. YArim utkazgichli optik kuchaytirgichlar.
Nurlanishni kiritish va chiqarish qurilmalari maksimal mumkin bo‘lgan quvvatni mos ravishda manbadan tolaga va toladan fotoqabulqilgichga uzatishni ta’minlashi kerak. Bu qurilmani tuzilishi, nurlanish manbalari, fotoqabulqilgichlar va optik tola xarakteristikalari bilan aniqlanadi.
Optik signallarni kiritish qurilmalaridan biri konus shaklidagi qurilma (11.2-rasm) hisoblanadi. Konus ko‘ndalang yuzasini katta diametrlarida (1...2 mm) yuqori tartibli modalar hosil bo‘lishi mumkin. Buni bartaraf etish maqsadida konusni ko‘ndalang yoni va lazer o‘rtasiga faza korreksiyalovchi element-sferik linza kiritiladi. Bunday qurilma 1,6...2,2 dB samaradorlikka ega
Tolali optik kuchaytirgichlar.
TOA liniyalari bo‘ylab axborotni uzatishni eng muhim masalalaridan biri optik tolalarni ishonchli ulanishini ta’minlash hisoblanadi. Optik ulagich – bu nurlanishni kiritish va chiqarish joyida, tolali optik aloqa liniya traktining turli komponentlarini, optoelektron modullarni kabel tolalari bilan ulash, kabelning qurilish uzunliklarini bir-biri yoki boshqa komponentlar bilan ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. Ulagichlar ajraladigan va ajralmaydiganga bo‘linadi. Ajralmaydigan ulanishni ta’minlovchi, asosiy montaj usuli payvandlash hisoblanadi. Ajraladigan ulagichlar (konnektor, connectors termini keng qo‘llaniladi) ko‘p martalab ulash/ ajratish imkonini beradi
Raman optik kuchaytir gichlari.
Shtekerli ajraladigan optik ulagich ko‘rsatilgan. Bu ulagichda uya va shtir qismlari ulanadi. Ulanishdan so‘ng gayka bilan mustahkamlanadi. 3.3-rasmda ulagichni uyali qismini yuzasida rezba va gayka ko‘rsatilmagan. Nakonechnik (ferrule) i tsentriruyuщaya vtulka – markazlashtiruvchi vtulka (sleeve) korpusda joylashib, zarur optik kontaktni amalga oshirish imkonini yaratadi.
Ulagichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: kirituvchi yo‘qotishlari va teskari aks etishlari kam, tashqi mexanik, klimatik va boshqa ta’sirlarga bardoshli, yuqori ishonchli, tuzilishi sodda va ko‘p martalab takroriy ulanishlardan so‘ng xarakteristikalari bir ozgina yomonlashishi kerak.
57.3
Barcha telekom m unikatsiya texnologiyalari, jam iyatni axborotlashtirish jarayonining jadallashishi sababli, hajmi juda tezda oshib borayotgan axborotlarni uzatish uchun yuqori tezlikli kanallarga muhtojdir. Bu axborot tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati va moslashuvchanligi ortishi orqali yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bitta foydalanuvchiga nisbatan hisoblaganda o‘tkazish polosasi keskin ortmoqda. Buning natijasi sifatida, Internet resurslaridan foydalanish keskin ortishi kuzatilmoqda — baholashga qaraganda axborot oqimining o‘rtacha hajmi dunyoda bitta foydalanuvchiga nisbatan hisoblaganda yiliga 8 marta ortmoqda. Uzatilayotgan axborotlar hajmining bunday ortishini faqat signallarni uzatish muhiti sifatida optik tolani jalb etish orqali hal qilish mumkin. Bu uzoq masofali telekommunikatsiya magistrallariga, shuningdek, lokal hisoblash tarmoqlariga ham mansubdir.
58-variant
58.1
Bir tolali bir polosali bir kabelli optik liniya traktining tuzilish sxemasi 9.2 – rasmda ko‘rsatilgan. OT ni bir to‘lqin uzunligida ikkala yo‘nalish signallari uchun qo‘llanilishi bu sxemaning xususiyati hisoblanadi [4].
9.2-rasm. Bir tolali bir polosali bir kabeli TOA tizimining sxemasi
OAQ- optik ajratuvchi qurilma, yorug‘lik to‘lqinlarining qutblanishini yoki optik nurlanishning yo‘naltirilgan to‘lqinlari turini ajratishni amalga oshiradi.
Qarama-qarshi ikki tomonlama signallarni uzatganda oqimlar orasida o‘zaro o‘tish shovqinlari hosil bo‘ladi. O‘tish shovqinlari OT va tarmoqlagichlardagi teskari sochilishdan, yorug‘likni ulangan joylardan va liniya oxiridagi ajraladigan ulagichlardan qaytishi natijasida vujudga keladi. Shovqin sathi va uning spektr tarkibi uzatilayotgan signalning uzatish tezligiga, impuls formasiga va liniya trakti parametrlari (optik tolaning so‘nishi, to‘lqin uzunligi, sonli apertura, sindirish ko‘rsatkichlari)ga bog‘liq.
To‘lqin uzunligi 1,55 mkm va uzatish tezligi 35 Mbit/s dan yuqori bo‘lsa, bir OTdan qarama - qarshi yo‘nalishli signallarni uzatuvchi TOA tizimida o‘tish shovqinlari kam bo‘lib, optimal ish rejimiga ega bo‘ladi.
Tÿlqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan (bir tolali ko‘p polasali bir kabelli) TOA tizimida bir optik tola bo‘ylab bir vaqtda tÿlqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan bir necha optik tashuvchilar uzatiladi. Bunday tizimlarni tuzish, qo‘llanilladigan spektr oralig‘ida optik kabelning so‘nish koeffitsiyentini optik tashuvchi chastotasiga (yoki to‘lqin uzunligiga) nisbatan kam bog‘liqligiga asoslanadi. Shuning uchun bir optik tola bo‘ylab, axborotlarni uzatishning natijaviy tezligini oshirib, bir necha keng oraliqli optik kanallarni tashkil etish mumkin.
58.2
TOA tizimlarini normal ishlashi uchun ularni tarkibiga, turli xil passiv optik qurilmalar kiritiladi. Passiv optik qurilmalarga quyidagilar kiradi: optik signalni kiritish va chiqarish qurilmalari, ulagichlar, izolyatorlar, tarmoqlagichlar, filtrlar, attenyuator va boshqalar. Bu qurilmalar uchun quyidagi parametrlar umumiy hisoblanadi: turg‘un to‘lqin koeffitsiyenti, qurilmalar tomonidan kiritiluvchi shovqin, to‘lqin uzunligining ishchi diapazoni, ruxsat etiladigan quvvat sathi.
1. Turg‘un tÿlqin koeffitsiyenti ktt va yuguruvchi kyutto‘lqin koeffitsiyentlari qurilmani optik trakt bilan moslashish darajasini aniqlaydi, Ular aks etish koeffitsiyenti r bilan bog‘liq:
ktt=1/ kyut= ( 1+│r│)/( 1-│r│),
bu yerda │r│=√Paks. e/Ptush ;
Paks.e va Ptush – mos ravishda aks etgan va tushayotgan to‘lqin quvvatlari. Ideal moslashishda aks etgan to‘lqinlar mavjud bo‘lmaydi, ya’ni Paks.e.=0, r=0 va ktt= kyut=1
Moslashmaganlik uzatilgan signalni buzilishiga (kengayishiga) va qo‘shimcha yo‘qotishlarga olib keladi.
2. Kiritiluvchi so‘nish (yo‘qotish)lar a, dB qiymati, optik qurilmaning kirish Pkir va chiqish Pchiq quvvatlari nisbatini logarifmi orqali aniqlanadi:
a =10 lg (Pkir/Pchiq).
Kiritiluvchi so‘nish optik to‘lqinlarni yoki yorug‘likni yutilishi, sochilishi va aks etishi bilan shartlanadi.
3. Qurilmaning asosiy parametlarini berilgan texnik normalar doirasidan chiqmaydigan to‘lqin uzunligi diapazoni lmin.......lmaks yoki chastota diapazoni ¦min...¦maks ishchi deyiladi.
4. Asosiy parametrlari berilgan texnik normalar doirasidan chiqmaydigan quvvat sathi ruxsat etiladigan hisoblanadi. Ruxsat etilgan sathdan yuqori quvvati signal o‘tganda, qurilmani kuyishi istisno etilmaydi. Boshqa parametrlar muayyan qurilmalarni bajaradigan vazifadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
58.3
47 varianting 3 savolida bor javob
59-variant
59.1
Agar past energetik sathga yoki valent elektronlar zonasiga «qaytib tushish» to‘qnashuvsiz yuz bersa, unday holatlarda elektronlar tomonidan yo‘qotilgan energiya foton ko‘rinishda ajralib chiqadi. Nurlanishning bunday jarayoni spontan nurlanish deb nomlanadi.
Chastotaviy yoyilib ketish Δf spektr kenglikni egallaydi. Spektr kengligi nurlanish manbaining monoxromatikligini tavsiflovchi parametr sifatida qo‘llaniladi. Spontan nurlanish kam monoxromatik, nokogerent yorug‘lik deyiladi. Ularga yorug‘lik diodi (YoD) misol bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan farqli ravishda sinfaz optik to‘lqinlarni nurlantiruvchi manbalarga yorug‘likning kogerent manbalari deyiladi. YoDdan optik tolaga kiritiladigan quvvat, uning sonli aperturasi kvadratiga proporsional. NA qiymati 0,15...0,24 oraliqda tanlanadi. Agar NA=0,2 ga teng bo‘lsa, unda tolaga kiritish samaradorligi 4% dan oshmaydi, bu quvvatni 14 dBga yo‘qotilishiga mos keladi.
Shu tariqa YoDdan foydalanish nurlanishni tolaga samarali kiritish muammosini yuzaga keltiradi. Bu muammo nurlanishni tolaga kiritishni yuqori koeffitsiyentini ta’minlovchi maxsus yorug‘lik diodlarini qayta ishlash, shuningdek mikrolinzalarni qo‘llash yordamida hal qilinadi.
YoDni asosiy ikki turi mavjud:
1. Sirtdan nurlantiruvchi YoD,
2. Yonidan nurlantiruvchi YoD.
OA tizimlarida qo‘llaniladigan GaAs asosidagi sirtdan nurlantiruvchi YoDining odatiy tuzilishi ko‘rsatilgan 4.4-rasmda ko‘rsatilgan.
Optik tola bilan fizik moslashuv va yorug‘likni kuchli yutilishini oldini olish uchun GaAs li soxaga chuqurcha o‘yiladi. Nurlanuvchi sirt yuzasi nisbatan kichik o‘lchamli (d ≈50 mkm) bo‘lib, optik tola diametriga mos ravishda tanlanadi. Nurni optik tolaga kiritishdagi yo‘qotishlar moslashtiruvchi qurilma qo‘llanilmagan xolda tolani NA sonli aperturasiga bog‘liq bo‘ladi va 14...20 dB ni tashkil etadi. Moslashtiruvchi qurilmalarni qo‘llash bu yo‘qotishlarni kamaytirishga imkon beradi.
59.2
Plezioxron raqamli iyerarxiya 80-yillarning boshida tarkib topgan tezliklarning uch standartini o‘z ichiga oladi. Shimoliy Amerika standarti deb ataluvchi birinchi standartda (AQSh va Kanadada qabul qilingan) BRO birlamchi raqamli oqim (yoki DS1-Digital Signal of Level 1) tezligi 24 DSO (ARK) ning tezligiga mos bo‘lgan 1544 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Yaponiyada qabul qilingan ikkinchi standartda birlamchi raqamli oqimning Shimoliy Amerika standarti, ya’ni DS1 dagi tezlikdan foydalanilgan. Yevropa va Janubiy Amerikada qabul qilingan uchinchi standartda BRO birlamchi raqamli oqim tezligi 2048 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Bunday tezlik 32 ARK ning tezligiga to‘g‘ri keladi. Amalda 30 ARK plyus uzatish tezligi 64 kbit/s ga teng bo‘lgan ikkita sinxronizatsiyalash va boshqarish kanalidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |