Xxi-asrda islom postmodern dunyoda qiblani topish


Tafsir ulamolariga ko‘ra, bu yerda asosiy e'tibor iymon va iymonsizlik kalima



Download 397,89 Kb.
bet31/83
Sana13.06.2022
Hajmi397,89 Kb.
#665661
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
Bog'liq
XXI

Tafsir ulamolariga ko‘ra, bu yerda asosiy e'tibor iymon va iymonsizlik kalimalariga qaratilgandir. Iymon so‘zi tabiiy o‘sish, uning axloqiy va aqliy yutuqlari baquvvat ildizlardan kuch oladi, deb tasvirlanadi, ildizlar esa o‘z navbatida e'tiqodning asosini tashkil etadi: kishini inontirgan isbotlarning sifati hamda Allohning mavjudligiga ishonish va buni to‘g‘ri tushunish o‘sha kishining borliq realligiga asoslanganidan dalolat beradi. Shu tariqa olingan meva - diniy hayotdan olingan sezilarli foyda - doimiy ("har safarlik") dir, o‘sha meva (foyda) insonning o‘z muvaffaqiyati emas, u(lar) faqat "parvardigorning ijozati bilan" keladi. E'tiqodga asoslangan sog‘lom hayot mana shudir. Buning teskarisi esa bitta narsa: voqelikka emas, xomxayolga asoslangan, binobarin, "barqarorlikka erisha olmagan" kufrdir[485].
«Baqara» surasining boshida kelgan va odamlarning ikki turga bo‘linishini eslatib turuvchi mana shu oyat amallar va e'tiqod o‘rtasidagi munosabatni, ular orasidagi mavjud ierarxiyani hamda haqiqiy iymonga xos bo‘lgan oziqlanish va meva qilish, olish va berish o‘rtasidagi barqaror muvozanatni aniq ifodalab beradi.
Biz iymonning zamonaviy faol usullariga aynan mana shu mezon asosida baho berishimiz kerak. Yosh «ultra» o‘zining ba'zan asabiy beboshliklarga olib keladigan qattiq g‘azabi bilan hamda miyasiga jiddiy o‘rnashib qolgan va samarali bo‘lgan nisbatan biqiq masalalar va tashvishlariga andarmon bo‘lgani bilan Qur'onning mana shu tavsifiga mos keladimi?
Men bu savolga o‘zimning tajribamdan kelib chiqadigan bir misol bilan javob bera qolay.
Men Misrdagi Assiut universitetida "Jamoat ul-islomiya" deb atalgan bir radikal "islomiy" guruh rahbarini yaxshi tanir edim. Uning oti Hamdi edi. U ko‘pchilik havas qilsa arziydigan soqol qo‘ygan, har doim tishini misvok bilan tozalar, o‘z vaqtini kopt xristianlariga bo‘lgan nafrati xususida voizlik qilish bilan o‘tkazar, ulardan bir nechasiga uning xutbasi natijasida hujum qilingan va kaltaklangan edi. Uning yuzlab izdoshlari bor edi; oqibatda Assiut bugungi kunda murosasizlik va vahhobiylik usulidagi faollik qo‘rg‘oni bo‘lib qolmoqda.
Qissadan hissa shuki, men tanishganimizdan so‘ng oradan 5 yil o‘tib, yana shayx Hamdiga ro‘para bo‘lib qoldim. Bu safar u bilan Qohira ko‘chasida uchrashar ekanmiz, to‘g‘risi, uni taniyolmay qoldim. Soqolini oldirib tashlabdi. U sviter va shim kiyib olgan ekan. Eng qizig‘i, u bir g‘arblik qiz bilan birga yurgan ekan, qiz avstraliyalik bo‘lib chiqdi. Shayx uyalgancha o‘sha qizga uylanmoqchi ekanini aytib berdi. U bilan gaplashganimizda, musulmonlik ruknlarini mutlaqo bajarmay qo‘yganini, namoz ham o‘qimayotganini, endigi maqsadi Misrdan ketib, Avstraliyada yashash va pul orttirish ekani ma'lum bo‘ldi. Qandaydir jin urib, islomiy faollik amaliyoti unga ta'sir qilmay qo‘yibdi, u yana «radikal musulmon»ga aylanmasidan burungi mavhum va oddiy misrlik yigitga aylanib qolibdi. «Salafiycha yonib kul bo‘lish» deb atashimiz mumkin bo‘lgan bu hodisa ko‘pgina zamonaviy musulmon madaniyatilarda tez-tez uchrab turadi. Kishi 20 yoshdan endi oshgan paytida orttiriladigan ilk tashabbus oradan 7-10 yil o‘tgach, sustlashib qoladi. Islom radikalining chekiga tez-tez tushadigan qamoq va qiynoq singari qur'a iymonga sodiqlikni cho‘zishi mumkin, biroq pirovardida ushbu yangi musulmonlarning aksariyati salafiy munosabatning iymonga o‘xshash dunyosida yana o‘z amaliyoti uchun na yaxshi, na yomon bo‘lgan ilgarigi ahvoliga tushib qoladiganga o‘xshaydi.
Ekstremistlar faolligining ushbu omonatligidan xuddi uning mazmunidan shubhalanganday shubhalanish kerak. Haqiqiy musulmon e'tiqodi bu qadar nozik bo‘lmaydi; Qur'onda ta'kidlanganiday, uning ildizi "juda mustahkamdir". Qur'on oyatida tavsiflangan ikki daraxt haqida xulosa qiladigan bo‘lsak, salafiy ekstremizmi birinchi emas, ikkinchi daraxtdir. Gapning po‘stkallasini aytadigan bo‘lsak, sahobalar orasida iymoni o‘zgaruvchanlari bo‘lmagan: ularning sadoqati va xudojo‘yligi o‘limlariga qadar nihoyatda sof bo‘lib qolgan.
Yosh musulmonlarni bunga o‘xshash o‘tkinchi, ammo vahshiy faollikka nima majbur etadi? Bugungi kunda musulmon jamiyatlari boshidan kechirayotgan beqarorlikning deyarli universal hodisa ekani muhimligini tushunish uchun odam deterministik ijtimoiy nazariyalarga qo‘shilishi shart emas. Islom dunyosi o‘tish jarayonining eng ofat keltiruvchi davridan o‘tib bormoqda. Yevropada besh yuz yil davom etgan iqtisodiy va ilmiy evrilish musulmon dunyosida ikki avlod umrichalik vaqtga siqib tashlandi. Masalan, bundan 35 yil ilgari Saudiya Arabistonining poytaxti xuddi ming yillar oldin bo‘lgani kabi, loydan qurilgan bir kulbadan iborat edi. Bugungi Ar-Riyod esa shisha bilan qoplangan minoralar, Koka-kola mashinalari va u yoqdan bu yoqqa yelib yurgan «Kadillak»lardan iborat ulkan shaharga aylanib ketdi. Bu endi favqulodda hol, ammo yangilik qaysidir ma'noda har bir musulmon jamiyatiga kirib borayotgani hech kimga sir emas, bundan faqat chekka-chekkalarda yashaydigan qabilalar mustasno bo‘lishi mumkin.
Bunday o‘tish davri hech bir narsani doimiy qoldirmaydigan markazdan qochish kuchlari bilan insonlarga xavf tug‘dira boshlaydi. O'sha kuchlar yon-veridan boshqalardan hech kimga o‘xshamaydigan jihati bilan ajralib turishida asqotadigan narsani qidira boshlaydi. Ayni vaziyatda buning uchun islom juda qo‘l keladi. Chunki ular islomga dinni qabul qilish va iymon singari tabiiy yo‘l bilan emas, xavf-xatarni sezgani uchun (panoh istab) intiladi, ularda asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan va kitoblardan o‘rganish mumkin bo‘lmagan an'analarga oshno bo‘lish orqali orttiriladigan tabiiy diniy qadr-qimat yetishmaydi.
Buning qanday amal qilishini ko‘z oldiga keltirish qiyin emas. Katta bir oilaning farzandi bo‘lgan, ish topishda omadi yurishmagan, uylanishga yetarli mablag‘i bo‘lmagan, ehtimol, keskin kattarib ketayotgan shaharga ko‘chib ham kelgan arab yigiti o‘zini hech bir belgi bo‘lmagan cho‘lda adashib qolgan kishiday his etadi. Kunlardan bir kun ertalab u gazeta do‘konidan "Sayyid Qutb" kitobining bir nusxasini sotib oladi va "dunyoga qayta kelgan"day bo‘ladi. Unga mana shu kerak edi: bir lahzada unda o‘z kuchiga ishonch paydo bo‘ladi va o‘rab turgan muhitni anglab yetish, hayotidagi muammolar va tangliklarni yechish, eng qizig‘i, o‘zini, hammadan zo‘rman va yon-atrof nazoratimda, deb his qilishi uchun qolip qo‘lida tayyor. U biror guruhga qo‘shilib oladi va o‘zining yangi orttirgan ishonchini saqlab qolish uchun, odatdagicha, boshqa guruhlarning xattiharakatlari xato, qabilida fikr yurita boshlaydi.
Albatta, bu misol musulmonlik xuddi shunday yo‘l bilan qabul qilinishi kerakligini anglatmaydi. Dinni qabul qilish uchun aqliy jihatdan tayyor bo‘lish jarayoni bosib o‘tilishi va bu jarayonda muqaddas joy yoki ruhoniy bo‘lish talab etiladi. Tavba o‘zining an'anaviy shakliga ko‘ra, xursandchilik, qoniqish va boshqalarni qattiq yaxshi ko‘rishni nazarda tutadi. Biroq uning xavf-xatar tufayli vujudga kelgan zamonaviy ko‘rinishi musulmonlarni biqiq, boshqalarga nisbatan toqatsiz va hech narsani tan olmaydigan qilib qo‘yadi. Yana bir ko‘zga yaqqol tashlanadigan jihati, u e'tiqodi, qanchalik faol bo‘lishidan qat'i nazar, qanday tasodifiy kelgan bo‘lsa, shunday tez yo‘qolib ketadigan odamlarni paydo qiladi. Diniy faolning oziqdan mahrum bo‘lgan ruhi och qolib, holdan toya boshlaydi va nihoyat nobud bo‘ladi.

Download 397,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish