O‘tkazish oralig‘ining kengligi. Bu tashuvchi chastotasining juda yuqoriligi 1014 _ 1015 Gts bilan tushuntiriladi. Bitta optik tola bo‘ylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqimini uzatish imkoniyati mavjud. O‘tkazish oralig‘ining kengligi tolali optik aloqaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun turuvchi eng muhim afzalligidir.
Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi.
Xozirgi kunda ko‘plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida 0,2-0,3 dB/km so‘nishga ega. So‘nish va dispersiya qiymatlarining kichikligi optik signallarni TOA liniyalari bo‘ylab retranslyatsiyasiz 100 km va undan uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi.
Shovqin sathini kichikligi optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi.
Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. Optik tola dielektrik materiallar – kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas. Shuningdek ko‘p tolali optik kabellarda ko‘p juftli mis kabellarga xos elektromagnit nurlanishlarning o‘zaro ta’siri kabi muammolar yuzaga kelmaydi
56.3 SDH, tarmoqning barcha uchastkalarini o‘z ichiga oladigan, axborot uzatish kabi nazorat va boshqarish funksiyalarini bajaradigan ko‘p kanalli umumiy tizimni xosil qiladi. SDH ni qo‘llash orqali apparatura narxini, foydalanish xarajatlarini, sozlash va payvand qilish muddatini, qo‘llanadigan apparaturalar sonini, xajmini kichraytirish mumkin. Bir vaqtning o‘zida aloqa sifati sezilarli darajada oshadi.
U quyidagi xususiyatlarga ega:
1-xususiyati, SDH tizimlarining uzatish tezligi, Yevropa va Amerika PDH iyerarxiyasining birlashtirilgan standart qatoriga mos keluvchi 1.5; 2; 6; 8; 34; 45; 140 Mbit/s li tarmoqda kirish kanallarini qo‘llashga mo‘ljallangan terminal multipleksorlar (TM) va kirish-chiqishli multipleksorlar (KChM) orqali tashkil qilinadi. Uzatish tezligi belgilangan qatorga mos keluvchi, imkoniyatli kanallarning raqamli signaliga – PDH triblari (trib - aloqachilar terminalogiyasida komponent signallar), uzatish tezligi SDH tezligiga mos keluvchi standart qator signallariga - SDH triblari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |