Bog'liq XVIl asrning - oxiri XIX asr boshlarida Xitoy
Birinchi afyun urushi (1840-1842 YY.)
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Sin Impyeriyasining ichki inqirozi mamlakatga Angliya ta`sirini kuchayishi bilan yanada chuqurlashdi. Angliyaning "Ots-Indiya" kompaniyasi Xitoy janubidagi savdoga o`z monopoliyalarini o`rnatib Xitoy hukumatini mavjud chegaralarni inkor qilishga harakat qildi. Angliya Xitoy bozorlarml ochib qo`yilishiga yerishish uchun kurashni davom ettirdi. Xitoy hukumati bilan kelishmagan holda Angliya – Xitoy savdosini ko`zatish maqsadida mgliz hukumatining vakili lord Neppyer Xitoyga kcladi. Sin hukumati Neppyerdan mamlakatdan chiqib ketishni talab qiladi. Shunda Neppyer arbiy
ig`vogarlik uyushtirib ikkita harbiy kemani qo`lga oladi.
Xitoy bilan Angliya urushining keskinlashuvida Afyun (Opyum) savdosi katta rol o`ynaydi. 1773 yil Hindistondagi Britaniya hukumati Xitoyda Afyun savdosiga ham o`z manopoliyasini o`rnatdi. Shundan boshlab Hindislon Xitoyni talash uchun Angiiiya qo`lidagi asosiy vosita bo`lib qoldi.
XIX asrning 20-yillarida Xitoyga afyun kiritish jadal ravishda o`sib bordi. 1816 -1819 yilllarda yiliga 4420 quti(yashik) afyun kiritilgan bo`tsa, 1835-1819 yillarda esa yiliga 35445 quti afyun kiritilgan. 1795-yiI 1838 yillar maboynida Angliyaning Xitoydagi afyun savdosi 70 barobarga ko`paydi. Mazkur vaqt davomida Xitoyga 450 ming quti yoki 27 million kg afyun keltirilgan. Afyun savdosi bilan Amyerikalik savdogorlar ham shugallanishgan. Amycrikaliklar Xitoyga afyunni Turkiyadan keltirganlar. Xitoy hukumati 1800 yilda rasmiv ravishda afyun savdosini taqiqlanganligiga qaramasdan ingliz va Amyerikalik mahalliy amaldorlar orqali kontrabanda yo`q bilan afyun savdosini olib borganlar.
Xitoy xalqining ilgor vakillari afyun savdosiga va uning istemol qilinishiga qarshi kurashdilar. Shunday kishilardan biri Lin Szsyuy edi. 1838-yil dekabrda u Xitoy hukumatining Guanchjouda provintsiya (afyun savdosining eng yirik markazlaridan biri)dagi vakili lavozimiga tayinlandi. Provintsiyaning markazi bo`lgan Guanchjouda Lin Szyuy afyun savdosiga qarshi qa`tiy chora ko`rushi asosida ingliz va amyerikalik savdogorlardan 20 ming qutidan ziyotroq afyunni konfiskatsiya qilishga yerishdi. Angliya hukumati ushbu holatdan Xitoyga qarshi urushda bahona sifatida foydalandi. 1834-yil dengizda Xitoyda harbiy to`qnashuvlar bo`lib o`tdi. 1840 yil Angliya e`lon qilmasdan Xitoyga urush boshladi bu urush «Birinchi afyun urushi» yoki birinchi «anglo-xitoy» urushi, deb nom oldi.
Tnglizlar juda shafqatsiz ravishda urush olib bordilar. Lin Szsyuy lavozimidan chetlatilib, uning o`rniga Xitoyning taslim bo`lishi tarafdori bo`lgan Si Shan (ayinlandi. U Angliyaning talablarini qabul qilishga tayyor ekanligini ma`lum qildi, biroq Bogdixon kelishuv bitimini tasdiqlamadi. Bundan norozi bo`lgan ingliz hukumati Xitoyga yangidan qo`shinjunatib, urushni davom ettirdi.
Urushda Xitoy taslim bo`ldi. Urush 1842 yil avgustida Nankinda imzolangan sulh shartnomasi bilan o`zining nihoyasiga etdi. Nankin shartnomasi Yangi zamon tarixi davomida Xitoyning chet davlatlar bilan imzolagan dastlabki noteng shartnomasi edi, unga ko`ra Xitoyning Guanchju, Siyameen, Futjou, Nininbo va Shanxaydan iborat beshta porti inglizlar uchun ochib qo`yildi. Gonkong (Syangan) oroli Angliya ixtiyoriga o`tdi. Shunigdek, Xiloy 21mln. dollar miqdorida tovon to`lash majburiyatini oldi, bojxona mustaqilligidan mahrum bo`ldi. mamlakatga kiritilayotgan ingliz savdo mahsulotlariga 5% miqdorida boj to`lovi belgilandi.
1843-yilda Angliya Xitoy bilan «5 portda savdo qilish bo`yicha qushimcha bitim» deb nomlanuvchi hujjat imzolab inglizlarni Xiloy sudlariga tortmasligi maskur portlarda ingliz aholi punkillariga asos qilish kabi huquqlarni qo`lga kiritdi. 1844-yilda AQSh va Fransiya ham Xitoy bilan shunday sharlnomalarni imzolashga yerishdilar.