5 - BOB. KENG POLOSALI TRANSPORT TARMOQLARI VA
ULARNI QURISH USULLARI
5.1. Sinxron raqamli iyеrarxiyali SDH texnologiyasiga
asoslangan keng polosali transport tarmoqlari
Birlamchi tarmoqlarda kanallarni hosil qilishning eng ko‗p
tarqalgan quyidagi usullari bular kanallarni chastota bo‗yicha ajratish,
vaqt bo‗yicha ajratish va aralash usullar. Chastota bo‗yicha ajratish
orqali kanallarni hosil qilish usuli asosan analog tarmoqlarda qo‗llaniladi
va hozirgi davrda ba'zi bir aloqa usullari (televidenie, radioeshittirish)ni
hisobga olmaganda sof holda uchramaydi. Vaqt bo‗yicha ajratish orqali
kanallarni hosil qilinish usuli hozirgi paytda keng tarqalgan va
zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida qo‗llanilmoqda.
Aralash
(ham vaqt, ham chastota bo‗yicha ajratish) usul orqali kanallarni hosil
qilinishi ham hozirgi vaqtda o‗z qo‗llanilish nuqtalari (masalan, mobil
aloqa tizimlari)ga ega.
Birlamchi tarmoqlarda ma'lumotlar uzatish va almashish,
kanallarni hosil qilishning Respublikamizda eng ko‗p tarqalgan
texnologiyalari PDH, SDH, WDM (WDM, DWDM) texnologiyalaridir.
Signallarni qayta ishlashning raqamli usulida n:1 turdagi
multipleksor n ta raqamli ketma ketliklardan bitta chiqish hosil qiladi.
Agar kirishdagi bitta oqim tezligi V bo‗lsa n:1
turdagi multipleksor
chiqishidagi umumiy oqim tezligi n* V bo‗lishi kerak. Agar bu
multipleksor m:1,
k:
1 turidagi ikkinchi, uchinchi va hokazo darajali
(sathli) multipleksorlardan tashkil topgan kaskadli ulanishning birinchisi
bo‗lsa, turli xil tezlikdagi raqamli iyerarxiyalar hosil qilish mumkin.
Ular yordamida va mos holda n,
m, k
karralilik koeffitsentlarini qo‗llab
oxirgi multipleksor chiqishida kerakli sondagi asosiy raqamli kanallar
(ARK)(tezligi 64 kbit/s) hosil qilish mumkin.
Asosiy raqamli kanal
raqamli iyerarxiya‘ning nolinchi sathi sifatida qabul qilingan. 5.1-
jadvalda turli
iyerarxiya sathlari,
uzatish tezliklari
va turli
iyerarxiyalarga mos holda hosil qilinadigan ARK lar soni keltirilgan. Bu
iyerarxiyalar PDH iyerarxiyalar deb ataladigan umumiy nomga ega.
5.1-jadval
Iyerarxi
ya
sathlari
Uzatish tezliklari (kbit/s)/turli iyerarxiyalarga mos holda hosil
qilinadigan ARK lar soni
Amerika standarti
Yevropa standarti
Yaponiya standarti
0
64/1
64/1
64/1
1
1544/24
2048/30
1544/24
2
6312/96
8448/120
6312/96
3
44736/672
34368/480
32064/480
4
274176/4032
139264/1920
97728/1440
5
-
564992/7680
397200/5760
Yuqorilarga asoslanib dunyoda uchta raqamli uzatish tizimlari
(RUT) iyerarxiyalari mavjud deb xisoblash mumkin:
1.
Amerikancha iyerarxiya:
nolinchi sathli 64 kbit/s tezlikli 24 ta ARK
dan tezligi 1,554 Mbit/s bo‗lgan birinchi sath hosil qilinadi.
Ikkinchi,
uchinchi va to‗rtinchi sathlar tezligi 6,312; 44,736 va 274,176 Mbit/s ga
teng. Bu Yerda karralilik koeffitsentlari mos holda :
p =
24,
t =
4,
i
= 7
,
k
= 6 ga teng. Birinchi sathdan boshlab har bir sathda mos holda 24, 96,
672 va 4032 ta ARK hosil qilinadi.
2.
Yaponcha iyerarxiya:
nolinchi sath ARK, birinchi,
ikkinchi va
hokazo sathlar tezligi mos holda 1,544; 6,312; 32,064; 97,728 va
397,200 Mbit/s ga teng. Bu Yerda karralilik koeffitsentlari mos holda
p -
24,
t =
4,
i
= 5,
k =
3,
r =
4. Birinchi sathdan boshlab har bir sathda mos
holda 24, 96, 480, 1440 va 5760 ta ARK hosil qilinadi.
3.
Yevropacha iyerarxiya:
nolinchi sath ARK, birinchi, ikkinchi va
hokazo sathlar tezligi mos holda 2,048; 8,448; 34,368; 139,264 va
564,992 Mbit/s ga teng. Karralilik koeffitsentlari
p =
32,
t =
4,
k =
4,
r
=
4. Birinchi sathdan boshlab har bir sathda mos holda 30,120,480,1920
va 7680 ta ARK hosil qilinadi.
Taktli chastota termini bilan raqamli ma'lumot uzatish tezligi
termini o‗zaro bog‗liq. Ma'lumot uzatish tezligi sekund davomida
uzatilgan bitlar soniga teng.
PDH iyerarxiyalar birinchi sath multipleksorlarida baytlar yoki
oktetlarni ketma-ketligiga asoslangan multipleksorlash usuli qo‗llaniladi.
Qabul qilish tomonda birlamchi E1 oqimdagi har bir ARK baytlari
identifikatsiya qilinishi (o‗rni aniqlanishi) kerak. Buning uchun oson
aniqlanadigan sinxron guruh xosil qilish
va uzatish orqali uzatish
tomonining MUX va qabul qilish tomonining DMUX uskunalari
o‗rtasida aniq, qat'iy siklli sinxronizatsiya o‗rnatilishi kerak. Bu
sinxroguruh birlamchi raqamli oqimda alohida kanalni egallaydi.
Bundan bizga ikkinchi, uchinchi va hokazo sath multipleksorlarida ham
kirish oqimlarini sinxron multipleksorlashni amalga oshirish osonga
o‗xshaydi. Lekin MUX ga turli xil manbalardan kelib tushayotgan
raqamli oqimlar umumiy sinxronizatsiyasi mavjud emasligi tufayli
ikkinchi va undan yuqori sath
iyerarxiyalarida baytlar emas, bitlar
ketma-ketligiga asoslangan multipleksorlash usuli qo‗llaniladi.
Multipleksorlashning bu usulida, masalan E1 ikkinchi sathida bir
xil 2,048 Mbit/s tezlikli to‗rtta turli xil kirish oqimlardan bitlarni ketma-
ketlash yo‗li bilan 8,448 Mbit/s tezlikli chiqish oqim hosil qilinadi.
Bitlarni ketma-ketligiga asoslangan multipleksorlashda har bir kirish
oqim biti pozitsiyasini aniqlash uchun kerak buladigan maxsus signallar
mavjud emasligi tufayli, kirish oqimlari tezligi esa har xil (E1 = 2,048 (1
± 3 x 10
-5
) Mbit/s) bo‗lganligi
uchun MUX
tezliklarni o‗zi
tenglashtiradigan ichki bitli (taktli )sinxronizatsiya qo‗llaniladi. Agar
tezlikni moslash maqsadida kirish signalardan bitlar olib tashlansa,
tezlikni bunday moslash musbat, bitlar qo‗shilsa manfiy, agar har ikki
operatsiya bir vaqtda bajarilsa musbat-manfiy deyiladi. 5.2-jadvalda
PDH ning E1 oqimi parametrleri keltirilgan.
5.2-jadval. PDH ning E1 oqimi parametrleri.
№
Do'stlaringiz bilan baham: