Xxi-asrda islom postmodern dunyoda qiblani topish


X bob Islom ma'naviyati: unutilgan inqilob



Download 397,89 Kb.
bet30/83
Sana13.06.2022
Hajmi397,89 Kb.
#665661
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Bog'liq
XXI

X bob
Islom ma'naviyati: unutilgan inqilob
Shekspir aytganiday, "qon muhokama etilmaydi". Taassufki, bugungi kunda musulmonlar safi o‘z gapiga qo‘shilmaydigan kishilar bilan to‘lib ketgan. Kechagi global moliya ramzi bo‘lgan Jahon savdo markazi[483] bugungi kunda G'arb o‘zining boshqarib bo‘lmaydigan yo‘llarini Sharq tomon burishi mumkinligiga ishongan kishilarni nazorat qilishga qaratilgan urinishlarini barbod etgan global islomning haykaliga aylandi. Bu o‘rinda oqlashga hech qanday o‘rin yo‘q. Ko‘pchilik chiranayotganiday, "jo‘jalarning katakka qaytib kelishi"ni talab qilish hamda Vashingtonning Isroil yuritayotgan etnik tozalash siyosatiga yon berishi uni avj oldirib yuborayotganiga norozilik bildirishning o‘zi yetarli emas. Shabbir Axtar qayd etganiday, ojizlik ham xuddi tizginsiz qudratday, odamni buzishi mumkin. Ammo tushunish degani biror narsaga rozilik berish yoki hamdardlik bildirish degani emas. Maqsadga erishish uchun begunoh kishilarning qonini to‘kish eng bebosh dunyoviy utilitar axloq belgisidir, u din talab qiladigan mutlaq axloqiy cheklovlarga nisbatan teskari qutbda turadi.
Hali unchayam uzoq tarixga aylanib ulgurmagan paytlarda "ultralar" ko‘pchilik emasdi. Dunyo miqyosida islomga qaytadan hayot baxsh etishga bo‘lgan urinish ularning yuzidagi kichkina bir so‘gal edi. Taassufki, biz endi ularni mensimaslikday xursandchilikdan ortiq bahramand bo‘la olmaymiz. Ekstremizm kengayib, unga yo‘l berayotgan oraliq zamin o‘z joyidan siljib va chalkashib ketdi. Va bu zaminning
Rasululloh bashorat qilgan zaiflashuvi nafaqat ekstremistlarning mag‘lubiyati, qolaversa, ular tufayli dunyoning turli burchaklarida yashovchi haqiqiy musulmonlarning obro‘sizlanishi bilan tezlashib ketdi. Xuddi boshqa sohalarda bo‘lgani kabi bu masalada ham ommaviy axborot vositalari bizga nisbatan keskin qarshi ishlamoqda. Devid Koresh o‘zining umumiy me'yorlardan chetga chiquvchi Tavrotga oid xabarini xristianlikka yoki uning adventistlar qanotiga bog‘lamasdan, hech qanday sharmandalikdan tap tortmay turib ham "Qiyomat ranchosi"dan efirga uzatishi mumkin. Ammo biror bebosh islomiy guruh Qohirada shved sayyohlariga bomba hujumini uyushtirsa, o‘sha paytning o‘zidayoq butun dunyoga "jangari musulmonlar" haqida go‘ng sochiladi.
Mabodo bu narsalar davom etaversa, islom harakati madaniy va ma'naviy qayta tiklanishga bo‘lgan intilishlaridan voz kechadi va parchalanib ketgan, hech narsadan tap tormaydigan mayda-mayda guruhlar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Bir zamonlar munozaralar va yotfikrlilikka nisbatan o‘zining bag‘rikenglik qobiliyatini ko‘rsata bilgan hamda boshqa dinlardan ustun bo‘lgan din tarixining bu tariqa dahshatli va haqoratli intiho topish ehtimoli voqelikka aylanayozdi. Keyingi 15 yil davomida islom tajribasi, an'anaviy islom institutlari va boshqa musulmon harakatlarining musulmon kishilarni yashashga arzigulik, ammo va'da qilingan xomxayol "islom davlati"ga boshlab borish borasidagi muvaffaqiyatsizligi radikallashuvning ortib ketishiga sabab bo‘ldi.
Agar bunday pirovard falokatning oldi olinsa, hukmron tamoyil yana tashabbusni o‘z qo‘liga olishi mumkin. Ammo u bunga erishish uchun ishni o‘zining kuchi sustlashuvni keskin tanqidiy tahlil qilishda ekanini tan olishdan boshlashi kerak bo‘ladi. Islom harakati hozircha muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgani hammaga ayon. Biz o‘zimizga, qanday qilib Musulmon birodarligi millionlab a'zolari bo‘lishiga qaramasdan, 60 yil davomida takror va takror omadsizlikka yuz tutgan bir paytda Nosir singari qassob, omadsiz askar, manman safsataboz e'tiqodsiz bo‘lsa-da, Misr singari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mamlakat rahbarligini o‘z qo‘liga ola bildi, degan savolni berishimiz kerak. Bunday odamni siqib yuboradigan va uzoq nomuvofiqlik kontekstida metodologiyaning yaroqsizligi uchun keskin ayblash maqsadga erishishga to‘sqinlik qila olmaydi.
Aynan mana shu kontekstda biz - hayratlanarli, ehtimol, muqarrar tarzda -islom doirasida ma'naviy hayotni qayta tiklash imkoniyatidan foydalanib qolishimiz kerak. Mabodo u qachondir gullab-yashnashi kerak bo‘lsa, "islomning qayta tiklanishi" o‘zining inqirozga yuz tutgani va aqliy resurslari zamonaviy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli emasligini tan olishga majbur etilishi lozim. Bunga javob qayta tiklovchilarning mafkuralashgan neo-islomidan ustun bo‘lish hamda ko‘proq klassik va asl musulmon dialektikasiga qaytish sharti bilan kollektiv muhosaba, o‘z-o‘zini imtihon qilib ko‘rishga asoslanishi zarur.
Kasallikni oshkor qiluvchi belgi - isitma shuki, islom harakatining inqirozi haqidagi tushuntirishlar orasida yagona ishonchli musulmoncha talqin bo‘lmish, Alloh buni qo‘llabquvvatlashi kerak emas, degan gap ko‘zga tashlanmaydi. Biz tez-tez Qur'onning bir oyatini eshitib turamiz, unda "Albatta, Alloh biror qavm o‘zlaridagi narsani (yaxshi holatni noshukrlik bilan yomon holatga) o‘zgartirmagunlaricha, ulardagi narsani (yaxshi holatni yomon holatga) o‘zgartirmas"[484], deyiladi. Biroq bu printsip hech qachon to‘g‘ri tushunilmagan ko‘rinadi. Ushbu muqaddas bitik kollektiv ijtimoiy muvaffaqiyatga erishish uchun shart-sharoit hozirlaydigan individual axloq islohotinigina nazarda tutadi, deb taxmin qilinadi.
Ammo bunday axloq islohotini obro‘-e'tiborga taqvo (nisbatan yengil ish) orqali erishilganmi yoki u jonning boshqa vujudga kirishi tufayli davom etyaptimi, deb tashvishlanmasdan turib, fiqh mezoni bilan taqqoslashdan ko‘ra xavfli narsaning o‘zi yo‘q. Oyatda axloqiy evrilish emas, ma'naviy evrilish, ya'ni dindorlar nafsining o‘zgarishi xususida so‘z yuritiladi. Rasululloh bizga bot-bot eslatishdan charchamaganiday, agar ushbu taqvo chin yurakdan qilinmagan bo‘lsa, uning zohiran
(shariat) ruknlar(i)ga amal qilishining qiymati bir pulligicha qolaveradi. Ul zot aytadilarki, "hech kim bu Boqqa o‘z ishlari uchun kirmayajak". Ayni paytda zamonaviy islohotchi (biz bosh og‘riq "fundamentalizm" so‘zidan ehtiyot bo‘lishimiz kerak) islom yo‘nalishidan ulgi oluvchi va axloqning zohiriy ko‘rinishlariga o‘ralashib qolgan birovlarga qozilik qilishga oid asarlar vahiy nima ekani xususidagi savolga javob bera olmaydi. Allohning bizning (shariatning) murakkab qonun-qoidalar(i)ga sabot bilan rioya etish qobiliyatimizni tekshirishdan boshqa ishi yo‘q, deb hisoblash ilohiyotshunoslikdagi bema'nilikdir. Allohni bizning mehnatimiz va o‘zining marhamati bilan tuzalishimiz va tug‘ilgan paytimizdagi sofligimiz va muvozanatimizga qaytishimiz ko‘proq qiziqtiradi. Aqidalar aynan mana shu o‘rinda ahamiyat kasb etadi va shunga sharoit yaratib beradi. Ammo uning o‘rnini bosa olmaydi.
Qur'oni karimda ana shu nuqtai nazarga e'tiborni qaratish uchun hayratlanarli bir tashbeh keltiriladi. "Ibrohim" surasining 24-26-oyatlarida quyidagi so‘zlarni o‘qiymiz:
(Ey inson), Alloh pok So‘zga (ya'ni, imon kalimasiga) qanday misol keltirganini ko‘rmadingmi? (U so‘z) xuddi bir yaxshi daraxtga o‘xshaydiki, uning ildizi (er ostiga) o‘rnashgan, shoxlari esa osmondadir. Parvardigorining izni bilan (u) mudom meva berur. Alloh odamlar eslatma olishlari uchun mana shunday misollarni keltirur. Yomon so‘zning (ya'ni, kufr so‘zining) misoli esa yer yuzasidan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda qarori yo‘q nopok daraxtga o‘xshar.

Download 397,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish