Avlaqulova Farangiz
Toshkent Davlat Sharqshunoslik
Universitetining koreys tili
filologiyasi fakulteti, koreys-ingliz
3-kurs talabasi
Xyon Jin Geonning “Omadli kun” hikoyasidagi ijtimoiy hayot
Anotatsiya. Xyon Jin Geonning “Omadli kun” hikoyasidagi ijtimoiy hayotni ifodalab beruvchi maxsus ma’no va mazmunga ega boʻlgan elementlar tavsifi.
Kalit soʻzlar: instikt, anneksiya, ijtimoiy, simpatik, modernizatsiya.
Xyon Jin Geonning “Omadli kun” hikoyasi 1920-yillarning boshida, Koreyaning Seul shahrida nashr etilgan boʻlib, Yaponiyaning Koreyani bosib olishi paytiga toʻgʻri kelgan va hikoyada Seulda yashagan odamlarning hayoti, shaharning holati va koʻrinishi tasvirlangan. Bu hikoya juda aniq nuqtaga qaratilgan asar boʻlib, uning fojiali taʼsiri sarlavhadagi kinoya bilan ochib berilgan.
Yuqorida aytib oʻtilganidek, “Omadli kun” hikoyasi 1920-yillarda Yaponiya anneksiyasi davrida Koreya yarimorolining ijtimoiy hayoti haqida koʻp narsalarni aytib beradi. 1920-yillar zamonaviy Koreya tashkil topishining boshlanishi boʻlib, Seul atrofida fabrikalar, oliygohlar paydo boʻla boshlagan. Qisqa hikoyada tadbirkorlar, talabalar va gavjum poezdlar mavjud boʻlib, Koreyani modernizatsiya qilish fikrini mustahkamlagan. Ayan mana shu elementlar asarda keltirilgan riksha koʻmagidan foydalangan oʻqituvchi, talabalar orqali ifodalangan: “…nihoyat, yevropacha kiyingan, koʻrinishidan oʻqituvchi boʻlgan bir erkakni Tongvan bilim yurtigacha eltib qoʻydi…”
Bu davrga kelib, Koreyada poyezdlar va tramvaylar rivojlangan boʻlsa-da, rikshalar (aravada odam tortib yuruvchi), Kim Chxomji kabi, hali ham keng tarqalgan transport turlari edi, chunki ular band odamlar uchun qulay edi. Biroq, bularning barchasiga qaramay, hikoya quyi tabaqa fuqarolarining hayoti va ularning kurashiga qaratilgan. Kim Chxomji kasallikdan aziyat chekkan rafiqasiga g‘amxo‘rlik qilish orqali tirik qolish uchun yetarlicha pul ishlab kurashadi, bu 1920-yillarda Koreyaning Yaponiya istilosi davrida quyi tabaqa fuqarosi sifatida yashash kurashini aniq aks ettiradi. Pul juda kam edi, oila halok boʻlganda ham odamlar ishlashga majbur edi. Shunday qilib, qashshoqlik “Omadli kun” hikoyasida juda yorqin aks ettirilgan.
M.E. Robinsonning “Koreyaning XX asr Odisseyi” kitobida keltirilganidek: “Muallif voqelikni ideallashtirmaganini, aksincha uning asl shaklini anglab yetganini ko‘rsatadi. Oxir-oqibat, Kim alohida shaxs emas, balki azob chekayotgan mustamlaka xalqining vakili va namoyondasiga aylandi. Kim kabi shaxs tipologiyasining yaratilishi 1920-yillarning oʻrtalarida, asosan, xalq hayotiga bagʻishlangan simpatik adabiyotning yuksalishi sharoitida yuzaga keldi”.1
Mustamlaka davrining qashshoq hayotini quvonch bilan tasvirlaydigan, qattiq yuz ortida yashiringan inson instinktlarini ifodalovchi bu hikoya hattoki 2021-yilning sentabr oyida Janubiy Koreyaning eng mashxur seriali boʻlgan “Kalmar oʻyini” (오징어 게임)ning oxirgi qism sarlavhasi va voqealar rivoji aynan “Omadli kun” asaridan olingan. Bu esa koreys xalqi quyi tabaqasining ijtimoiy hayotida qiyinchilik va yoʻqchilik sababli ular pul uchun har narsaga tayyorligi ularning eng yaqin insonlarini yoʻqotganligida namoyon boʻladi.
Kim Chxomji va koreys xalqining ma’yus muhiti yogʻayotgan yomgʻirda oʻta fojeali qili tasvirlangan. Qish yomgʻirining tasviri nafaqat uning rafiqasi oʻlimini tasvirlash uchun, balki Kimning qalbidagi ma’yuslikni, mustamlaka shahardagi quyi tabaqalarning qashshoq hayotini ifodalaydi. Bir soʻz bilan aytganda, Kim Chxomji Koreya mustamlaka xalqi azob-uqubatlarining timsolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |