Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YOIH) – Belorus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston, O’zbekiston tarkibida tuzilgan tashkilot. Ushbu tashkilot a’zolari 2000-yilda Bojxona Ittifoqi bazasida uning tarkibiga kiruvchi davlatlar (Belorus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston) ning umumiy tashqi bojxona chegaralarini shakllantirish, yagona tashqi iqtisodiy siyosat, tariflar, narxlar va boshqa umumiy bozorning tarkibiy funksiyalarini ishlab chiqish bilan bog’liq vazifalarni ifodalagan mazkur xalqaro iqtisodiy tashkilotni ta’sis etishdi. Faoliyatidagi ustuvor yo’nalishlar – ishtirokchi mamlakatlar o’rtasidagi tovarlar aylanmasini oshirish, moliyaviy sohada integratsiya, bojxona va soliqlar qonunchiligini yakdillashtirish. Moldoviya va Ukraina kuzatuvchilar maqomiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |