Y masharipov sport psixologiyasi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Download 216,08 Kb.
bet13/49
Sana06.03.2023
Hajmi216,08 Kb.
#916842
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
Y masharipov sport psixologiyasi

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

  1. Murabbiyning obyektiv va subyektiv qiyinchiliklari nimalardan ibo- rat?

  2. Sport murabbiysining individual ruhiy xususiyatlari haqida gapirib bering.

  3. Murabbiyning faoliyat turlarini tasniflab bering.

  4. Murabbiyning muloqot psixologiyasini tavsiflab bering.

  5. Sportchilarda irodaviy sifatlarni tarbiyalashda murabbiy qanday vazifalarni amalga oshiradi?

  6. Murabbiyning ish faoliyatida uchraydigan individual qiyinchiliklar haqida gapirib bering.

  7. Sport mashg ‘ulotlarini rejalashtirishga qo yUadigan talablar nimalardan iborat?

  8. Sportchining о ‘zini-o ‘zi tarbiyalash uslublari haqida tushuncha bering.

SPORTCHILARDA HARAKAT MALAKALARINI
SHAKLLANTIRISH

Jismoniy mashq jarayonining asosiy maqsadi sportchida eng yuqori (maksimal) darajada jismoniy sifatlarni o‘stirishdan iboratdir. Buning uchun murabbiy o‘z tarbiyalanuvchilariga musobaqa vaqtida bor kuchini safarbar qilish malakalarini singdirish uchun ular bilan reja asosida uzluksiz mashg‘ulotlar o‘tkazib boradi, ularni tinimsiz mashq qildiradi. Sportchining o‘zi esa musobaqalarda g'alaba qilish uchun murabbiy yordamida sport faoliyati bilan mustaqil shug‘ullanishga odatlanadi, natijada unda sport malakasi va ko‘nikmalari takomillashib boradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ayrim murabbiylar sportchilarning jismoniy sifatlarini o‘stirishda samarador uslublar mavjud ekanligini yaxshi bilmaydilar. Ular mashg‘ulotlar jarayonida yuqori malakali sportchilarni sport musobaqasiga tayyorlashda zamonaviy ilmiy yondashuvlarga asos- lanmagan uslublardan foydalanib kelmoqdalar. Bu murabbiyning bi- rinchi xatosi bo‘lib, sportchini harakatlantiruvchi faoliyat turlarini chek- lab qo‘yadi. Jismoniy mashq dasturi mazmuni har bir sportchida bir xil harakat malakalarini vujudga keltiradi. Yuqori malakali sportchilar bilan ishlashda ushbu dastur mazmuniga amal qilib, ularning individual xususiyatlarini yetarli darajada e’tiborga olmaslik murabbiyning ikkinchi jiddiy xatosi hisoblanadi. Har bir murabbiy odam bolasining muskul tuzilishi, qattiq hayajonlanganda uni o‘tkazish qobiliyati, suyak to‘qimalarining tuzilishi, yuqori kuchlanish bilan bajarilgan jismoniy mashqlarning sportchi organizmiga ta’siri, turli sportchilar organizmida bu ta’sirning farq qilish xususiyatlarini tushunishi zarur.
Ba’zi bir jismoniy madaniyat va sport mutaxassislari sportchi organizmining tashqi ta’sirlarga javobini ifodalashda «aks etilishi», «aks etish vaqti», «tezlik» va «malaka-ko‘nikma» kabi atamalardan birining o‘rniga ikkinchisini almashtirib ishlatadilar. Masalan, sportchi zo‘r tezlikka ega deb gapiradilar. To‘g‘ri, sportchi murakkab harakatlarni tez, aniq bajara olish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Ammo so‘nggi yillarda o‘tkazilgan ilmiy tajribalarning aniqlashiga qaraganda, vaqt reaksiyasi deyilganda sportchining startdan otilib chiqishi, tepilgan to‘pning harakat tezligi, shuningdek, sportchining dastlabki zo‘r berib bajargan harakati tushuniladi. Harakat tezligi vaqt bilan, ya ’ni та ’him masofada birinchi harakatning boshlanishidan uni tamom qilish uchun ketgan vaqt bilan о ‘Ichanadi.
Bir guruhdagi sportchilarning vaqt reaksiyasi va harakat tezligi har xil ko‘rsatkichlarda bo‘lishi tabiiy hoi. Sportchi harakatni sust, chaqqon yoki o‘ta tezlikda bajarishi murnkin. Harakat malakalarini egallashda vaqt reaksiyasi ernas, aksincha, harakat tezligi muhimdir. Shuning uchun sportchilarga har­akat malakalarini o‘rgatishda yuqori harakat tezligini umumiy harakat tezli- giga yaqinlashtirish lozim. Shuning uchun umumiy kuchning ko‘p bo‘lmagan qismini, harakat tezkorligini oshirishga qaratish lozim.
Jismoniy mashq turlarining ayrimlari (masalan, qisqa masofaga yugurish, startdan chiqish, sportchining basketbol to‘pini o'yinga tushirishi va to‘pni o‘zi bilan yerga urib chopishi)da vaqt reaksiyasi muhim o‘rin tutadi. Murabbiy vaqt reaksiyasini pasaytirish uchun hamma chora-tadbirlarni ko'rishi lozim. Bu jarayonda u quyidagilarga alohida e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir:

  1. Murakkab harakatlar bilan o‘tkazilgan faol mashg‘ulotlar harakatlarning vaqt reaksiyasini pasaytiradi.

  2. Turli xil vaziyatlarda harakatlarning boshlanishini bilishdan ko‘ra taxmin qilish ham vaqt reaksiyasini pasaytiradi (masalan, futbol o'yinida yarim himoyachining hujumga bergan ma’noli signallari qisqa yugurishda, start beruvchining to‘pponchani otmasdan oldin qo‘lini taranglashtirishi).

  3. Basketbol guruhlari bilan olib boriladigan signalli yoki signalsiz mashg‘ulotlar sportchilarda taxmin qilish harakatining reaksiyasini pasaytiradi. Lekin signal bilan o‘tkaziladigan mashqlar harakatni tez bajarishga ko‘proq ta’sir etadi.

  4. Sportchi harakatining tezligi harakatning boshlanishidan oldingi tayyorgarlikka, shuningdek, vaqt reaksiyasining yuqori yoki past bo‘lishi qo‘yilgan maqsadning xarakteriga ham bog'liq boiadi (masalan, sportchi harakatni bajarishni o‘ylab, aniq signalning berilishini — o‘qning ovozini kutmasdan, hech narsani o‘ylamasdan bajargan tasodifiy harakatlari o‘q ovozi bilan berilgan signal orqali bajariladigan harakatlarga qaraganda sekin bo‘ladi). Shuning uchun sportchi tovush yoki o‘q ovozi orqali undaladigan harakatlarni bajarishga tayyorlanishi zarur.


  5. Download 216,08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish