Ma`lumot uchun: arizani ko`rib chiqish va bank tomonidan hisob raqamini ochish yuqorida ta`kidlangan hujjatlarni olgach, ikki bank kunidan ortiq bo`lmasligi kerak, hisob raqamini ochish uchun to`lov miqyosi minimal ish haqining 0,5 % idan ortmasligi kerak.
10-qadam. Ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun kerakh htsenziya (ruxsatnoma) olish.
Ma`lumotlar uchun: amaldagi qonunlarga mos foydalamlayotgan bino joylashgan joyiga qarab, siz murojaat qilishingiz kerak:
Davlat yong`in xavfsizligi xizmati oiganlariga — agar sizning faohyatingiz yog`och materiallari, yengil alangalanuvchi, yonuvchi suyuqlik va gazlar ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qihshni ko`zda tutgan, foydalanilayotgan obyekt turar joy binosida joylashgan hoharda. Bu holda faohyat manzili, joyi va turi ko`rsatilgan ariza taqdim etish yetarh bo`ladi;
Davlat sanitariya-epidemiya nazorati markazlariga — kimyoviy va biologik moddalar, parfumeriya-kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish, oziq-ovqat qo`shimchalari qo`llash, radioaktiv materiallardan foydalanish, radiatsiya texnikalarini qo`llash, oziq- ovqat mahsulotlari va xomashyosini realizatsiya qihshni tashkil etish hollarida. Bu holda taqdim etiladigan hujjatlar io`yxati qisqa faohyat turi va joy manzili ko`rsatilgan ariza hamda oziq-ovqat va umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulami sotish bilan shug`ullanuvchilaming tibbiy ruxsatnomalaridan nusxa.
Izoh: yoddan chiqarmang, ma`lum bir shartnoma bo`yicha to`lov evaziga u yoki bu masala bo`yicha maslahat beruvchi, sizning korxonangizni rasmiylashtirishda ta`sis hujjatlaridan tortib, muhr tayyorlashgacha boigan jarayonda tez va sifatli amaliy yordam ko`rsatuvchi maxsus firmalar mavjud (ulaming e`lonlarini mahalhy matbuot nashrlaridan topishingiz mumkin).
Xuddi shunday yordamni yuqorida ta`kidlanganidek, O`zbekiston Res- publikasi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining informatsion-konsalting markazlari hamda hududiy biznes- inkubatorlar ko`rsatishi mumkin.
11-qadam.
Izoh: 1. Huquqiy shaxsingizni davlat ro`yxatidan o`tkazishga ruxsat bermaslik, qonun bilan belgilangan huquqiy shaxsni shakhantirish tartibi buzilgan yoki rasmiylashtirishga taqdim etilgan hujjatlar to`plamining mavjud talablariga (masalan, biron- bir hujjatning yetishmasligi, ta`sis hujjatlarida yetishmovchilik va kamchilildarmng aniqlanishi) mos kelmashgi sababli ro`y berishi mumkin.
Davlat ro`yxatidan o`tkazishga ruxsat bennaslik ro`yxatdan o`tkazishga rad etilganligi haqidagi kuzatuv xati bilan taqdim etilgan barcha hujjatlar va ro`yxatdan o`tkazish uchun to`langan toiovlar qaytariladi. Agar ro`yxatdan o`tkazish uchun qaytadan hujjat topshirilgan hollarda ro`yxatdan o`tkazish uchun to`langan to`lov qaytarilmasligi mumkin.
Xususiy biznesni davlat royxatidan o`tkazish
Boshqa mamlakatlardan O`zbekistonning o`ziga xos farqi shundaki, yurtimizda korxonalami tashkil etish borasidagi byurokratik to`siqlami bartaraf etuvchi, tadbirkorlar subyektlarini ro`yxatdan o`tkazishning yetarh darajadagi sodda tizimi mavjud. «Tadbirkorhk subyektlarini davlat ro`yxatiga ohsh va hisobga qo`yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to`g`risidagi Nizom»iga mos ravishda, xususiy biznesini ochmoqchi bo`lgan shaxslarga, rasmiylashtirish organlariga hujjatlaming ma`lum bir to`plamini taqdim etish kifoya, qolgan barcha ishlami davlat ro`yxatidan o`tkazishni mas`ul tuzilma bajaradi.
Tadbirkorhk subyektlarini hisobga qo`yish bilan bog`hq barcha kerakli ishlar soliq va statistika organlarida ariza beruvchining ishtirokisiz amalga oshiriladi. Ro`yxatdan o`tkazish bilan bog`liq ishlar bu holda ikki ish kunidan ortmaydi. Shu bilan bir qatorda shuni ta`kidlash joizki, ushbu Nizom, yer maydoni ajratish, gaz, elektr tarmoqlariga ulanish hamda htsenziya olinishi kerak bo`lgan faoliyat turlari bilan bog`liq tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga tatbiq etilmaydi.
Yer maydoni ajratish, gaz va elektr tarmoqlariga ulanish hamda htsenziya olinishi kerak bo`lgan faoliyat turlari bilan bog`liq tadbirkorlik subyektlarini (bank, kredit uyushma va ommaviy axborot vositalari bundan mustasno) hisobga qo`yish va davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi hamda muddatlari, shuningdek, vakolatli organlar va ekspluatatsion tashkilotlarda, shu jumladan, obyektlaming qurffishi va rekonstruksiyasi uchun kerakh bo`lgan, muhandishk kommunikatsiyalariga ulanish (gaz, elektr, suv, issiqhk ta`minotlari, kanahzatsiya, telefon aloqasi) texnik shartlarim ruxsat berish tavsifidagi hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va muddatlari, tadbirkorhk faohyatini amalga oshirish uchun turar joy binolarini noturar joy binolari kategoriyasiga o`z muddatida rasmiylashtirish O`zbekiston Respublikasi Piezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi «Tadbirkorlik subyektlariga «Yagona darcha» tamoyil bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qarorining ijrosi bo`yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan Nizom asosida boshqariladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorhkni ishonchh himoya qihshni ta`minlash, ulami jadal rivojlantirish yo`hdagi to`siqlami bartaraf etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonining ijrosini ta`minlash va tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini ko`rsatish sifati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirish va shaffofligini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlariga «Yagona darcha» tamoyih bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsa- tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qarori bilan 2016-yilning 1-yanvaridan tuman (shahar) hokim- liklari huzuridagi tadbirkorhk subyektlarini ro`yxatdan o`tkazish inspeksiyalari negizida tadbirkorlik subyektlariga «Yagona darcha» tamoyih bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish yagona markazlarini (keyingi o`rinlarda «Yagona darcha» markazlari) tashkil etildi, shu muddatdan boshlab «Yagona darcha» markazlari tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar uchun boshqa davlat va xo`jalik boshqaruv organlariga tadbirkorlik subyektlaridan bevosita hujjatlar qabul qihsh taqiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |