Aqlim shoshar uning vajhini ko‘rsam, Zulfi shul tufayli muqtado bo‘ldi.
Barcha fikriy ifodalarning manbai al-Haqqa bo‘lgan o‘zgaruvchan muhabbatdir. O'sha Manba haqiqat hodisasi bilan ajr beradi; uningsiz Quyosh sistemasida quyoshning o‘zi bo‘lmaydi, biror narsani farqlab bo‘lmay qoladi. Bunday zulmat ichra hech narsani ko‘rmaymiz, bir-birimizni ham taniy olmaymiz; yuzlardagi nurni ko‘ra olmaymiz. Aynan shu nur bizga har narsadan ko‘proq borliqning ontologik mohiyatini anglatib turadi.
III bob
Sunnat birlamchiligi
Nigra sam, sed formasa...
(Men seni sevaman, men seni o‘ldiraman) (Qo‘shiqlarning qo‘shig‘i)
Zamonaviy G'arb san'ati musulmonlar vaqtini sarflab o‘tiradigan soha emas. Bizni aniq tashvishga solayotgan hol G'arb xristian dunyoqarashining tanazzuli va uning o‘rnini Renessansning muazzam xayol kuchi - fantaziya egallay borishi bizni absurd yalang‘och figuralar inson yaratuvchanligi qiyomiga yetgan deyishga undayotgan edi, ikki jahon urushidan so‘ng G'arb peshvolari inson yaratuvchanligi yangi davrda o‘z holiga tashlab qo‘yilgani uchun yer yuzida jannat yaratishga urinib, ayanchli ahvolga tushib qolganiga amin bo‘ldi. Bugungi kunda Britaniyaning rassomlaridan biri Demien Hyorst formaldegidda suzib yurgan qo‘yni ko‘rgazmaga qo‘ygani bilan mashhur bo‘lib ketgan edi. Mashhurlik bobida undan kam bo‘lmagan kulrang Mark va Spenser kostyumini kiyib
olgan o‘rta yoshlardagi gomoseksualistlar Jilbert va Jorj o‘z tana suyuqligidan foydalanib, katta matolarga surat chizishadi. 1998 yili Britaniyadagi san'at olamida yuksak mavqega ega bo‘lgan Tyorner mukofotiga sazovor bo‘lgan surat filning axlati bilan ishlangan edi. Ehtimol, biz musulmonlar, shuning uchun bo‘lsa kerak, modern G'arb san'ati bilan kelisha olmaymiz va uni o‘zimizning qarashlarimizga nomuvofiq deb topamiz; modomiki, san'at tamaddunning qaymog‘i ekan, Teyt galereyasi zallarida sollana-sollana odim otish bilan tashvishli anglam bir-biriga zid kelishi lozim. Madaniyat elitasi xristianlikka jiddiy yondashgan chog‘lar yaratilgan muhim asarlarni musulmonlar yaxshi ko‘rgan narsasiga bo‘lgan muhabbatiga tug‘ilajak xavf-xatarga qaramasdan, go‘zal deb tan olishi mumkin. Ma'rifat deb atalmish narsa xristianlikning qonini so‘rib oldi; endilikda ma'rifat o‘z yo‘lida davom etishi va so‘nib, postmodernizmga aylanishi mumkin, G'arb zamini, uning eng ziyoli va muhtaram badiiy ijod vakillari ta'kidlayotganiday, o‘z faoliyatini ruhdan fikrga, tanaga - insonning ichki dunyosiga, endi esa uning keraksiz mahsulotlari, masalan, odamning kayfiyatini buzuvchi traektoriya tomon burdi. Biroq, shunga qaramasdan, tanazzulning davomiyligini kuzatish uchun galereyalarga borishning o‘zi ulkan saboqdir. U bizga nafaqat yangi dunyoni yoqtirmasligimizni, qolaversa, biz uni o‘zimiz yoqtirmasligimizni xush ko‘rmasligimizni ham eslatib turadi. Biz o‘zimizning dunyoqarashimiz bilan G'arb elitasining dunyoqarashi o‘rtasida haqiqiy bog‘liqlik mavjudligini his qilamiz: biroq bunday bog‘liqlikning umri qisqa ko‘rinadi. Biz murosasiz emasmiz va o‘rtadagi ko‘prikni buzib tashlaganimiz yo‘q. Biz insoniyatning 99 foiz tarixi davomida tan olingan me'yorlarga rioya etyapmiz. Bu o‘rinda aqldan ozar darajaga yetgan G'arb murosasizlik qilyapti. Va yana bemaza vizual kakofoniya, narsalar mohiyatini tasodifiy anglay bilishni ham kuzatish va bu hol taxminan vahiyona shiddat bo‘lishi ham mumkin. G'arbning 20-asrda yashab ijod qilgan deyarli barcha badiiy ijod namoyandalari o‘zlarining dunyodagi diniy qarashlarning qaroqchisi va uning boshboshdoq, muayyan shaklsiz va bema'ni vorisini tasvirlovchi sifatidagi madaniy ahvolidan yetarli darajada voqif edilar. Biroq ularning ayrimlarigina muqobil yo‘llarning ham ishonchli ekanini tan olishdi, xolos va Yevropa madaniyatining irqchilik va islomofobiyasi ta'qibidan omon qolgan undan ham ozroqlari islomning ulug‘vorligi va teranligini anglab yetishdi.
Shunday kishilardan biri, rus rassomi Kazemir Malevich edi. Malevich 20-asrning 20yillari boshlarida Iosif Stalin shaytoniy hokimiyatining xarobalardan oyoqqa turishiga xizmat qilish uchun o‘zaro to‘qnash kelgan minglab diniy, mistik, ateistik yoki estetik isyon harakatlari avj olgan rus inqilobi paytlari yashab ijod qildi. U vaqt bir necha qisqa va shiddatli mavsum davomida mamlakatning o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan diniy va shohona ierarxiyasining loshi nafaqat adolatli, qolaversa, ma'naviyatga asoslangan qarashlarga yo‘l ochish uchun yo‘ldan supurib tashlanganday tuyulgan edi.
Yosh so‘lqanot rassomlar hokimiyat oldiga rassomlikning barcha reprezentatsional[42] shakllarini yo‘qotishi xususida talab qo‘ya boshladi. Ular to‘g‘ri ta'kidlaganiday, tasviriy san'at tomoshabinga bosim o‘tkazadi. U yoshlikni qarilikdan, boylikni yo‘qchilikdan ustun qo‘yadi, o‘zining diniy mohiyatiga ko‘ra, odamlarga jinsi va irqiga qarab jannat va'da qiladi. O'shanda quyidagi inqilobiy qo‘shiq to‘qilgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |