Xx asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. Reja: Kirish. I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar


Hindiston – Pokiston munosabatlari



Download 167,69 Kb.
bet14/27
Sana08.05.2021
Hajmi167,69 Kb.
#63680
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
diplom ishi Ahrorjon

Hindiston – Pokiston munosabatlari. Hindiston – Pokiston munosabatlari qisqa muddatlarda “ilib” turishi hamda uzoq vaqtdan beri “muzlab” kelayotganligi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tomonlar keskinlik nazorat qilib bo’lmaydigan darajada o’sishidan qochish va muloqotlar jarayonini yangilashga harakat qilmoqda. Xattoki, 1997-yil aprelda Dehlida Pokiston va Bangladesh bilan konfederatsiya tuzish imkoniyatlari haqida muzokaralar ham boshlandi. Xususiy masalalar bo’yicha bitimlarning imzolanishi umumiy normalizatsiyaga yo’l ochmadi. Muloqotlar ortida kichik masshtabdagi chegaraviy to’qnashuvlar to’siq bo’lib qolaverdi. Na Hindiston va na Pokiston yadro qurollarini tarqatmaslik haqidagi kelishuvni imzolamadi.

Pokistonga bosim o’tkazishga urinib, 1998-yil 11-mayda Hindiston uchta yadro qurilmalarining, 13-mayda esa yana ikkita shunday qurilmalarning sinovini o’tkazdi. Bunga javoban, Pokiston ham yadro qurollari sinovlarini o’tkazdi – 1998-yil 26-mayda ulardan beshtasi, 30-mayda esa yana bittasi portlatildi. 1998-yilgi voqealar dunyoda ikki tan olinmagan yadroviy mamlakat paydo bo’lganligini anglatardi46. Janubiy Osiyodagi “yadroviy xavf” umumiy xavotirni yuzaga keltirdi. 1998-yil iyulda Shri-Lanka poytaxti Kolomboda Hindiston bosh vaziri A.B. Vajpai va Pokiston prezidenti M.N. Shariflarning muzokaralari tashkil etildi. 1998-yil oktabrda tashqi ishlar vazirliklari darajasida muzokaralar yangilandi. Diplomatik munosabatlarni mustahkamlashga harakat qilindi. Biroq harakatlar amaliy natija bermadi. 1999-yil bahoriga kelib chegaradagi to’qnashuvlar qayta jonlandi. 1999-yil avgustda milliy xavfsizlik masalalari yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqish bo’yicha Milliy Xavfsizlik Qo’mitasining Kengashi rahbarligida tayyorlangan “Hindistonning Yadroviy Doktrinasi” loyihasi chop etildi. Bu loyiha to’liq ravishda yadroviy davlatga aylanish bo’yicha Hindistonning keyingi harakatlarini aks ettirdi47.



Pokiston ichki resurslarning og’ir bosimi, boshqa ko’plab harajatlarni qisqartirish hisobiga raketa-yadro qurolini yaratdi. Yadro energetikasi va shuningdek, Yadro qurollarini yetkazish vositalarini yaratish va rivojlantirishda, YQ ishlab chiqarishi uchun ballistik raketalar va qurollar texnologiyalarini taqdim etgan holda Xitoy unga yordam ko’rsatdi. Bu sohada Pokiston o’zining yadroviy energetikasini rivojlantirish uchun almashinuvda KXDR dan yordam oldi48. Ikki mamlakat zamonaviy raketa ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish ustida ishladi. Buyuk mamlakatlar Hindiston va Pokistonning yadroviy statusini rasman tan olmadi. Ikki mamlakatga qarshi AQSH tomonidan sanksiyalar kiritildi. 2001-yilda sanksiyalar bekor qilindi. 2008-yilda AQSH dunyo atom texnologiyalarining Hindistonga sotilishiga qaror qilib, ushbu mamlakat bilan yadroviy sohada hamkorlik haqida bitim imzoladi. Bitim Eronning yadroviy dasturi hamda Afg’oniston va Pokistondagi AQSH ning qiyin holati bilan bog’liq muammolar fonida imzolandi. Shunday qilib, fakt bilan asoslanmagan bo’lsa-da, Hindistonning yadroviy statusi tan olindi49.


Download 167,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish