Umumiy ma’lumotlar еlementlarning



Download 79,95 Kb.
bet1/5
Sana14.06.2022
Hajmi79,95 Kb.
#671043
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Elementlarning Geokimyovy rasnifi




ELEMENTLARNING GEOKIMYOVY RASNIFI


REJA:



  1. UMUMIY MA’LUMOTLAR

  2. ЕLEMENTLARNING GEOKIMYOVIY

  3. TASNIFI

  4. YER PO‘STINING KIMYOVIY TARKIBI

  5. YER PO‘STINING MINERAL TARKIBI

  6. KIMYOVIY ELEMENTLARNING MIGRATSIYASI



UMUMIY MA’LUMOTLAR

XX asrning 30-yillarida mineral konlarini oʿrganish va vujudga kelgan geokimyoviy usullar qat’iy geologik- qidiruv ishlari orqali amalga oshiriladi hamda qidirish va qazilma konlarining razvedkasi amaliyotida koʿriladi. Bu usullarning deyarli barcha bosqichlari nafaqat dala zamonaviy yuzasiga samarali izlaydi, balki muvaffaqiyatli vosita va ma’dan boʿyicha ma’lumot olish uchun toʿgʿridan toʿgʿri qidirishni amalga oshirish uchun olib borilishi, konni topib beruvchi geolog amaliyotchilar qoʿlida vosita boʿlib, zamonaviy eroziya ta’sirini oʿtkazgan togʿ jinslari qatlamlari tomonidan oʿrganib chiqiladi.


Soʿnggi bir necha yilda qidirish mineral konlari geokimyoviy usullari, ayniqsa, jadal rivojlandi. Shu usullarning ilmiy asoslarini takomillashtirish, uning vazifalar doirasini kengaytirish muhim masala hisoblanadi.
Quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi masala insoni- yatni hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Bu haqidagi dastlabki gipotezalar nemis faylasufi Immanuil Kant, fransuz olimi Laplas, ingliz olimlari Chemberlen, Multon va Jinslar tomonidan aytilgan bo‘lib, bularning barchasi vaqtincha mu- vaffaqiyatga ega edi.
Rus olimi Shmidtning fikricha, buning sababi ular ro‘y berishi mumkin bo‘lgan narsaning faqatgina suratini chizib berishdan iborat bo‘lgan. Masalaning mohiyatini aniq ochib berish uchun Shmidt hozirgi zamon kosmogoniyasi miqdoriy analizlarini keng tatbiq qilish kerak degan fikrni ilgari surgan. Buning uchun formula va sonlardan iborat bo‘lgan matematik asoslar bilan cheklanib qolmay, koinot- da bo‘ladigan ko‘pdan ko‘p hodisalarni statik usul bilan tekshirib borish zarur. Buning maʼnosi shuki, tekshiruv- chi faqatgina Quyosh sistemasini yoki Quyosh sistemasini vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan tumanliknigina emas, balki butun Galaktikani (Somon yo‘lini) ko‘z oldiga kelti- rish kerak. Nihoyat, shuni nazarda tutish kerakki, Quyosh sistemasi va Yerning rivojlanishi hech qanday «qadimiy halokatlar» oqibati bo‘lmay, hozirgi vaqtda ham davom etayotgan uzoq muddatli jarayon deb muhokama qilingan- dagina kosmogoniya muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Boshqachaaytganda, kosmogoniya bilan yerning kelajak- dagi tarixi va hozirgi holati bilan mashg‘ul bo‘lgan fan- lar – geologiya, geofizika, geografiya o‘rtasidagi uzilishni butunlay yo‘qotish kerak.
Shmidt shu umumiy qoidalarga amal qilib, 100 mil- liardlarcha yulduzlardan iborat bo‘lgan Somon yo‘li sistemasi sayyoralar kabi galaktika markazi atrofida el- liptik orbita bo‘ylab harakat qiladi, baʼzan o‘zaro jarayon natijasida birmuncha siqiladi degan xulosaga kelgan. Meteor to‘zoni bulutlarni sayyoralarning hosil bo‘lishi uchun material bersa, quyoshning galaktika ichida hara- kat qilib yurishi unga bu materialni ushlab qolishga im- kon tug‘diradi. Shmidtning fikriga ko‘ra, tutib olingan meteoritlar quyosh atrofida gala hosil qilib, bulardan har biri Quyosh atrofida o‘z orbitasida, Quyosh bilan birga esa galaktika ichida harakat qiladi. Biri ikkinchisiga qo‘shilib, ular sekin-asta sayyoralar hosil qiladi. Bunda ikki yulduz juft bo‘lib, biri ikkinchisi atrofida aylangani kabi, Quyosh atrofida elliptik orbita bo‘ylab aylanadi. Shunday qilib, Shmidt xuddi Quyosh sistemasi kabi sistemaning kelib chiqishini qo‘sh yulduzlar nazariya- siga o‘xshash nazariya bilan tushuntiradi. Farqi shun- daki, meteoritlar juda ko‘p va ularning bir-biriga taʼsiri pirovard natijada butun sistemani o‘zgartirib yubordi. Uning fikricha, ushbu nazariyada ekliptika tekisligining Galaktika tekisligiga nisbatan tutgan holatini aniqlash mumkin. Eski kosmogonik nazariyalar bu masalalar bi- lan butunlay shug‘ullanmagan..
Shmidt nazariyasiga ko‘ra, kometalar qandaydir me- teoritlar galasi qoldig‘idir, shu bilan birga yakka mete- oritlardan iborat bo‘lgan har qays I kometa ular harakati egri chizig‘ining o‘rtasi bo‘ylab harakat qiladi. Meteo- ritlar har xil yo‘nalishda chizilgan ellipslar bo‘ylab harakat qiladi, moddalarning to‘planishidagi va say- yoralar hosil bo‘lishdagi o‘rtacha harakatlar chizig‘idan aylanib kelib chiqadi. Darhaqiqat, meteoritlarning ellip- tik yo‘nalishlari orbitalarining biri ikkinchisidan hech vaqt ortiq bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, Shmidt meteoritlarning sekin-asta bir- lashishi natijasida albatta ikkita sayyoralar guruhi hosil bo‘lishi kerak deb aniqladi: Quyoshga yaqin va kichikroq (Merkuriydan Marsgacha) va Quyoshdan uzoq va katta (Yupiterdan boshlab) sayyoralar.
Bir sayyora bilan ikkinchisi orasidagi masofa quyida- gi formula bilan ifoda qilinadi: Planetaning quyoshgacha bo‘lgan masofalarining kvadrat ildizi taxminan arifmetik progressiyani tashkil etadi. Planetalarning o‘z o‘qi atrofida aylanishi meteorit harakatiga tabiatning ikki asosiy qonuni taʼsiri, yaʼni energiyaning saqlanish va kuchlar miqdori momentining saqlanish taʼsiridir. Birinchi qonunga ko‘ra, Quyosh atrofida aylana bo‘ylab harakat qilib sayyorani ho- sil qiluvchi meteoritlar orbita radiusi bo‘ylab tortilib tursa, ikkinchi qonunga muvofiq birinchisiga o‘xshamagan bir- muncha boshqacharoq yo‘nalishda bo‘lishga intiladi. Xud- di mana shu farqdan aylanish vujudga keladi. Bu aylanish momenti orbital (aylanma) harakat momenti bilan meteo- ritlar foydalaniladigan moment summasini beradi. Shmidt fikriga ko‘ra, Quyosh sistemasidagi hamma sayyoralar bit- ta meteoritlar galasidan vujudga kelgani uchun, ular bir xil atom tarkibli bo‘lishi kerak. Bunda faqat atmosferalarning tarkibi farq qiladi. Bundan tashqari, sayyorada atmosfera bo‘lishi va uni ushlab turishi uchun sayyora yetarli massaga ega bo‘lishi kerak, bu jihatdan ham sayyoralar mas- sasi har xil ekanligi maʼlumdir.
V.G. Fesunkov nazariyasiga asosan Quyosh va sayyora- lar bir vaqtda zichlashgan gaz-chang zarralar yig‘indisidan paydo bo‘lgan. Tumanlik ekvator yuzasiga yig‘ila boshla- gan, keyinchalik tezlik katta bo‘lganligidan, tumanlikning bir qismi markaziy tumanlikka qo‘shila olmagan, tumanlik ekvatordan uzoqlasha boshlagan va ulardan Quyosh turku- mining sayyoralari paydo bo‘lgan. Dastlabki Quyoshning hajmi hozirgisidan 8–10 marotaba katta bo‘lgan.
V.G. Fesunkov fikriga ko‘ra, dastlab Quyosh paydo bo‘lgan. Undan so‘ng eng uzoq sayyora Pluton vujudga kelgan. Plutonning hosil bo‘lishida masofaning uzoqligi- dan Quyoshning parchalovchi kuchi ta’sir eta olmagan. Plutondan so‘ng Neptun hosil bo‘lgan. U shunday masofa- da bo‘lganki, unga Quyoshning ham, hosil bo‘lgan Pluton- ning ham ta’siri bo‘lmagan. Ta’sir kuchi nazariyasidan va muhitning zichligidan kelib chiqqan holda V.G. Fesunkov sayyoralar o‘rtasida masofa qonuniyatini yaratdi va ularning mustahkamlik matematik modelini ishlab chiq- di. Uning fikrcha, Quyoshdan uzoq bo‘lgan sayyoralar o‘zlarining dastlabki tarkibini saqlab qolgan. Bu hodisani V.G. Fesunkov past harorat natijasida vodorodga o‘xshash yengil gaz ham sayyoralarning qattiq qismiga aylan- gan deb hisoblaydi. Quyoshga yaqin sayyoralar qaynoq Quyosh ta’sirida o‘zining dastlabki tarkibini tubdan o‘zgartirgan.Shunday qilib hozirgi zamon kosmogoniya nazariyala- riga ko‘ra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda gaz-chang holatda bo‘lgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatsi- yalanishi (bir-biriga qo‘shilishi) yo‘li bilan 4,5 mlrd. yil muqaddam paydo bo‘lgan.
Yer shakllana borayotgan vaqtda radioaktiv element- larning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, Yer mod- dasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Yer konsentrik joylashgan turli qatlamlar – kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalar hosil qilgan.
Yerning ana shu ichki geosferalari (Yer yuzasidan markazigacha bo‘lgan qismi) «qattiq» yer deb ataladi.
«Qattiq» yerdan tashqarida tashqi geosferalar – suv sferasi
(gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.


ЕLEMENTLARNING GEOKIMYOVIY

Download 79,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish