Xxi axborot asrda axborot psixologik xavfsizlik masalalari



Download 14,61 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi14,61 Kb.
#747929
Bog'liq
Axborotlar


XXI AXBOROT ASRDA AXBOROT PSIXOLOGIK XAVFSIZLIK MASALALARI
Mingboyev Shohruxbek
Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakultiteti amaliy psixologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Tel:+998 93 051 76 03

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali siz XXI asrda axborot psixologik xavfsizliklari va ijtimoiy ommaviy tarmoqlardan foydalanish va uning ta’siriga tushib qolmaslik haqida fikr yuritilgan.


Kalit so‘zlar:
Axborot,
Annotation:
Keywords:
Аннотация:
Ключевые слова:

Hammamizga ma’lumki, bugungi kunda dolzarb muammolardan biri bu-insonlarni haddan ziyod ijtimoiy axborotga o‘ch bo‘layotganligi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa yosh avlodlarga e’tibor beradigan bo‘lsak ijtimoiy tarmoqlar ularning hayot mazmuniga aylangan. Bu esa yosh avlodlarning kelasi bo‘ladigan voqea-hodisalarga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Ayniqsa hozirgi yosh avlodning ongiga eng kuchli ta’sir etayotgan omillardan biri hisoblanadi. Eng ko‘p vaqtini ham aynan shunga sarflamoqda.


Xavf masalasiga kelganda, albatta har bir yaxshi narsani yomon tomoni bo‘ladi kabi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni ham afzal va no afzal tomonlari ham yo‘q emas. Misol uchun bir yigit axborot olish uchun ijtiomoiy tarmoqlardan foydalanmoqda, lekin u bu tarmoqqa kirishidan oldin o‘ziga-o‘zi yomon tarmoqlarga kiraman deb va’da bermaydi. Har kim ham aynan ijtimoiy tarmoqlardan olgan ma’lumotlariga qarab ish tutmaydi. Lekin uni birinchi navbatda chalg‘itadigan narsalardan biri bu-aqlsizligi hisoblanadi, hozirgi kunda aynan XXI asrda axborotlar shunday rivojlanib ketmoqdaki, har bir inson barcha qiladigan ish va hizmatlarini shu orqali amalga oshirmoqda. Halqimizda shunday maqol bor “bekorchining bo‘sh vaqti-dushmanning ish vaqti’’. Har bir olingan ma’lumotlar ham to‘g‘ri bo‘lib chiqavermaydi. Unga qarshi ko‘plab psixologik hujumlar sodir etilishi, har-xil bosim va tazyiqlar o‘tkazilishi ham bizga sir emas albatta. Inson bilimli bo‘lsa hamma keladigan yomon oqibatlarni oldindan o‘ylaydi va bu muammoga borib taqalmaslik uchun o‘z aqlini ishlata oladi. Ko‘plab psixologlarning ta’kidlashicha, har bir insonning o‘z auirasi bo‘ladi. Bu aurani yaratish esa uning o‘ziga bog‘liq. Tashqi tomondan kelayotgan har-xil ta’sirlar ostida qolgan insonlar nima qilarini bilolmay qolishadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “ijtimoiy odoblar’’ kitobida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish haqida quyidagicha ta’riflaydi, “internetdan foydalanmoqchi bo‘lgan odam niyyatni yaxshi qilgan bo‘lishi kerak’’ va shu bilan birga quyidagilarni ham ta’kidlaydi, “internetga kirishdan oldin vaqtni zoe qilmaslik uchun umrning qadrini esga olish, uning har lahzasi hisobli ekanini, qiyomat kuni hisob-kitob bo‘lishini esga olish zarur’’ [1]. Albatta ustozning bu gaplaridan keyin har bir inson to‘g‘ri xulosa chiqarish har bir aqlli insonning o‘ylanish uchun sabab bo‘la oladi.
Axborotni faqatgina ijtimoiy tarmoqlardan emas balki, insonlar bilan muloqot tufayli ham unga erisha oladi. Shaxs o‘zini yomonlikka hech qachon tashlab qo‘ymaydi, lekin boshqa insonlar ta’sirida o‘zi bilmay yo‘liqib qolishi mumkin. Kimdir siz bilan tanishmoqchi bo‘lsa, u sizni aldab ketaman yoki sizga zarar yetkazaman deb oldindan aytmaydiku. Qanchalik ko‘p axborot almashlansa inson onggi rivojlanishda davom etadi. Uni yaxshi, yoki yomon yaratish bu insonning o‘ziga bog‘liq. Bu haqida Valeriy Sinelkinovning quyidagi so‘zlari orqali tasavvur qilish mumkin, “Biz o‘z olamimizni fikrlarimiz, tuyg‘ularimiz bilan yartamiz. Bizning faoliyatimiz so‘zdan emas, balki fikr va tuyg‘ularimizdan boshlanadi. Fikr energiyaning universal shakli va uning kuchi juda ulkan” [2]. Ayniqsa zamonaviy asrda hamma insonlar mukammallikka erishishga harakat qiladi. Ozgina yo‘ldan chalg‘ish esa u insonning hayotini izidan chiqarib qo‘yishi hech gap emas. Shu tufayli olinayotgan axborot kimdan, nimadan, qayerdan, nima uchun bunday degan savollar har bir aqlli insonni o‘ylantirshi kerak. Aqlsiz insonlar esa hech ikkilanmay turib o'zini nafsi tomon qadam tashlaydi. Bu esa ularni halokatga yetaklaydi. Psixologik qilingan hujumlar hozirgi zamonda ayniqsa ko'plab sodir etilmoqda, insonlar ikki yo'lni emas faqatgina bir yo'lni ko'radigan bo'lib qolgan. Yaxshi tomonini ko'ra oladi, lekin yomon tomonini esa ko'ra olmaydi. Tafakkur qanchalik kuchli bo'lsa, inson ham shunchalik aqlli va mustahkam idrok sohibi bo'la oladi. Albatta olinayotgan axborot va bilimlar insonni xulq-atvorini o'zgartira oladi. Ayniqsa, hozirgi XXI asrda yashayotgan shaxslarda ko'plab o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Ong esa mukammal darajada shakllanmoqda. Buyuk bobokalonlarimiz ham o'tgan asrda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishmagan, aksincha ular faqatgina kitob o'qishlik bilan mashg'ul bo'lishgan. O'ylab qaralsa, ular faqatgina axborotni kitob orqali olishgan. Shuning uchun ham ular kashf qilgan ixtirolar hozirgi zamonada ham qo'l berib kelmoqda. Shoshqoloq insonlar ijtimoiy tarmoqlarda o'qigan yoki ko'rgan narsalarini tafakkur qila olmaydi, nima uchun? nima sababdan? nimaga bunday? shunday savollarni berish hayoliga ham kelmaydi. Bunday holatda qilingan xatti-harakatlar u insonni zarariga ishlaydi. Bu holar suitsit darajasigacha olib borishi mumkin. O'zini-o'zi xavfdan saqlash uchun avvalo inson quyidagi harakatlarni esidan chiqarmaslik zarur;

  • Avvalo nima maqsadda bu axborotni olayotganligini his qilish;

  • Axborotni kimdan va nimadan olish, albatta foydali bo'lsa;

  • Olinayotgan ma'lumotni haqiqiy, realligini isbotlagandan keyin uni qabul qilish;

  • Axborot olish jarayonida kuchli tafakkur bilan yaxshilab o'ylash;

  • Har-xil reklama va saytlarga qiziqib kirmaslik;

  • Mualliflik huquqi bor shaxslardan axborot olish va to'g'ri tushinish;

  • Olingan ma'lumot yoki axborotni tahlil qilish va xulosa chiqarish;

  • Profil va hamma ko'radigan ijtimoiy tarmoqlarga o'zi haqida ma'lumot joylamaslik.

Bu ma'lumotlardan siz to'laqonli va samarali foydalana olsangiz albatta o'zingiz uchun eng yaxshi foydani olasiz. Harakat tufayli orttirligan natija har bir insonni yetuklikka va mukammalikka qarab intilayotganligidan darak beradi. Mavlono Rumiyning shunday hikmatli so'zlari bor "hayotda muvaffaqqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat" [3]. Albatta inson diqqatli bo'lsa, hamma olingan ma'lumotlarni to'g'ri tahlil qila oladi va uni tushuna oladi, to'g'ri yo'lga yo'naltira oladi. Har bir insonga kerak bo'ladigan narsalardan yana biri bu-tartib va harakatdir. Inson hamma narsada tartibli va harakatchan bo'lsa muvaffaqqiyatga erishishi shunchalik aniq bo'ladi. Axborot va ijtimoiy tarmoqlar hozirgi zamonda shunchalik rivojlanib ketmoqdaki, kasallik qanchalik tez tarqalsa, u ham shunchalik ko'paymoqda. Zamon o'zgarar ekan, insonlar ham o'zgarib boraveradi. Shaxs esa neytral holatda shakllanib boraveradi. Neytral deyilishig sabab bu-yaxshi yoki yomon tomoni nazarda tutilmoqa. Har kim ham yomon narsalardan foydalanaman deb harakatni boshlamaydi. Shu tufayli inson mukammallik tomon qadam tashlaydi. Mukammallik insonga ko'plab muvaffaqqiyatlar olib keladi, albatta uxlamasa. So'ngi so'zda shuni ta'kidlab o'tish kerakki, hamma o'zi uchun o'zi javob beradi. Axborotdan qanday foydalanish va qanday uni qaysi yo‘lda foydalana olish har bir shaxsni o‘ziga bog‘liq.


Foydalanilgan adabiyotlar;

  1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Ijtimoiy odoblar’’, “HILOL-NASHR’’ nashriyoti, Toshkent-2020. 250-bet.

  2. Valeriy Sinelkinov “Niyyatning kuchi”, “Buxoro nashriyoti”, 16-bet.

  3. https://play.google.com/store/apps/details/id=com.sadirboyprogrammer.mavlonorumiyhikmatlari

Download 14,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish