Ilmiy tadqiqot ob’ekti. Tadqiqot ishimning ob’ekti sifatida mavzudan kelib chiqqan holda belgilangan davrda butun dunyo miqyosida yuz bergan jarayonlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, tadqiqot ishimning ilmiy darajasiga ko’ra hajman cheklanganligi hamda ushbu davrda sodir bo’lgan ba’zi voqealar yaqin yillar ichida alohida ilmiy ish sifatida tadqiqot ob’ektiga aylanganligini hisobga olgan holda faqatgina eng muhim jihatlarga e’tibor berishga harakat qildim. Ushbu holatlardan kelib chiqqan holda asosan Yevropa, Yaqin va O’rta Sharq, Janubiy Osiyo, Yevrosiyo hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqalarida XX asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida yuz bergan jarayonlar tadqiqot ob’ektiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |