Xxi-asrda islom postmodern dunyoda qiblani topish


Madinaning qorishiq tarovati



Download 397,89 Kb.
bet10/83
Sana13.06.2022
Hajmi397,89 Kb.
#665661
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
XXI

bob


Madinaning qorishiq tarovati
Tinchlik - xudoning irodasi.
(T.S. Eliotning «G'arb adabiyotining teran yo‘nalishi»
asariga Dantedan olingan iqtibos)
Islom o‘z asoschisining hayoti xususidagi bilimlardan ajralgan va ular bilan o‘zaro birlashgan keng an'anaga ega. 20-asr Rasulullohni turli-tuman, ba'zi hollarda aql bovar qilmaydigan yo‘llar orqali qaytadan kashf etdi: tinchlikparvar Hasan Askariy, ashaddiy sotsialist Mustafo as-Siboiy, uchinchi dunyo vakili, mustamlakachilikka qarshi kurashgan qahramon Ali Shariatiy foliyati misolida buni ko‘rish mumkin. Shuningdek, arab millatchisi (Mishel Aflaq), nitsshecha yoki kamida bergsoncha superodam (Alloma Iqbol), eko-jangchi (Fazlun Xolid), feminist (Fotima Mernissi), arxikonservativ (Qirol Fahd), olim
(A.Zindoniy va Moris Bukaille), metanarratsiyalarning postmodern dushmani (Farid Esak), tarixdagi ilk demokrat (Muhammad Asad). Dinlarning tanish va ehtimol o‘zini butunlay boshqatdan tanishga bo‘lgan buhronli salohiyatini o‘zida aks ettiruvchi, yuzaki qaraganda, asrlar o‘tsa-da, o‘zgarmay qoluvchi kishilarning bunday ro‘yxatini istagancha davom ettirish mumkin. Lekin rang-baranglik alal-oqibat ierarxiyaga emas, hokimiyatga, tarixchilarga, eng mushkuli, islom tarixida takrorlanib turadigan, ehtiyotkorona bir tarzda qilinishi ravo deb tavsiflanadigan payg‘ambarga bo‘lgan sadoqat namunasiga mos bo‘lishi kerak. Men Madinaning o‘ziga xos tarovati xususidagi tavsiflarga o‘tishdan oldin ba'zi bir iqtiboslarni keltirish orqali, ushbu namunalarni misol qilib ko‘rsatishni taklif etmoqchiman. Islomning g‘ayridinlar uchun juda oz tanish bo‘lgan jihati sanalmish bunday namunalar hissiy samimiyatning bir ko‘rinishidir, bu hol dinga xos bo‘lmagan narsaday tuyuladi[52]. Bunday misollardan biri rusulullohning oldingi bobda zikr etilgan ma'naviy komilligidir. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Rasululloh shafoat sohibi sifatida


Rasulullohning qiyomat kuni gunohkorlarning gunohini so‘rab oluvchi bo‘lishiga oid aqidasini barcha an'anaviy hokimiyatlar tan oladi. Ko‘plab diniy asarlarning yaratilishiga aynan ana shu mavzu - shafoat masalasi asos sabab bo‘lgan. Men bu o‘rinda shoir Abdurahmon Jomiy (vafoti 1492 y.) ning shu mavzuga bag‘ishlangan she'riy dostonidan misralar keltirmoqchiman. U fors hamdlarining barchasini qog‘ozga to‘kadi, lekin shunga qaramay, so‘zlarining samimiyligi yaqqol sezilib turadi.
O payg‘ambarlar muhri, saxiy e'tiboringizni darig‘ tutmangizkim, Allohning rasuli vafotidan so‘ng dunyo yetim qoldi.
Siz ularning va ular muhrlarining so‘nggisi edingiz.
Siz nega baxtsizlik domiga cho‘kkan va omad yuz o‘girgan ummatlaringizni nazarpisand qilmay tashlab ketdingiz?
O, rasuli akrom, siz o‘zingizning abadiy navqironligingiz bilan bu dunyoning ko‘rkisiz, orom uyqusidan turingiz, bizning yuraklarimizni yo‘lboshchilik nuringiz bilan to‘ldiringiz.
Hayot va kunduzning nuri bo‘lgan, Alloh yorlaqagan siymongizni ko‘rsatmoq uchun nigohingizni Yaman jubbasidan ko‘taringiz.
Bizning pushaymonlarga to‘la tunlarimizni (Alloh) yorlaqagan kunduzlarga aylantiringiz, kunduzlarimizga omaddan toj kiydiringiz.
Endi esa egningizga xushbo‘y atirlar anqigan kiyimlaringizni, boshingizga esa oq dastorni kiyingiz.
Sochingizning qoramtir va bebaho jingalalari osilib tursin, ularning soyasi muborak poyingizga tushsin.
Oyoqlaringizga Toif tog‘ining chorig‘ini kiying va ularning ipi o‘rniga sizga sadqa bo‘lgan jonimizni bog‘langiz.
Butun koinot sizning oyoqlaringiz ostiga sochilmoq istaydur va u sizning bosib o‘tishingiz sharafiga muyassar bo‘lmoq ilinjidadir.
O'z qabringizdan turib, rasullulloh masjidiga tashrif buyuringiz, tokim bizlar poyi qadamingizga boshimizni qo‘yib, lablarimizni bosaylik.
O rasuli xudo, ehtiyojmandlarga boshpana berib, sizga bo‘lgan muhabbatga limmo-lim yuraklarga tasalli beringiz.
Bizlar - gunohlarimiz ummoniga g‘arq bo‘layotgan gunohkorlarmiz. Sizning hidoyatingizga amal qilishga bo‘lgan intilish chanqog‘i bosilmaydur.
Sizning xoki poyingizga kelib, ko‘zimni Madina tuprog‘i bilan poklaydigan kun men uchun eng muborak kundir.
Sizga bo‘lgan muhabbat jazavasidan hushimdan ayrilib, yuragim to‘lqinlanib, vujudim his-hayajonga to‘lib, qabringiz va Yashil gumbaz atrofini kezajakman.
Sizning sharafli mehrobingizga borib, sizga bo‘lgan muhabbatimdan oqarib ketgan yuzimni unga qo‘yaman va u sarg‘ayib, tillo rangini oladi.
So‘ngra o‘z qalbimning amrini ado etarak, siz salot qilgan joyga borib va u yerda turib, qadamjongizni qonim bilan yuvajakman.
Garchi ayni paytda mening vujudim sizning huzuringizda hozir bo‘lmasa-da, Allohga shukrlar bo‘lsinkim, ruhim men uchun o‘sha joydadir.
Allohim sizni ko‘pgina yomon gunohlarimizni so‘rab olguvchi qildi, aks holda biz yo‘q bo‘lib ketar edik.
Biz o‘z gunohlarimizga o‘ralashib qolganimizda, siz salot uchun boshingizga (salla) o‘rab: «Mening ummatlarimni kechir, Allohim, ularni kechir!» deya xitob qilgancha qiyomat maydoniga yetib kelasiz.
Shoyadki, Jomiy ham sizning muborak sa'y-harakatlaringiz va ulug‘ zotlarning yorlaqashi tufayli shafoatga erishganlar va afv etilganlar safida bo‘lsa.2

Download 397,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish