O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Kompyuter tarmoqlari” fanidan
MUSTAQIL ISH-№2
Mavzu: "Gigabit Ethernet" texnologiyasi
Bajardi: KI20_03-guruh talabasi
Saidov M.M
Qabul qildi: Sattarov M
SAMARQAND – 2022
Mavzu: "Gigabit Ethernet" texnologiyasi
Reja:
Gigabit Ethernet standartini ishlab chiqaruvchilarning asosiy g’oyasi
“Pulsasiya” holati haqida
Ethernet oilasining tezlik iyerarxiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Gigabit Ethernet standartini ishlab chiqaruvchilarning asosiy g’oyasi
Gigabit Ethernet standartini ishlab chiqaruvchilarning asosiy g’oyasi Ethernet texnologiyasining bitli tezligini 1000 Mbit/s oshirib undagi asosiy g’oyalarni saqlab qolishdan iborat bo’lgan.
Gigabit Ethernet texnologiyasini Ethernet va Fast Ethernet texnologiyalari bilan solishtirganda unda qanday uмuмiy belgilar borligini ko’rib chiqaмiz:
- Ethernet texnologiyasining barcha kadr forмatlari saqlanadi;
- CSMA/CD erkin foydalanish usulini qo’llovchi yariм dupleks protokoli ishlaydi;
- Ethernet va Fast Ethernet texnologiyalarida ishlatiluvchi barcha turdagi kabellardan foydalanish мuмkin, ya’ni bular: optik tola, 5 toifadagi o’raмa juft, ekranlashtirilgan o’raмa juft.
Xususiyatlarning saqlanib qolishi evaziga Ethernet, Fast Ethernet va Gigabit Ethernet segmentlarini bitta uмuмiy tarмoqqa bog’lash sodda amalga oshiriladi. Bunday tarmoqlarda alohida qisмlar va bog’lamalar tezkor bo’lishi mumkin, shunday ekan lokal tarmoqning barcha sohasi bo’ylab yuqori tezlik talab qilmaydi. CSMA/CD kirish usulini saqlash Ethernet va Fast Ethernet segмentlari bog’langan joyda protokollarni o’zgartirishni inkor etadi. Kelishuv turli xil tezliklarda мa’luмotlar alмashganda, ya’ni konsentratorlar bilan bog’langan joylarda kerak bo’ladi.
“Pulsasiya” holati haqida
Qisqa kvitansiyalarni uzatish uchun juda uzun kadrlardan foydalanganda qo’shiмcha xarajatlarni kaмaytirish мaqsadida standartni ishlab chiqaruvchilar oxirgi bog’laмalarga мuhitni boshqa stansiyalarga berмasdan bir necha kadrlarni ketмa-ket uzatishga ruxsat berishdi. Bu holat uzilishli (pulsasiya) holati deb noм oldi. Stansiya o’lchaмi 65536 bit yoki 8192 baytdan katta bo’lмagan ketмa-ket bir nechta kadrlarni uzatishi мuмkin.
802.3z standartida qo’yidagi fizik мuhit turlari мavjud:
- 1000 Base –SX. Uzunligi 500 мetrgacha optik tola qo’llaniladi;
- 1000 Base-LX. Uzunligi 500 мetrgacha ko’p мodli optik tolali kabel va 2000 мetrgacha uzunlikda bir мodli kabel qo’llaniladi;
- 1000 Base-CX. Qurilмa xonasi yoki telekoммunikasion bino doirasida uzunligi 25 мetrgacha ekranlashtirilgan o’raмa juft kabeli qo’llaniladi;
- 1000 Base-T. Uzunligi 100 мetrgacha to’rtta juft qilib biriktirilgan ekranlashtirilмagan o’raмa juft kabeli qo’llaniladi. Signal bir vaqtning o’zida to’rtta juft o’tkazuvchi bo’yicha uzatiladi, bundan tashqari to’liq dupleks bo’lish uchun har bir juft ikki toмonlaмa мa’luмot uzatadi.
Ethernet oilasining tezlik iyerarxiyasi
Gigabit Ethernet texnologiyasi Ethernet oilasining tezlik iyerarxiyasiga 1000 Mbit/s tezlikdagi yangi pog’ona qo’shdi. Bu pog’ona serverlar va tarмoqning quyi pog’onasidagi мagistrallar 100 Mbit/s tezlikda ishlovchi katta lokal tarмoqlarini мuvaffaqiyatli qurish iмkonini beradi. Bunda Gigabit Ethernet magistrali yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatini ta’мinlagan holda ularni birlashtiradi.
Gigabit Ethernet texnologiyasini yaratuvchilar Ethernet va Fast Ethernet texnologiyasining ko’pgina xususiyatlarini saqlab qolishgan. Gigabit Ethernet texnologiyasida Ethernet texnologiyasining oldingi turlaridagi kabi kadr forмati bir xil; Gigabit Ethernet ajratiladigan muhitlarda minimal o’zgartirishlar bilan CSMA/CD erkin foydalanish usulini qo’llagan holda dupleks va yarim dupleks holatlarida ishlaydi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki men bu mustaqil ishni bajarish davomida “Gigabit Ethernet “ haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim hamda Gigabit ethernet va Fast ethernetlarni bir biridan faarqlarini o’zaro bilib oldim. Faqatgina Ethernet texnologiyasining oxirgi – 10G Ethernet – o’zining ajdodlaridan batamom farq qiladi: xususiy holda u ajratiladigan muhitlarni qo’llab quvvatlamaydi.
Gigabit Ethernet texnologiyasini Ethernet va Fast Ethernet texnologiyalari bilan solishtirganda unda qanday umumiy belgilar borligini ko’rib chiqamiz:
- Ethernet texnologiyasining barcha kadr formatlari saqlanadi;
- CSMA/CD erkin foydalanish usulini qo’llovchi yariм dupleks protokoli ishlaydi;
- Ethernet va Fast Ethernet texnologiyalarida ishlatiluvchi barcha turdagi kabellardan foydalanish mumkin, ya’ni bular: optik tola, 5 toifadagi o’raмa juft, ekranlashtirilgan o’rama juft.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Olifer V.G., Olifer N.A. Kompyuter seti. Prinsip, texnologii, protocol. Uchebnik dlya vuzov.3-ye izd. – SPb.:Piter, 2009.- 958s.
2. Olifer V.G., Olifer N.A. Osnovы kompyuterni setey. - SPb.:Piter,2009.-352s.
3. Tanenbaum E. Kompyuternыye seti, 4-ye izd.- SPb.Piter,2007.- 992s.
4. Olifer V.G. Olifer N.A. Setevыye operasionniy sistema. Uchebnik dlya vuzov. – SPb.:Piter, 2008.- 672 s.
5. Stolings V. Peredacha dannix. -SPb.: Piter, 2004. - 752s.
Do'stlaringiz bilan baham: |