Jshlash tartibi: sinalayotgan sportchi o‘zining sotsiometrik xaritasini to‘ldirganidan keyin savollarga javob beradi. Murabbiy sportchilarni ushbu uslubga o‘rgatishda doskaga sotsiometrik chizmani misol tariqasida chizadi va har bir savolga berilgan javoblarning sifat ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi. Bu ishni birorta talaba bajarsa, boshqa bir talaba to‘ldirilgan varaqlarni yig‘ishtiradi.
Sotsiometrik so‘rov natijasini aniqlashning ikkita turi mavjud bo'lib, ular: 1) sotsiometrik tanlov jadvali (1-jadval) va 2) sotsiogramma yoki rasm grafikasi (2-jadval)dir. Sotsiometrik uslubning natijalariga asoslanib, guruhlardagi ko‘rsatkichlar natijasini hisoblash hamda kichik guruh a’zolarining ijtimoiy-ruhiy holati darajasining o‘sishini ham aniqlash mumkin bo'ladi.
Sotsiogramma
^ — o‘g‘il bolalar I | - qizlar
\ tanlovga yo‘naltirilgan
Ba’zi jamoalarda o‘zaro munosabatlarda to‘qnashuv yoki arzimagan sabablarga ko‘ra nizo chiqarishga moyil sportchilarni aniqlash muhirn hisoblanadi. Hozirgi kunda sport faoliyatida sportchilarning o‘zaro munosabatlarida ziddiyat, to‘qnashish holatlarining paydo bo‘lish mexanizmlarini o‘rganishda K. Tomas tomonidan ishlab chiqilgan testdan foydalanish mumkin. K. Tomas sport jamoalaridagi o‘zaro nizolarning asosiy sabablarini aniqlab, uni «Kooperatsiya» («Hamkorlik») nomi bilan yuritdi.
Kooperatsiya
Bitim yoki murosaga kelish
«Kooperatsiya», ya’ni «Hamkorlik» sport jamoalarida birgalikda hamjihat bo‘lib ishni tashkil qilish shaklidir. Sportchining boshqa bir sportchiga qiziqish bilan qarashi, uning faoliyatiga diqqat bilan e’tibor berishi, nizolarga qo‘shilishi, o‘zining xatti-harakatlari va yurish-turishi bilan boshqalarni o‘ziga jalb qilishi, o‘z so‘zida turib olish bilan bog‘liq bo'lgan hissiyotlarni, ruhiy holatlarni aniqlab, tahlil qilib, jamoadagi o‘zaro munosabatlarni «Hamkorlik» asosida hamjihatlik bilan tashkil etib, sportchidagi salbiy qusurlarni, nuqsonlarni yo‘qotish K. Tomas testlarining tub mohiyatini tashkil etadi. K. Tomas «Hamkorlik» jamoadagi nizolarni quyidagi holatlarga ajratib o‘rganadi va nizolarni bartaraf etadi deb hisoblaydi:
Raqobat — sport mashqlari, asosan, musobaqalarda boshqalarga zarar yetkazmasdan o‘z maqsadiga erishish.
Moslashish - raqobatchilikdan cheklanish, boshqalar maqsadini o‘z maqsadidan ustun qo‘yish, jonini qurbon qilib bo‘lsa-da, g‘alabaga erishish.
Murosaga kelish — qiyin sharoitlarda ham bir-biriga yon bosish.
0‘zini chetga olish — jamoa sportchilari bilan hamjihat bo‘lmay, jamoa manfaatlariga qiziqmay, yuqori ko‘rsatkichlarga erisha olmay, g‘alabaga noumid bo‘lib, jamoadan o‘zini chetga olib yurish.
Hamkorlikda ishlash — har qanday vaziyatlarda ham bir-biriga zid bo‘lgan ikkala tomon sportchilari bilan murosaga kelish.
К. Tomasning fikricha, to‘qnashuvdan o‘zini chetga olish har ikkala tomonga ham mag‘lubiyat keltiradi. Raqobat, moslashish yoki muro- saga kelish holatlarida bir ishtirokchi yutadi, ikkinchisi esa yutqazadi yoxud ikkalasi ham yutqazadi. Faqat hamkorlikkina ikkala tomonga ham g‘alaba keltirishi mumkin.
Musobaqa jarayonida sport faoliyati samaradorligining sifat ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan murabbiy bilan sportchilarning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Jamoani mustahkam jamoaga aylantirish uchun quyidagi muammolar yechimiga e’tiborni qaratish lozim: 1) musobaqa jarayonida murabbiy bilan sportchi o‘zaro munosabatlariningpsixologik mazmunini bilish; 2) sportchi murabbiy bilan o'zaro muloqot va munosabat to‘g‘risida amaliy bilimlarni egaUashi, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ayrim holatlarda esa и o'zini murabbiyning o'rniga qo‘yib ko‘rishi ham kerak; 3) murabbiylar o‘zaro munosabat to ‘g ‘risida ijtimoiy va psixologik treninglar о ‘tkazish malakasini egallagan bo‘lishi short. Buning uchun biz murabbiy bilan sportchining har xil sharoitda, jumladan, musobaqa paytidagi o‘zaro munosabatlarining turlicha ruhiy holatlar tizimini tahlil qilamiz:
Murabbiy—A.: «Siz bilasizmi?.. Yana qilichbozlik yo‘lakchasiga chiqasiz. Boring, mayli yutqazing! Yo ‘q, men jiddiy gapirayapman! Men sizni urishmayman, yutqazishingiz ham mumkin. Bunga ruxsat beraman. Faqat bir necha juft ukol qiling. Bu, albatta, «по!» degani emas. Siz nimalarni bajarishga qodir ekanligingizni kurashda namoyon qiling, о ‘zingizni ко ‘rsating».
Do'stlaringiz bilan baham: |