Xvii-мавзу



Download 193,5 Kb.
bet1/8
Sana20.03.2022
Hajmi193,5 Kb.
#502346
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10 mavzu


Mavzu 10. Milliy IQTISODIYOTNING MUVOZANATI
va nisbatlari
Reja.

  1. Iqtisodiy muvozanat, uni ta’minlash shart-
    sharoitlari va aniqlash usullari.

  2. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari

  3. O‘zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirilishi

qaraladi.




1. Iqtisodiy muvozanat, uni ta’minlash shart-
sharoitlari va aniqlash usullari

Zamonaviy zamonaviy iqtisodiyot inqirozlarsiz, barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlari o‘rtasida ma’lum muvozanat bo‘lishi taqozo etiladi. Muvozanatlilik zamonaviyzamonaviy iqtisodiyot nazariyasining muhim tadqiq qilish kategoriyalaridan biri bo‘lib, u orqali makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni, ya’ni milliy daromad, iste’mol va jamg‘arma, investitsiyalar, ishsizlik va bandlik kabilarni tahlil qilishda keng foydalaniladi. Milliy zamonaviy iqtisodiyot miqyosida jamiyatning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muvozanat asosiy o‘rin tutib, bu yalpi taklif va yalpi talab o‘rtasidagi muvozanatning o‘ziga xos namoyon bo‘lishidir.


Mazkr mavzuda dastlab iqtisodiy muvozanat tushunchasini va ishlab chiqarish muvozanati darajasini aniqlashga turlicha yondashuvlar qarab chiqiladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning turli tomonlari, soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar tizimi, ularning ta’minlanish darajasi hamda tarmoqlararo balansning mazmuni bayon qilinadi. Tahlil so‘ngida makroiqtisodiy muvozanatga erishishning davlat va bozor mexanizmlarini yoritib beriladi. Eng muhimi iqtisodiyotda muvozanatlik va mutanosiblikni ta’minlash iqtisodiy inqirozlarning oldini olishning muhim vositasi sifatida
Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga teng kelgan holatiga aytiladi. SHuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda eng avvalo yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanishi, uni ta’minlash ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. CHunki u xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini o‘z ichiga oladi.
Xususiy muvozanat – bu iqtisodiyotning ayrim bo‘laklarida, soha va yo‘nalishlarida ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanat ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu muvozanatlar ichida Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «...ichki bozorda talab bilan taklif o‘rtasida mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmog‘i o‘rtasida to‘g‘ri nisbatni ta’minlash g‘oyat katta rol o‘ynaydi»1.
Umumiqtisodiy muvozanat jamiyat a’zolari barcha talablari va milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko‘rinadi. Bu nafaqat iste’mol ne’matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir.
Umumiy iqtisodiy muvozanat bir qator shart-sharoitlarni taqozo etadi. Birinchidan, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir.
Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanat mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo‘jalik mexanizmini taqozo qiladi.
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi.
To‘rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart-sharoitlari bo‘lib bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.
Iqtisodiy muvozanat erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqozo qiladi.
Real hayotda zamonaviy iqtisodiyot doimiy harakatda va to‘xtovsiz rivojlanish holatida bo‘ladi. Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor kon’yunkturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibida o‘zgarishlar ro‘y berib turadi.
Bularning hammasi muvozanat holatini turg‘un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanat sifatida qarab chiqishni taqozo qiladi.
SHunday qilib, makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat – bu mamlakat butun iqtisodiyotining muvofiqligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo‘jaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladigan muvozanatlar tizimini o‘z ichiga oladi.
Iqtisod fanlari doktori O.Hamroev iqtisodiy muvozanatning mazmuni va uning tarkibiy tuzilishini o‘rganishga tizimli yondashib, ularni quyidagi chizma ko‘rinishida ifodalaydi (18.1-chizma)1.
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o‘zaro bog‘liq usuldan foydalaniladi:
1) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli;
2) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
YAlpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+In) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘rniga sof investitsiyalar ko‘rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YAIM o‘rniga SMMning qo‘llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (Xn) e’tiborga olinmaydi.

Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish