Bog'liq XVIl asrning - oxiri XIX asr boshlarida Xitoy
Maxfiy jamiyatlar faoliyati va xalq qo`zg`olonlari XVIII asr oxirilarida Xiloyda xalq qarshiligini tashkil qiluvchi markazlar vazifasini diniy sektalar va maxfiy jamiyatlar o`tadi. Barchaning o`zaro tengligi, o`zaro yordam berish zaruriyati kabi talablar turli diniy sektalar va maxfiy jamiyatlar g`oyasining asosini tashkil qildi. Bu sektalar va jamiyatlar qo`zg:olon ko`tari.sh yo`li bilan Xitoy da jamiyat munosabatlarining yangi printsiplarini joriy qilishga harakat qildilar. Ularning orasida eng keng tarqalgan shior bu manjurlarning noqonuniy hokimiyatini ag`darish shiori edi. Muxofillikdagi bu lashkilotlar faoliyatida «harbiy san`at» ya`ni, o`z tarafdorlarinl qo`I jangiga o`rgatish muhim ahamiyat kasb etdi. Diniy sektalar va maxfiy tashkilotlarga turli xil ijtimoiy guruhlarning vakillari a`zo bo`igan ularning aksariyatini qashshoq dcxqonlar tashkil etgan. Shaolin buddaviylik monaslri monaxlarining faoli ishtiroki natijasida juda ommabop «Triada» jamiyati to`g`ildi. Monaxlari majurlar hokimyatini tan olmagani uchun qo`shin tomonidan ular (or-mor o`ilib,mazkur monastr yoqib yuborilgan.
XVII asr oxirlarida «Oq nilufar» jamiyatining faoliyati kuchaydi.Uning rahbarligida 1786 yilda Xitoyda katta xalq qo`zg`aloni uyushtirildi. Qo`zg`olon anosan Markaziy Xitoy provintsiyalarini qamragan va a 1804yilgacha davom o`gan.Qo`zg`olonchilar manjurlar hukumatini ag`darib amal dor laming sotqinligi va shavqatsizligiga chek quyishni talab qildilar. 1796-1804 yillardagi qo`zg`olonning mag`lubiyatidan so`ng ham diniy sektalar va ularning larafdorlari manjurlar hukmronligiga qarshi kurashdan voz kechmadilar. 1813 yilda "Samoviy idrok jamiyati" Shimoliy Xitoyda qo`zg`olon uyushtirdi. Uning daholaridan biri o`zini Xitoy impycratori Min sulolasining davomchilaridan biri deb e`lon qildi. 200 kisliidan iborat qo`zg`alonchilarning bir guruhi 1813 yilning oktyabrida Pekindagi Sin hukumati qarorgohiga hujum uyushtirib. hokimyatni egallashga urindi. Biroq, hujum saroy qo`shini tomonidan lor-mor etildi. 1814 yil boshida qarshilikning so`ngi to`lqinlari haml bostirildi.
Biroq mag`lubiyatga qaramasdan maxfiy jamiyatlar va diniy sektalarning faoliyati davom etdi. Ular XIX asr davomida ham, asosan, xalq hokimiyatiga qarshi kurashining ilhomchisi bo`lib qolovyerdi.
1841-1849 yillar davomida Xiloyliklar, tibetlaiklar, dunganlar va Xitoydagi boshqa xalq vakillari lomonidan manjurlarning hokimiyatdan agdarish, amaldor laming shavqatsizligini tugatish uchun. shuningdek, soliq va majburiyatlarga qarshi 110 ta xalq qcrzg`olonlari ko`tarilgan.
XVIII asr oxiri XIX asrning boshlarida Xitoyga Angliya, Fransiya va AQSh kabi Xorijiy davlatlarning savdo ekspedetsiyasi tobora kuchaydi va maxfiy jamiyatlar va diniy tashkilotlar faoliyati juda kuchaydi.