Xx asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. Reja: Kirish. I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar


Bitiruv-malakaviy ishining manbalari



Download 167,69 Kb.
bet7/27
Sana08.05.2021
Hajmi167,69 Kb.
#63680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
diplom ishi Ahrorjon

Bitiruv-malakaviy ishining manbalari. Avval ham ta’kidlanganidek, mavzu yuzasidan adabiyotlar bisyordir. Ular orasida mavzu bo’yicha eng muhim ma’lumotlar berilgan adabiyotlardan foydalanildi. Bu borada asosiy adabiyotlar rus tarixshunosligiga tegishlidir. Bitiruv-malakaviy ishimning barcha boblarini yozish davomida foydalangan adabiyotlardan biri 2010-yil Moskvada nashr etilgan A. Bogaturov va V. Averkov muallifligi ostidagi “История международных отношений” kitobidan samarali foydalandim. Ushbu adabiyot oltita bo’limdan iborat bo’lib, 1945-2008-yillardagi xalqaro munosabatlarga bag’ishlangan. Kitobning beshinchi va oltinchi bo’limlarida mazkur mavzuga taalluqli ma’lumotlar tarixiy aniq faktlar asosida va xolisona yoritilgan. Ushbu adabiyotdan bitiruv-malakaviy ishimning barcha qismlarini yozishda asosiy manba sifatida foydalandim. Bundan tashqari, A. Bogaturov ma’sul muharrirligi ostida nash etilgan yana bir adabiyot – “Cистемная история международных отношений 1918-2003.,Том третий, События:1945-2003” dan ham mavzuga tegishli ma’lumotlarni oldim. Ma’lumki, professor A. Bogaturov bugungi kunda nafaqat Rossiyada, balki butun dunyo bo’yicha mashhur xalqaro munosabatlar tarixi bilimdonlaridan biridir. Uning muallifligi ostida nashr etilgan sohaga doir adabiyotlarda aniq tarixiy faktlar va manbalar asosida, tarix fani tamoyillariga amal qilingan holda ma’lumotlar keltirilgan va ushbu adabiyotlardan barcha turdagi ilmiy darajali ishlarni yozishda foydalanish mumkin.

Yana bir adabiyot A. Torkunovning ma’sul muharrirligi ostida 2003-yil Moskvada nashr etilgan “Современные международные отношения и мировая политика” darsligi hisoblanadi. Ushbu darslik to’plam shaklida bo’lib, zamonaviy xalqaro munosabatlarga doir turli mualliflarga tegishli ilmiy materiallarni o’z ichiga olgan. Ushbu adabiyotdan ham tayanch manba sifatida foydalandim. Bundan tashqari A. Torkunovning o’zi mualliflik qilgan “Современные международные отношения” nomli 2012-yil Moskvada nashr etilgan kitobda ham mavzuga tegishli ma’lumotlar mavjud. Ushbu kitob ham asosiy adabiyotlar sirasiga kiradi.

Mavzuga doir adabiyotlardan yana biri V.L. Xmilyov muallifligi ostida 2010-yil Tomsk politexnika universiteti nashriyotida nashr etilgan “Современные международные отношения” dir. Ushbu adabiyotda zamonaviy xalqaro munosabatlarning o’ziga xos muhim jihatlari, dolzarb muammolari, asosiy xususiyatlari hamda eng yangi zamonda xalqaro munosabatlar tizimida sodir bo’lgan jarayonlar haqida ma’lumotlarni olish mumkin. Bitiruv-malakaviy ishimni bir necha qismlarini yozishda ushbu adabiyotdan tayanch manba sifatida foydalandim.

Mavzuni yaratish davomida foydalangan yana bir asosiy manbalarimdan biri 2010-yilda Penza davlat univesiteti nashriyotida G.I. Glebov va O.V. Milayeva muallifligi ostida nashr etilgan “Cовременные международные отношения” o’quv qo’llanmasining birinchi qismidir. Ushbu adabiyotdan ishimning barcha qismlarini yozishda zaruriy ma’lumotlarni oldim. Ayniqsa, globalizatsiya jarayonining asosiy jihatlari xususida so’z yuritilgan III bobning 1-qismini yozishimda ushbu adabiyot tayanch manba sifatida xizmat qildi.

Mavzuning davriy jihatdan eng yangi zamon tarixiga tegishli ekanligini hisobga olgan holda 2001-yilda Moskvada A. Rodriges va M. Ponomareva muharrirligida nashr etilgan “Новейшая история стран Европы и Америки ХХ век, часть -3, 1945-2000” hamda ayni shu shaharda 2004-yilda A. Rodriges muharrirligi ostida nashr etilgan “Новейшая история стран Азии и Африки ХХ век, часть 3, 1945-2000” adabiyotlaridan foydalandim. Shuningdek, zamonaviy davrda geosiyosiy jarayonlarning mazmuniga nazariy baho berishda K. S. Gadjiyev tomonidan yaratilib, 2000-yilda Moskvaning “Logos” nashriyotida nashr etilgan “Введение в геополитику” darsligidan hamda A. G. Dugin tomonidan yozilib, 2013-yilda Rossiya poytaxtida nashr etilgan “Теория многополярного мира” kitobidan ham foydalandim.

Shu bilan birga bitiruv-malakaviy ishimning boblari va qismlarini yozishda alohida qo’shimcha manbalardan ham foydalandim. Ushbu manbalardan zaruriy ma’lumotlarni olgan holda sahifalarning iqtiboslar qismida ma’lumot olingan adabiyot nomi, muallifi, nashr etilgan yili va joyi hamda sahifalarini keltirib o’tganman. Qo’shimcha adabiyotlarning har biri haqida alohida to’xtalib o’tishning imkoni bo’lmaganligi sababli, aynan keltirilgan iqtiboslar orqali ushbu adabiyotlar haqida ma’lumot olishni tavsiya qilaman. Qolaversa, bitiruv-malakaviy ishning yakuniy sahifalarida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.




Download 167,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish