Ishning amaliy ahamiyati. Bitiruv-malakaviy ishimni yozishda, yuqorida ta’kidlanganidek, xorij nashriyotlarida rus va ingliz tillarida nashr etilgan adabiyotlardan foydalandim. Shu nuqtayi nazardan, mavzuni yoritish davomida o’zbek tilida yaratilgan adabiyotlarda mavjud bo’lmagan ma’lumotlardan foydalanildi. Ushbu ma’lumotlardan mavzuga oid adabiyotlar, ma’ruza matnlari va maqolalarni tayyorlashda, turli ilmiy darajalardagi tadqiqot ishlarini yozishda, oliy va o’rta umumiy va o’rta mahsus bilim yurtlari o’quvchi va talabalariga ma’lumot berishda hamda mavzuga qiziquvchi turli soha vakillari mustaqil mutolaa qilishida foydalanishi mumkin. Mavzuga doir to’liqroq ma’lumotlar olishni istaganlarga iqtiboslar keltirilgan adabiyotlardan foydalanishni tavsiya qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |