkinchi bukilgan oyoq bilan devorga tiraladi, qo‘llar bilan devor Chetidan ushlanadi. Chap qo‘lni devor tepasiga yetguncha tortiladi. Chap Oyoqni to‘siqqa qisib, o‘ng oyoqni siltab, tovonni esa devor tepasiga Ilashtirib olingach, devorning orqasiga sakraladi. Devorlardan kuch bilan oshib o‘tish. Xuddi oldingi usuldagidek yugurib Kelinadi, bir oyoqda yerdan turtilib, qo‘llar bilan devor to‘siqning Chekkasidan ushlanadi. Qo‘llar bilan yuqoriga tortilgach, oyoqlar bilan Yordam berilib, tayanib olinadi. So‘ngra to‘siqning turi va holatiga qarab, Quyidagi usullarning biridan foydalangan holda to‘siqdan o‘tib sakraladi: to‘siqning orqa tomoniga o‘zini tashlaydi; to‘siq ustiga o‘tirib olgach, oyoqlarni osiltirib o‘tirgan holda sakrab Tushiladi; to‘siqqa o‘ng oyoqni tirab va undan chap oyoqni olib o‘tgach, qo‘llarga Tayangan holatda irg‘ib .


Alohida to‘siqlar va to‘siqlar guruhidan o‘tish
a) Gorizontal to‘siqlardan o‘tish. Unchalik keng bo‘lmagan gorizontal to‘siqlardan va baland bo‘lmagan vertikal to‘siqlardan tayanmagan holda sakrash usulida o‘tiladi. Sakralganda bir yoki ikki oyoq bilan tushiladi.
b) Ko‘krak barobaridagi vertikal to‘siqlar. Bunday to‘siqlardan tayanib sakrash usuli bilan o‘tiladi. Yugurib kelib, to‘siq ustiga sakraladi. Òiklanmasdan ikkinchi oyoqni ham to‘siq ustiga olib chiqiladi va yerga sakrash holati davom ettiriladi yoki to‘siqdan qo‘l va oyoqqa tayangan holda o‘tish mumkin.
d) Òor tayanch orqali harakat qilish. Toʻsiqlar orqali o‘tishda xoda, balka, relslar tashlab qo‘yilganda tor tayanch orqali harakat qilish qo‘llaniladi. Bunda quyidagi usullarda harakat qilinadi: tor tayanchga o‘tirib olib harakat qilish; yurib va yugurgilab harakat qilish. Yagona to‘siqlar qatoridan o‘tish Yagona to‘siqlar qatorida quyidagi mashq bajariladi: masofa 200 metr. Boshlang‘ich holat — to‘siqlar qatori oldidagi chiziqqa yotgan holat.
«Olg‘a» komandasi berilganda:
1. Sakrab 20 metr yuguriladi va 2,5 metr kenglikdagi chuqurlikdan sakrab
o‘tiladi.
2. Labirint yo‘laklardan yugurib o‘tiladi.
3. Xohlagan usulda 2 metrli devordan oshib o‘tiladi.
4. Vertikal narvon orqali buzilgan ko‘prikning ikkinchi qismiga chiqiladi.
Balkadan yugurib borib, oxiridan yerga sakrab tushiladi.
5. Buzilgan pillapoyalarning uchinchi pog‘onasidan oshib o‘tiladi, lekin,
albatta, oyoq yerga tegish sharti bilan to‘rtinchi pog‘onaning tagidan o‘tiladi.
6. Devorning derazasi orqali o‘tiladi.
7. Okop (xandaq)ga yugurib boriladi. Unga sakrab tushiladi va aloqa
yo‘li orqali quduqqacha boriladi.
8. Yerdan granatani olib, devordagi derazalarning xohlagan biriga yoki
devor ortidagi 2,5 metrli maydonchaga uloqtiriladi. Bunda 3 tagacha granata
otishga ruxsat beriladi. Granatalarning og‘irligi 600 gr.
9. Quduqdan sakrab chiqib, devordan sakrab o‘tiladi.
10. Engashgan narvon orqali buzilgan pillapoyaning to‘rtinchi pog‘ona-
siga chiqiladi va pillapoya pog‘onalaridan yugurib tushiladi.
11. Vertikal narvon orqali buzilgan ko‘prikning balkasi ustiga chiqiladi. Undan yugurib borib, uzilgan joydan sakrab o‘tiladi va engashgan taxta orqali pastga yugurib tushiladi.
12. Ikki metrli kenglikdagi chuqurdan sakrab o‘tiladi, yo‘lakkacha o‘tib Olib, to‘siqlar qatorining boshlanish chizig‘i kesib o‘tiladi.
Download 15,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish