Buklangan qaytarmali yoqalar (3- variant).
Apash tipidagi yoqa.
L nuqtadan shakli belgilanadi.
A4 nuqtadan A3A4 chizig’ining davomida orqa yoqa o’mizining kengligi AA1 chiziladi va O nuqta belgilanadi.
O nuqtadan yuqoriga perpendikulyar A4O chizig’iga o’tkaziladi.
O nuqtadan yuqoriga perpendikulyar chiziq bo’ylab kesma V3 hosil qilinadi.
V3, A4 nuqtalar birlashtiriladi.
A4 nuqtadan chapga 1-2 sm qo’shim qo’shiladi va A14 nuqta belgilanadi.
V nuqtadan V3 A14 ga perpendikulyar chizig bo’ylab yoqaning o’rta chizig’i aniqlanadi.
V3 nuqtadan yuqoriga perpendikulyar chiziq bo’ylab yoqa kengligiga 2,5-3 sm qo’shim qo’shiladi va V1 nuqta belgilanai.
V1 nuqtadan perpendikulyar chiziq bo’ylab yuqoriga qaytarma kengligi aniqlanadi. V1V2 = VV1 + (3-4 sm).
modelga mos bo’lgan yoqa qaytarmasining chizig’i. Klassik shaklidagi «shol» da qaytarma chizig’i bort chizig’ida o’tadi.
Apash tipidagi yoqa
2.2. Yoqalarga ishlov berish
Kiyimning nimaga mo'ljallanganiga va fasoniga qarab har xil konstruktsiyali yoqalar bo'ladi. Ustki kiyim yoqalari qaytarmali, ustki yoqasi adipning ustki qismi bilan birga yaxlit bichilgan, mo’ynali va tikishbob konstruksiyali bo’lishi mumkin.
Yoqani tayyorlash va ulash 3 bosqichdan iborat:
-ostki yoqani tayyorlash,
-ustki yoqani tayyorlash,
-ostki va ustki yoqani biriktirib o'mizga o'tqazish.
Ostki yoqa ikki yoki to’rt qismdan iborat bo'ladi. Ostki yoqa qismlari bir-biriga qirqimlarini to’g’rilab ulanadi. Bunda ,choklar kengligi 0,5-0,7 sm, o'rta chokning kengligi esa 1sm bo'ladi. Ko'tarmasi alohida bichilgan yoqalarda ostki yoqa qismlari ulab bo'lingandan keyin yoqa ko'tarmasi ulanadi. Choklarni pressda yorib dazmollash bilan bir vaqtda, umuman ostki yoqa dazmollanadi yoki choklarni yorib mashinada ikkala tomonida bittadan ikkita to’g’ri baxyaqator yuritib yorma chok hosil qilinadi.
Ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi yelimlab yopishtirish usulida ulanayotgan bo'lsa, pressning ostki yostig'i ustiga ostki yoqa, uning o'nggi pastga qaratilib qo'yiladi. Uning ustiga yoqa qotirmasi yelim kukunli tomoni pastga qaratilib qo'yiladi. Ostki yoqa, yoqa o'miziga biriktirma chok bilan ulanadigan bo'lgani uchun, yoqa qotirmasi yoqa ko'tarmasining qirqimiga 1-1,1 sm yetmaydigan qilib qo'yiladi. Agar yoqa o'mizga bostirma chok bilan ulanadigan bo'lsa, 0,1-0,15 sm yetkazilmaydi. Shundan keyin, ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi presslab yopishtiriladi.
Ayollarning jun gazlamadan tikiladigan paltolarida, jaketlarida yumshoqroq yoqa mo'ljallangan bo'lsa, ostki yoqa yashirin baxyali maxsus mashinada qaviladi. Erkaklarning va o'g'il bolalarning qishlik kiyimlarida mo'yna yoqa mo'ljallangan bo'lsa, ostki yoqa ustiga paxta solinadi. Ko'tarma qismidagi paxta qatlami qaytarmadagiga nisbatan yupqaroq bo'lishi kerak. Paxta ustiga qirqimlari to’g’rilanib qotirma qo'yiladi. Maxsus mashinada ostki yoqaning o'nggidan, uning qirqimidan 0,7 sm masofada gir aylantirib bostirib ko'klanadi.
Ostki yoqa dazmolda yoki pressda dazmollanib, konstruktsiyaga muvofiq shakl beriladi. Ustiga andaza qo'yib bo'rlanadi va qirqimlarini aniqlab qirqish bilan bir vaqtda yoqa ko'tarmasida bir necha kertik hosil qilib, yoqa o'miziga ulash joyi belgilab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |