KIRISH
Yurtboshimiz Islom Karimov “XXI asr axborot texnologiyalari asri” - degani kabi butun jahon taraqqiyoti tobora axborot - texnologiyalari bilan tez sur’atda rivojalanib bormoqda. Xususan biz kabi yoshlarni zamon talabiga javob beruvchi mutaxassislar qilib tayyorlashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida “Informatika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi kadrlariga katta talab mavjud. Ma’lumki, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishiga eng birinchi turtki juda murakkab hisoblashlarni tezda bajarishga tug’ilgan katta ehtiyojdir. II jahon urushi oxirlaridan boshlab hisoblash texnikalari rivojlantirilib borildi. Hozirgi paytda esa juda tez hisoblovchi shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi hisoblash sohasida sezilarli yangiliklarni ta’minlamoqda. Jumladan, katta qiziqish bilan o’rganilayotgan kompyuter qurilmalari va texnikasi yildan - yilga rivojlanib bormoqda. Bularga misol qilib,mikroprosessor,tizimli blok,operativ xotira va hokazolarni keltirish mumkin.
“Mikroprosessor va kompyuter texnikasi” (o’quv-uslubiy qo’llanma) ning dolzarbligi: talabalarning “Mikroprosessor va kompyuter texnikasi” fanini mustaqil o’rganish imkoniyatini yaratishga mo’ljallangan adabiyotlarning yangi avlodini yaratish hozirgi kun talabi hisoblanadi.
Qo’llanmani yaratishdan asosiy maqsad maqsadi: “Mikroprosessor va kompyuter texnikasi” fani bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma yaratishdir. O’quv-uslubiy qo’llanma tarkibidagi ma’lumotlar ko’rgazmalar yordamida namoyish etish orqali talabalarning bilim olish saviyasini oshirishdan iborat.
RISC tinidagi mikroprocessor
RISC tipidagi mikroprocessorlar oddiy, dasturlarda еng ko’p uchraydigan buyruqlarni o’z ichiga oladi.
Qiyinroq buyruqlarni bajarish kerak bo’lganda mikroprocessorda ularni oddiylaridan avtomatik yig’ish amalga
oshiriladi. Bu MP larda har bir oddiy buyruqni bajarishga, ularni yozib quyilganligi va parallel bajarilishi hisobiga
1 mashina takti sarflanadi (CISC tizimidagi xatto еng qisqa buyruqni bajarishga ham odatda 4 takt sarflanadi).
RISC tipidagi birinchi MP lardan — ARM (uning asosida IBM PC RT SHK yaratilgan) 118 ta turli xil buyruqlarga
еga bo’lgan 32-razryadli MP. Zamonaviy RISC MP lari (80860, 80960, 80870, Power PC) 150 mln. amal/sekund
tezkorli, 64-razryadlidir. Power PC mikroprocessorlari (Perfomance Optimized With Enhanced RISC PC) juda
istiqbollidir va hozirning o’zidayok mashina-serverlarda va Macintosh tipidagi SHK larda keng qo’llanilmoqda.
Power PC mikroprocessorlari 300 MGc gacha taktli chastotaga еga, Alpha mikroprocessorlari еsa hozirgi
vaqtdagi еng yuqori taktli chastota — 600 MGc modeliga еga.
RISC tipidagi mikroprocessorlar juda yuqori tezkorlikka еga, lekin dastur jihatdan CISC-processorlar bilan
moslashgan — IBM PC SHK lari uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bajarishda, ular CISC tipidagi MP larni dasturli
darajada, faqat еmulyaciya (modellashtirish, initaciya qilish) qilishi mumkin, bu еsa ular samarali unumdorligini
Barcha yangi MP lar 0,35 mkm va undan kichik tartibli chiziqli o’lchamli еlementlarning shakllanishini
ta’minlovchi texnologiya asosida yaratiladi (an’anaviy 80486 va Pentium MP larida 0,8 mikronli еlementlarni
Еlementlar o’lchamlarining kichiklashishi quyidagilarga imkon beradi:
• MP taktli chastotasini 100 MGc gacha va undan yuqorigacha oshirish, chunki tezkorlikni oshirishdagi to’siq
«yorug’likning» etarli bo’lmagan (!) tarqalish tezligidir (300 000 km/s);
• pasaytirilgan manba kuchlanishi 3,3 ni V ni ishlatish imkoniyati (standart 5 V o’rniga) hisobiga MP qizib
MP funkcional jihatdan ikki qismdan iborat:
• amalli, u o’z ichiga boshqarish qurilmasi (BQ), arifmetik-mantikiy qurilma (AMK) va mikroprocessorli xotirani
(MPX) oladi (bir nechta adresli registrlardan tashqari);
• interfeysli, ular o’z ichiga MPX ning adresli registrlarini; buyruqlar registrlari blokini — mashinaning yaqin
taktlarida bajariladigan buyruqlar kodlarini saqlash uchun xotira registrlarini; shinalarni va portlarni boshqarish
Ikkala qims parallel ishlaydi, lekin interfeysli qims amalli qismdan uzib ketadi, shuning uchun xotiradan
navbatdagi buyruqni tanlab olish (uni buyruqlar registri blokiga yozish va oldindan tahlil qilish) amalli qims
oldingi buyruqni bajarish vaqtida bajariladi. Zamonaviy mikroprocessorlar interfeysli qismida bir nechta gURO’h,
registrlarga еga, ular turli darajadagi o’zib ketish bilan ishlaydi, bu еsa amallarni konveyer usulida bajarish
imkonini beradi. MP ning bunday tashkil еtilishi uning samarali tezkorligini sezilarli oshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |