Xx asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. Reja: Kirish. I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar



Download 167,69 Kb.
bet17/27
Sana08.05.2021
Hajmi167,69 Kb.
#63680
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
diplom ishi Ahrorjon

AQSH ning mintaqadagi siyosati. AQSH XX asrning ikkinchi yarmida O’rta Sharqda hal qiluvchi rolni o’ynadi. Qo’shma Shtatlar regiondagi barcha milliy manfaatlarni himoya qilish uchun o’z kuchidan foydalandi62. Yaqin Sharq mamlakatlari bilan munosabatlarda AQSH ning tub maqsadlari birinchi navbatda tashqi siyosat doktrinasining imperiyalistik xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu bilan bog’liq ravishda Amerika siyosatining ustun yo’nalishlari uzoq vaqt Yevropa siyosati bilan mos keldi. Ular orasida ikkita asosiylari quyidagilar:

  1. Yaqin Sharq va Fors ko’rfazi mamlkatlarida siyosiy, iqtisodiy mavqeyini saqlash va mustahkamlash, bu bilan ularning ichki rivojlanishini nazorat qilish imkoniga ega bo’lish.

  2. Mamlakatlarning energetik xavfsizligini ta’minlash. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun OPEK mamlakatlari bilan foydali kelishuvlarga erishish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish zarur63.

Iroqning Quvaytga siyosiy agressiyasidan so’ng 1990-yil 29-noyabrda BMT Xavfsizlik kengashi Quvaytni ozod etish uchun harbiy kuchlarning foydalanishini sanksiyalashtirgan 678-sonli rezolyutsiyani qabul qildi. Iroqqa ultimatum topshirildi, biroq S. Husayn uni rad etdi. 1991-yil 17- yanvarda ko’p millatli kuchlar Quvaytni ozod etish bo’yicha “Sahrodagi buron” nomi ostidagi harbiy operatsiyani boshladi. U 42 kun davom etdi va Iroq qo’shinlarining mag’lubiyati bilan yakunlandi64. 1991-yil 25-fevralda Iroq hukumati Xavfsizlik kengashining barcha rezolyutsiyalarini tan olishi haqida bildirdi, 28-fevralda esa Bag’dodga hujum qilayotgan millatlararo kuchlar harbiy harakatlarni to’xtatdi. Quvayt ozod etildi, biroq Iroqda S. Husayn rejimi saqlanib qoldi. Fors ko’rfazidagi urushdan g’alaba bilan chiqishi AQSH ning Yaqin Sharqdagi ustunligini ta’minladi65.

1995-1998-yillarda BMT XK rezolyutsiyasini buzib Amerika va Britaniya HHK Iroqda tinch aholi orasida katta qirg’inlarga olib kelgan va dunyoda anchayin salbiy reaksiyani yuzaga keltirgan bombardirovkalarni o’tkazdi66.

1998-yil 20-avgustda B. Klinton ma’muriyati davrida AQSH “jazolash operatsiyalari” doirasida Sudan va Afg’oniston bo’ylab raketa zarbalari seriyasini berdi. 1998-yil 16-20-dekabrda Britaniya bilan birga Iroqqa qarshi “jazolash aksiyasi” ni o’zida aks ettiruvchi, shunchaki anchayin yirik “Sahrodagi tulki” operatsiyasini amalga oshirdi. BMT Xavfsizlik kengashi Iroqqa zarbalar berishga sanksiya bermadi, biroq AQSH va Britaniya o’z harakatlarini “jiddiy oqibatlar” ga ega vaziyatlarda BMT inspektorlari missiyasi bilan hamkorlik qilishdan voz kechish ko’rsatilgan uning 1998-yil martda qabul qilingan 1154-sonli rezolyutsiyasi bilan oqlashdi67. Fransiya va Rossiya, 1990-yillar boshidan beri saqlab turilgan xalqaro izolyatsiyadan Iroqning chiqarilishi va unga qarshi kiritilgan sanksiyalarning yumshatilishi zaruriyatini talab qildi. Mazkur hodisalar zanjirida 2001 – 2002-yillarda Afg’onistondagi kampaniya hech qanday prinsipial yangiliklarni o’zida aks ettirmadi. 2002-yil 29-yanvarda AQSH prezidenti kichik J. Bush Kongressga murojaatnomasida ilk bora, Amerika razvedka tuzilmalari ma’lumotlariga ko’ra, “Al-Qoida” terroristik tashkiloti bilan aloqaga ega bo’lgan holda “Xalqaro hamjamiyatni aldashga” urinishga harakat qilayotgan, terrorizmni ko’makchisi bo’lib kimyoviy qurollar ishlab chiqarish bilan shug’ullanayotgan mamlakatlarga ishora qilib, “yomonlik o’qi” iborasi ishlatdi68. 2002-yil boshlarida AQSH prezidentining xavfsizlik bo’yicha yordamchisi Kondoliza Rays chiqishlari davomida AQSH olib borayotgan tuzumlar almashinuvining “tashvish keltiruvchi davlatlar” strategiyasini ifoda etdi. Iroq tuzumlarni almashtirish strategiyasining kiritilish obe’ktiga aylandi69.

Amerika diplomatiyasi o’zining pozitsiyasini 2002-yil 8-noyabrdagi BMT XK ning 1441-sonli rezolyutsiyasiga asoslanishini qayd etishga urindi. Amerika ma’muriyatining kuchlarni BMT ga ham emas, NATO ga ham emas, umumiy manfaatlarga aylantirishga sanksiya olishga urinishi qiyin kechdi. Iroqqa qarshi ehtimoliy harbiy operatsiya masalasining 2003-yil fevraldagi muhokamasi vaqtida alyansning uch mamlakati – Fransiya, Germaniya va Belgiya Amerika takliflariga qarshi chiqishga tayyorgarlikka shunday chorani ifodaladi, ilk bora NATO ning faoliyati davomida prinsipial masalalar bo’yicha a’zolar o’rtasida fikrlarning bo’linshi xavfi paydo bo’ldi. Vashington NATO da kelishmovchiliklarni provakatsiya qilmaslik qarorini qabul qildi., AQSH, Xavfsizlik kengashining majlisi doirasida o’z pozitsiyasining tanqid qilinishidan qochishga urinib, BMT dan mustaqil harakat qilishga qaror qildi70.

2003-yil 19-martda AQSH va Britaniya kuchlarining Iroqqa hujumi boshlandi. Hujum may oyida Iroqning mag’lubiyati bilan yakunlandi. Iroqda mamlakatning demokratik tizimga o’tishi uchun shart-sharoitlarni tayyorlashga urina boshlagan AQSH vakillari boshchiligidagi vaqtinchalik okkupatsion ma’muriyat o’rnatildi. Iroqda S. Husayn rejimini ag’darish bo’yicha operatsiyalarning harbiy fazasi yakunlangandan so’ng Iroqning davlat apparati va ijtimoiy tizimini almashtish boshlandi71.


Download 167,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish