XIX asr oxirida xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
XIX asrning oxirida Xitoy qoloq, yarim feodal davlat bo`lib, uni manjur sulolasiga mansub impyeratorlar boshqarardilar. Yyerning asosiy qismi zamindor boylar qo`lida edi. Ko`pchilik dehqonlar zamindorlardan yyerni ijaraga olar, yyer haqini pul bilan yoki hosil hisobidan to`lab qutular cdilar. Yyeri bor dehqonlar ham mavjud bo`lsa-da, ular juda kam edi.
Dehqonlar shaharga ish qidirib kelardilar, lekin har doim ish (opilmas edi, chunki Xitoy sanoati juda sekin taraqqiy etayolgan edi.
XIX asrning so`nggi choragi va XX asrning boshida mamlakatda kapitalistik korxonalar: ko`mir shaxtalari, to`qimachilik korxonalari vujudga kelib, rivojlana boshladi. Dastlabki temir yo`llar qurildi. Iqtisodiy aloqaiar kengaydi. Yirik shaharlar barpo etildi. Ishchilar soni ko`paydi. Sanoat paydo bo`iishi bilan milliy burjuaziya ham paydo bo`la boshladi. Xitoy burjuaziyasining ko`pchiligi kompradorlar, ya`ni chet el kapitali bilan ichki bozor o`rtasida vositachilik qilar edi. Ular chet el firmalarining agentlari bo`lib, xorijlikiar bilan birgalikda marnlakatni ekspluatatsiya qilar, chetdan keltirilgan tovarlarni sotish va arzon xom ashyo sotib olish hisobiga boyib borardilar.
Xitoyning xorjiy mamlakatlar bilan munosabatlari va tashqi siyosati
Pulga muhtoj bo`lgan Tsin sulolasi chet davlatlar bilan asoratli shartnomalar to`zar va milliy manfaatiarga xilof ravishda ularga «yon» berardi. 70-yillardayoq ajnabiylar Xitoyning 26 portiga bemalo! kiradigan, Xitoy portlarida o`zlarini hech kim nazorat qilmaydigan xo`jayiniardek ish yuritardilar.
Temir yo`llar qurilishi xorijlikiar tasarrufida edi. Ko`mir shaxtalarining, konlarining katta. qismi ham ularning ixtiyorida edi. Xitoy chet el davlatlarning xom-ashyo bazasiga aylanib qoldi. Hatto chet elliklar katta shaharlarda o`z hududlarini tashkil etib, Xitoy ma`murlarini mensimasdan ish yuritardilar.
Xitoyning Yaponiya bilan 1894-1895 yillardagi urushda mag`lubiyatga uchrashi chet ellik monopolistlarning Xitoyni yanada ko`proq talashlari, asoratga solishlariga sabab bo`ldi. 1897 yilda nemis bosqinchlari Szyaochjovan ko`rfazini bosib oldilar va Shandun viloyatini o`z ta`sir doiralariga kiritdilar. Franlsiya Guanchjouvan ko`rfazini egalladi va Yunnan viloyatida hukmronlik ta`sirini o`tkaza boshladi. Rossiya Port-Arturni, Angliya Veykay portini bosib oldi. Eng boy hudud - Yantsizi daryosi havzasi Angliyaning ta`sir doirasiga tushib qoldi. Fuszyan viloyatida Yapon bosqinchlari hukmron bo`lib oldilar. Xitoydagi har qanday qurilish yoki o`zgarishlar bosqinchilar tomonidan nazorat qilinardi. Shunday qilib, Xitoy yarim mustamlakaga aylana boshladi. Bosqinchilar tomonidan Xitoy milliy boyliklarining talanishi xalq ommasining qattiq noroziligiga sabab bo`ldi. 1897 yil tumanlarda dchqonlarning xo`jayinlariga qarshi g`alayonlari boshlandj, bu g`alayonlar 1898-1899 yillarda mamlakatning lurli viloyatlariga tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |