Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari. Xususiy mulkning iqtisodiyotning real sektorini



Download 39,54 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi39,54 Kb.
#788137
  1   2
Bog'liq
Jahongir kurs ishi


Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari. Xususiy mulkning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi ahamiyati

Xususiy investitsiyalar — xususiy, korporativ xo’jalik va tashkilotlar, fuqarolar mablag’lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag’lar hisobidan qo’yiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash siyosati qisqa muddat ichida nafaqat yetakchi tarmoqlarni texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotda energiya samaradorligini ta’minlash, uning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish, balki eksport salohiyatini yuksaltirish imkonini berdi.


Xususan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari so‘nggi o‘n bir yil davomida 8 foizdan ortiq darajada saqlanib qolayotganligi, sanoat hamda xizmat ko‘rsatish sohasi jadal rivojlanishi va xalqimiz farovonligining yanada yuksalib borishiga zamin yaratmoqda. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, bu sohaga to‘liq erkinlik berish, eng muhim ustuvor vazifa hisoblanmoqda. Xususan, barqaror iqtisodiy o‘sish va mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan aynan mana shu vazifaning qanday hal etilishiga bog‘liqligi, buning uchun amaldagi huquqiy bazani xususiy mulk manfaatlariga moslashtirish, mulk huquqining kuchli yuridik norma va kafolatlari tizimini shakllantirish, xususiy mulkdorlarning keng qatlamini yaratishni eng muhim vazifalardan sanalmoqda. Bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiyalashda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga ayniqsa, sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladigan zamonaviy laboratoriya jihozlari, oziq-ovqat sanoati sohasida foydalaniladigan zamonaviy texnologik liniyalarni ishlab chiqarish va bunday mahsulotlarni yetkazib berishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish hisobidan respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini tubdan oshirish maqsadida, respublika Prezidentining «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ2340-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu Qaror bilan, davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni tahlil qilib, ularni investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatda xorijiy investorlarga sotish, ushbu xorijiy investorlarni soliqqa tortish sohasida imtiyoz va preferensiyalar berildi. Jumladan, qaror bilan davlat aktivlariga ikki oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, ularning narxini har 15 kunda 10 foizga pasaytirish, obyektlar narxi 50 foizgacha pasaytirilgandan so‘ng bir oy mobaynida sotilmasa, ular investitsiya va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatda sotish;
- davlat aktivlari sotilgandan so‘ng 1 oy ichida investor to‘lovni to‘liq to‘lagan taqdirda, unga xarid summasidan Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma berish;
- davlat obyektlarini qismlarga bo‘lib sotish hamda to‘lovlarni 24 oygacha bo‘lgan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash,
- davlat obyektidan ijara asosida foydalanib turgan ijarachilar ijara obyekti sotilishida ustunlik berish;
- xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga berilgan davlat ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar byudjetga emas, balki korxonalarning o‘zini modernizatsiyalashga yo‘naltirish;
- xususiylashtirilgan korxonalarda xususiylashtirish vaqtida aniqlanmagan davlat aktivlari yoki foydalanishga berilgan korxona hududidagi ko‘char va ko‘chmas mulk sotilgandan keyin aniqlansa, u mazkur korxonaning mulki hisoblanishi aniq belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo‘lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, respublika Prezidentining 2015 yil 24 aprelda «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan:
- aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan;
- xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etilgan.
Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish maqsadida, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish borasida yaratilayotgan ushbu qulay shart-sharoitlar mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi va ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi. Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o’rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida:
1. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturida quyidagilar belgilab qo’yilgan:
- tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to’sqinlik qilish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish;
- xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish;
- barcha turdagi ro’yxatdan o’tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;
- xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash. Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik mas’ul ijrochilar — tegishli vazirliklar, idoralar, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan.
2. 2015 yilning 1 iyulidan shunday tartib o’rnatilgan: -
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt yilda bir martadan, boshqa xo’jalik sub’ektlarida esa faqat O’zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko’p bo’lmagan tartibda amalga oshiriladi;
- moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlar o’tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi;
- tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so’nggi rejali tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi;
- qo’zg’atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ekt jalb etgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan ushbu huquqning rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshiriladi; Biz intellektual investitsiyani alohida turga ajratish kerak, degan iqtisodchilar fikriga qo'shilamiz. Chunki, ilmiy-texnika taraqqiyoti juda tez rivojianayotgan hozirgi davrda intellektual potensial ishlab chiqarishning eng faol bo'g'ini bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham rivojlangan davlatlarda kadrlar tayyorlash, ilmiy tekshirish va ta'lim sohasiga qilinadigan xarajatlar yil sayin oshib bormoqda. Intellektual investitsiya kadrlar tayyorlash, ilmiy tekshirish, ta'lim va boshqa ko'rinishdagi intellektual salohiyatlarga investorlar qo'yadigan barcha turdagi boyliklardir. Ishlab chiqarishning fan va texnikani ta'siri kuchayib borishi bilan intellektual investitsiyalarning ahamiyati yanada oshib boradi. Asosiy fondlar va aylanma mablag'larga investorlar qo'yadigan barcha turdagi boyliklar real investitsiyalar deb tushiniladi. Hozirgi davrda Respublikamiz xalq xo'jaligi tarmoqlarini tarkibiy qayta qurish uchun texnika-texnologiya va katta hajmdagi qurilish ishlarini amalga oshirishning zarurligi mulkiy investitsiyalarga ehtiyojni yanada oshiradi. Bu ehtiyojni qondirishning asosiy yo'llaridan biri korxonalarda investitsion jarayonni rag'batlantirish hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar deb esa aksiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar, muddatli depozitlarga qo'yilgan investitsiyalarga aytiladi. Respublikamizda moliyaviy bozor endi shakllanayotganligi sababli moliyaviy investitsiyalar qo'yish hali ancha rivojlantirilishi lozim. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish va 2007. O. Yu. Rashidov. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish. - T:. «Iqtisodiyot» 8 xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi bilan qimmatli qog'ozlar taraqqiy etib, moliyaviy investitsiyalar qo'yish jarayoni faollashadi. Bu holatlarning keng tarzda rivojlanishi va jadallashuvi natijasida iqtisodiyotimizda umumiy investitsion jarayon faolligi oshadi. Resurslarning har xil investitsiya obyektlariga qo'yilishi natijasida mol-mulklarning kapitallashuvi yuzaga keladi. Bular xo'jalik subyektlarining daromad olishlari uchun imkoniyat yaratuvchi vositalardir. Shuning uchun investorlar mol-mulklarining daromad keltirish jarayonida ishtiroki darajasiga qarab investitsiyalaydi. Daromad xo'jalik subyektlarining tushunchasiga kirmaydi. Daromad har qanday investitsiyaning manbayi bo'lganligi uchun uning tarkibiy qismini tashkil etadi. O'zbekiston ham xorijiy mablag'larni jalb qilishdan manfaatdordir. Hozirgi vaqtda ular asosan xalqaro tashkilotlar va boshqa mamlakatlar hukumatlari krediti tarzida kelmoqda. Shu bilan birga Respublika investitsiyalarga ehtiyoj sezadi, chunki kreditdan farqli ravishda investitsiyalar qarzdor qilib qo'ymaydi, balki ishlab chiqarishni kengaytirish va zamonaviylashtirishga, ilmiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga bevosita yordam beradi. Boy tabiiy resuslar, arzon ishchi kuchi, rivojlangan infrastmktura va siyosiy barqaror vaziyat xorijiy investorlar uchun Respublikadagi ishlab chiqarish obyektlarni jozibador qilib qo'yadi. Shunday qilib, chet el qo'yilmalarining mamlakatga olib kelinishi va o'zlashtirilishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan asoslar yaratildi. Shu bilan birga, tadbirkorlik kapitali olib kelinishini kechiktiruvchi bir qator obyektiv holatlar ham mavjud. Bu awalo iqtisodiyotning xususiy bo'g'ini va umuman bozor munosabatlarining rivojlanmaganligi, so'mning past konvertirlanganligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo'yicha malakali xodimlar va Respublika imkoniyatlari hamda uning sheriklari haqidagi axborotlarning yetishmasligidir. Ko'rinib turibdiki, yuqorida sanab o'tilgan holatlar investorlarning ushbu mamlakatga bo'lgan qiziqishlarini yoki orttiradi, yoki pasaytiradi. Xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishda chet el investitsiyalarining importiga to'sqinlik qiluvchi ko'plab sabablar bartaraf etilmoqda va Respublika o'zining iqtisodiyotini barqarorlashtirishda tashqi aloqalarni rivojlantirish uchun dastaklarni ishga qo'shmoqda. 9 Investorlarni jalb etishda ularni eng birinchi o'rinda qiziqtiradigan omillar quyidagilardir: iqtisodiy vaziyat, siyosiy vaziyat, huquqiy soha, geografik o'rin, institutsional tashkiliy texnik soha. Investitsiyadan foydalanishda muhim yo'nalish bo'lib, konkret loyiha va konkret ishlab chiqarish hisoblanadi. Buning ma'nosi shuki, ma'lum bir vaqt birligida butun jamiyatning ixtiyorida bo'lgan investitsiyalarni taqsimlashda ularning ustuvorligi raqobatdan tashqarida qoldi. Bundan shunday natija kelib chiqadiki, ma'lum korxonalar darajasida amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud hududlar rivojlanishi zarur, natijada esa ularning infrastrukturalari kengayishi, rivojlanishi va mukammallashishi, ishlab chiqarish sohalari o'rtasidagi muvofiqlik ta'minlanishi va mehnat jamoasi ahvoli yaxshilanishi yuz beradi. Investitsiyalarni ko'proq jalb qilish uchun erkin iqtisodiy hududlar yaratilmoqda. Erkin iqtisodiy hudud — mamlakat ichidagi maxsus hudud bo'lib, unda chet el sarmoyasini faol jalb etish asosida faqat eksport tovar va xizmat ishlab chiqarish uchun yuqori samarali zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Iqtisodiyot ijobiy tomonga o'zgarib bormoqda. Korxonalar rahbarlarining investitsiyani qaysi manbalar hisobidan moliyalashtirish ustida bosh qotirishlariga zaruriyat paydo bo'lmoqda. Bu esa ko'pgina muhim omillarni hisobga olishni taqozo etadi. Iqtisodiy omillar (mablag'lar olish imkoniyati va vaqti, soliqlar olinishi hisobi bilan moliyalashtirish manbasining hajmi, investitsion loyihani amalga oshirish bilan bog'liq daromad miqdori, moliyalashtirish manbasining korxonalar barqarorligi va quwatliligiga ta'siri va hokazolar) va korxona rahbariyati, hissadorlik va kreditorlar manfaatlari o'rtasida vujudga keladigan nizo omillari shular jumlasidandir. Investitsiya faoliyatining rivoji uchun mazkur omillar talilil qilinishi lozim bo'ladi. Bu tahlil mablag'lari yo'nalishining eng maqbul usulini tanlash va kelajakda har bir hududga mos keladigan investitsiya siyosatini belgilash imkoniyatini beradi. Shuni ta'kidlash lozimki, investitsion siyosatda faqatgina bozor mexanizmiga tayanib ish yuritish mumkin emas. Chunki, u iqtisodiyotning tarmoqlariga turlicha ta'sir ko'rsatadi. 2-chizmada tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo'naltirilayotgan investitsiya shakllarini guruhlashga harakat qilamiz. 10 Investitsiya Moliyaviy Pul resurslari Qo'zg'aluvchi Mualliflik j Yerdan foydalanish mulk huquqi I huquqi Paylar Aksiyalar Obligatsiyalar Boshqa qimmatli qog'ozlar Ko'chmas mulk Nou xau > f Tabiiy resurslardan foydalanish huquqi Innovatsion faoliyat Litsenziyalar berish Tovar belgilari va boshqalar 2-chizma. Tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo'naltirilayotgan investitsiya shakllarini guruhlash. Investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari quyidagilardir: birinchidan, resurslarni kapital qo'yilmalarga aylantirish, ya'ni resurslarni investitsion faoliyat natijasi hisoblangan obyektlarga o'tkazish; ikkinchidan, kapital qo'yilmalar uchun sarflangan mablag'lar pirovard natijada investitsiyalar miqdorini oshirish va yangi iste'mol qiymatini yaratish; I I uchinchidan, ijtimoiy samara yaratish, ya'ni investitsiya faoliyatining pirovard maqsadini amalga oshirish. Agar investitsiyalar natijasida foyda (daromad) yoki ijtimoiy samara olinmasa, investitsiya qilishga qiziqish bo'lmaydi. Boshlang'ich va oxirgi zanjirlar tutashib, yangi o'zaro bog'liqlik jarayoni hosil bo'ladi: daromadlar - resurslarga aylantiriladi, ya'ni jamg'arish jarayoni takrorlanadi. Investitsiya faoliyati - tarmoqlarda investitsiyalarning bir marta to'liq aylanishi jarayonidir. Investitsiya davri investitsiyalarning bir marta aylanishiga tengdir. Ya'ni, kapital mulk tariqasida mujassam bo'lgan qiymatning pul mablag'lari jamlangan davrdan ular qaytib keladigan paytga qadar bo'lgan aniq harakatini o'z ichiga oladi. Davlat korxonalari, firmalar, korporatsiyalarning investitsiya faoliyati ularga soliq, amortizatsiya imtiyozlari (foydani soliqqa tortish bo'yicha imtiyozlar yoki amortizatsiyaning imtiyozli me'yorlari)ni berish yo'li bilan rag'batlantiradi. Investitsiya bozori — investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish uchun zamin yaratib beradi, bu bozor investitsiya tovarlari, qurilish materiallarining barcha turlari, ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismi, investitsiya xizmatlaridan iborat. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish investitsiyalarning turlari hamda investitsiya bozorining aktivlik darajasi uning elementlari o'rtasidagi nisbatiga bog'liq bo'ladi. Ularni bozor konyunkturasini o'rganish orqali aniqlanadi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta'biri bilan aytganda, mamlakatimizda 2010-yilda 2009-yilga nisbatan 13,6 foizga ko'p, ya'ni 9 milliard 700 million AQSH dollariga teng miqdordagi investitsiyalar o'zlashtirildi, bu yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini tashkil etadi.1 Belgilangan vazifa va maqsadlarni amalga oshirish uchun investitsion jarayonni faollashtirib, hududlarga yo'naltirilgan investitsiyalarning hajmini keskin oshirish lozim. 1 «Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi». O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2019-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2021-yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma'- ruzasi. Xalq so'zi,2021-yil 22-yanvar, №16 (5183). 12 Mamlakatimiz investitsion faoliyatining holatini yana ham ravshanroq tushunishga imkon beruvchi bunday axborotning analitik guruhlarining ro'yxatini tuzish mumkin: — mutloq ko'rinishdagi asosiy kapitaldagi investitsiyalar va korxonaning o'z mablag'lariga munosabati bo'yicha ularning tarkibi; — mamlakatning iqtisodiy tarmog'i bo'yicha asosiy kapitalga qo'yilgan investitsiya tarkibi; — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish doirasidagi asosiy kapitalga qo'yilgan investitsiyalarining o'zaro munosabati; — iqtisodiyotni qayta shakllantirish davrida asosiy kapitaldagi investitsiya indekslari; — xususiy korxonalarning asosiy kapitaldagi investitsiyasi; — davlat iqtisodiy sektorining investitsion faoliyat doirasiga qaratilgan e'tibori; — chet ellik investorlarning mutloq ko'rinishdagi investitsiyalari; — chet ellik investorlarning iqtisodiyot tarmog'ida investitsiyalari. Hozirgi zamon amaliyotida investitsion bozor yo'nalishlari va investitsion faoliyatiga qarab o'z ichiga quyidagilarni oladi: — investitsion mablag'lar bozori; — investitsion xizmatlar bozori; — asosiy fond va ko'chmas mulk bozori; — qimmatli qog'ozlar bozori; — boshqa investitsiyalash obyektlari bozori. Investitsion mablag'lar bozori o'z ichiga quyidagi yo'nalishlarni ya'ni, yer bozori (yer maydonlarini sotish yoki undan foydalanish huquqi), moliyaviy mablag'lar bozori, uning ishtirokchilari esa bank, sug'urta va moliya kompaniyalari, patentlar bozori, yangi texnologiyalar bozori va boshqa aktivlar bozorini qamrab oladi. Investitsion xizmatlar bozori tarkibiga quyidagilar kiritiladi: — qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo'yicha xizmatlar bozori; — loyihaviy ishlar va loyihaviy mahsulotlar bozori; — muhandis, muhandis-geologiya va iqtisodiy izlanishlar bo'yicha xizmatlar bozori; — qurilish materiallari, yarim fabrikatlar va konstruksiya bozorlari; — qurilish mashinalari, texnika, qurilish-montaj instrumentlari va qurilish texnologiyalari bozori

2. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda davlat va xususiy sektorning ishtiroki. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari
Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan sanoatlashgan mamlakatlarda investitsiya siyosatini amalga oshirishda quyidagi uchta yo’nalishga alohida e’tibor bilan qaraladi: - import o’rnini bosish strategiyasini rivojlantirish; - tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash; - ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish. Ayniqsa,e’tiborli jihat Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida namoyon bo’ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan, xususan AQSh va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o’ziga tatbiq qilishga intilgan. Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta ishlash sanoatiga yo’naltirish bo’lib hisoblanadi .
Ushbu mamlakatda investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, yuqori malakali xizmatlar kabi sohalarga yo’naltirilmoqda. Xususiy sektorning o’zida investitsiyalarning yillik o’rtacha o’sishi 11-12 foizni tashkil etmokda. Ularning umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog’i 50 foizdan ortiq bo’lib, so’nggi besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan.
Malayziyada Sanoatni rivojlantirishning bosh rejasiga asosan investitsiyalar sohasida quyidagi vazifalar belgilab olingan:
- investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish va ilg’or texnologik tarmoqlarni rivojlantirish;
- sanoatning ustuvor tarmoqlari rivojlanishiga ko’maklashish;
- sanoatga ilg’or texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, simsiz uzatish texnologiyalari, mikroelektromexanik tizimlari, lazer texnologiyalarini tatbiq etishni yanada kengaytirish;
- sanoatning o’sishida mehnat unumdorligi omilining rolini oshirish;
- milliy sanoatning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish;
- ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yanada rivojlantirish va ularni sanoatga tatbiq etishni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash;
- iqtisodiy salohiyat va raqobatdoshlikni mustahkamlash maqsadida strategik hamkorlik va markazlashuvni rag’batlantirish.
Shu bilan birga, Malayziyada investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli soliq imtiyozlari joriy qilingan bo’lib, bunda investitsiya natijasida olingan foydaning faqat 30 foizi dastlabki 5 yil davomida soliqqa tortiladi. Ayniqsa, hududlarning rivojlanishini qo’llab- quvvatlash yo’nalishida nisbatan yaxshi rivojlanmagan shtatlarda faoliyat ko’rsatuvchi investorlar foyda solig’idan dastlabki 5 yil davomida to’liq ozod qilinadi. Yaponiyada ham investitsiya siyosatining ustuvor yo’nalishi yuksak texnologiyalarga asoslangan va resurs tejovchi ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratilgan. Umuman olganda, Yaponiyaning rivojlanishi aynan ilmtalab sohalarning rivojlantirilishi hamda samarali ishlab chiqarish texnikalarining tatbiq etilishiga tayanadi. Yaponiyaning dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni ko’rsatdiki, nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan foydalanish uchun ham yangilik zarur bo’ladi. Ushbu ikkala yo’nalish bir-biri bilan uzviy bog’liq va o’zaro bir-birini to’ldirib turadi. Bu holat shunday izohlanadi, ya’ni yangilik yaratish uchun muayyan kapital zarur bo’lsa, mavjud kapitaldan samarali foydalanish uchun yangilik kiritilishi taqozo qilinadi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi yana bir ahamiyatli jihat investitsiya jarayonida yirik transmilliy kompaniyalarning faol ishtiroki, moliya bozorining yuqori rivojlanganligi, xususan, qimmatli qog’ozlar muomalasining keng tarqalganligi, turli jamg’armalarning investitsiya faoliyatiga jalb qilish mexanizmining yuqori darajada tarkib topganligi bilan ajralib turadi. Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to’plangan bo’lib, undan O’zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan mamlakatlarda investitsiya me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga erishilganligining guvohi bo’lamiz. Yuqorida keltirilgan ayrim chet el mamlakatlaridagi investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari mamlakatimizga tatbiq qilish muayyan ijobiy natijalarni bermasdan qolmaydi.
Ayniqsa, Koreya Respublikasi investitsiya siyosatining tajribasi o’zining ahamiyatliligi bilan ajralib turadi. Bu borada mamlakatimizda ham investitsiya siyosatining muhim ustuvorliklaridan biri aynan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uzoq muddatli loyihalar asosida ilg’or texnika va texnologiyalar kiritishga qaratilgan. Zero, Birinchi Prezidentimiz alohida ta’kidlab o’tganidek, "O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo’yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda". Shu bilan birga, investitsiyalardan samarali foydalanishda bir qator rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan tanishganda, investitsiyalar asosan ilg’or texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, resurs tejovchi va ekologik talofati kam bo’lgan, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi sohalarga yo’naltirilayotganining guvohi bo’lamiz. Investitsion xarakterdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonining asosida kutilayotgan investitsiya hajmi va kelajakdagi pul tushumlarini baholash va solishtirish yotadi. Mezonlarni foydalanish asosida tahlil qilishda talab qilinadigan investitsiya miqdorini kutilayotgan daromadlar bilan taqqoslash zarur. Solishtirilayotgan ko'rsatkichiar vaqtning har xil davrlariga to'g'ri kelsa ham bunda asosiy muammo ularni taqqoslash hisoblanadi. Kapital qo'yilmalar budjetini tuzish yoki loyihalarni baholash jarayonida kritik momentlar quyidagilar hisoblanadi: a) mahsulotning sotilish hajmini unga bo'lgan talab imkoniyatlarini hisobga olgan holda bashorat qilish (loyihaning asosiy qismi qo'shimcha mahsulot chiqarish bilan bog'liq bo'lsa ham); b) pul mablag'larining oqib kelishini har bir yil bo'yicha baholash; d) zarur bo'lgan moliyalashtirish manbalarini baholash; e) kapital narxkung ahamiyatliligini va diskontlashtirish koeffitsiyenti sifatida foydalaniladigan kapital narxini baholash (kapital narxi deganda moliyalashtirishning u yoki bu manbalarini foydalanish hisobiga xarajatlarning nisbiy darajasi tushiniladi). Kapital qo'yilmalar budjetini tuzish jarayonida tahlil qilinayotgan investitsion loyihalar ma'lum bir logikaga bo'ladi: — har bir investitsion loyihalar elementlari pul mablag'larining sof chiqimi yoki kirimi hisoblangan pul oqimlari bilan bog'lanish kerak. Bunda &-yildagi pul mablag'larining sof chiqib ketishi deganda joriy pul xarajatlarining loyiha bo'yicha joriy mablag'larning tushumidan oshishi tushiniladi (teskari holatda sof kirim tushiniladi); — ayrim holatlarda tahlilda pul oqimlari foydalanilmasdan loyihadagi bashorat qilingan yillik sof foyda miqdorining ketma-ketligi foydalaniladi; 52 — tahlillar faqat yillar bo'yicha amalga oshirilmasdan balki bir xil bazaviy davrlar bo'yicha ham (oy, chorak, yil, beshyillik va b.) yuritilishi mumkin, faqat bunda pul oqimlari elementlari miqdorlarining foiz stavkalari bilan mazkur davrlar muddatlarining bir-biriga bog'liqligini unutmaslik kerak; — ketma-ket yillar mobaynida investitsiya qilinadigan bo'lsa ham awalgi birinchi yildagi loyiha bilan amalga oshirilgan pul mablag'- larining kirimi, ya'ni investitsiyalar hajmi yil oxirida amalga oshirilishi ehtimoldan xoli emas; — pul mablagiarining kirimi (chiqimi) ko'proq navbatdagi yil oxiriga to'g'ri keladi (bu mantiq tushinarli, chunki daromad — o'sib boruvchi jami bilan hisobot davrining oxiriga to'qri keladi); — diskontlashtirilgan bahoga asoslangan metodlari yordamida loyihalarni baholash uchun qo'llaniladigan diskontlashtirish koeffitsiyentlari investitsiya loyihalariga belgilangan davrlari muddatiga mos kelishlari kerak (masalan, yillik stavka davr muddati bir yilga moslashtirilib olinadi). Kapital qo'yilmalar budjeti deganda bir necha investitsiyalardan birini tanlash tahlili yotgan investitsiyalarning asosiy vositalarga jalb qilish sxemasi tushiniladi. Investitsion qarorlarni qabul qilish samarasi bir necha yilni qamrab olishi mumkin. Masalan, uskunalarni sotib olish kelajakda mahsulotlarni sotish bilan bog'liq bo'ladi, u yoki bu uskunani sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish kelgusi 10 yil ichidagi bashoratlarni hisob-kitob qilishni talab qiladi. Uskunalarni sotib olishni bashorat qilishda yo'l qo'yilgan xatolar og'ir ahvollarga olib kelishi mumkin. Yirik investitsiyalar katta oqlanmagan xarajatlarni talab qiladi. Agar yetarli darajadagi investitsiya amalga oshirilmasa, quyidagi ikki muammoning kelib chiqishiga olib keladi. Birinchidan — kompaniyaning uskunasi yetarlicha zamonaviy bo'lmasligi mumkin va uning ishlab chiqarishini raqobat sharoitida ta'minlay olmaydi. Ikkinchidan - ishlab chiqarishni ta'minlaydigan yetarlicha quvvatga ega bo'lmasligi mumkin va kompaniya bozorda o'z o'rnini raqobatchilariga bo'shatib berishi mumkin. 53 Kompaniya oldindan o'zining ishlab chiqarish ehtiyojlarini bashorat qilib, ushbu muammolarni yechishi mumkin. Agar kompaniya talabning o'sishini bashorat qilsa va kutilayotgan talab darajasiga mos o'z ishlab chiqarishini kengaytirsa hamda bashorat noto'g'ri bo'lgan bo'lsa, kompaniya oshiqcha quwatga va juda yuqori xarajatlarga ega bo'ladi. Bu kompaniyaning zararga ishlashiga va sinishiga ham olib kelishi mumkin. Kompaniya uchun ishlab chiqarish quwatini oshirish, odatda, yirik xarajatlar bilan bog'liq va katta pul mablag'larini sarflashdan awal yaxshi tuzilgan rejaga ega bo'lishi kerak, chunki bo'sh turgan i moliyaviy resurslar hamma vaqt yirik hajmda bo'lavermaydi, shuning ucnun kompaniya kapital qo'yilmalar budjetini shakllantirishi zarur. Bugingi kunda loyihalarni baholash va ular haqida qarorlar qabul qilish hamda ulardan qaysi birini kapital qo'yilmalar budjetini shakllantirishda foydalaiiish haqida investitsion faoliyatni tahlil qilishda qo'llaniladigan mezonlarni vaqt parametrlarini hisobga olinishi yoki olinmasligiga qarab ikki guruhga ajratish mumkin: a) diskontlashtirilgan bahoga asoslangan; b) hisob baholariga asoslangan. Birinchi guruhiga quyidagi mezonlar kiradi: sof keltirilgan effekt (Net Present Value — NPU); investitsiyaning rentabellik indeksi (Profitability Index — PI); foydaning ichki normasi (Internal Rate of Return — IRR); foydaning modifikatsiyalangan ichki normasi (Modified Internal Rate of Return - MIRR); investitsiyani qoplashning diskontlashtirilgan muddati (Discounted Payback Period — DPP). Ikkinchi guruhga quyidagi mezonlar kiradi: investitsiyaning qoplanish muddati (Payback Period — PP); investitsiyaning samaradorlik koeffitsiyenti (Accounting Rate of Return - ARR). Investitsiyaning qoplanish muddati dastlabki investitsiyaning qoplanishi mumkin bo'lgan kutilayotgan yillar soni sifatida aniqlanadi. Investitsiyaning qoplanish muddatini hisoblash algoritmi investitsiyadan ko'riladigan bashorat qilingan daromadlarning teng taqsim54 lanishiga bog'liq. Agar daromad yillar bo'yicha teng taqsimlangan bo'lsa, qoplanish muddati bir xil vaqtdagi xarajatlarni yillik daromad miqdoriga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Agar foyda bir tekis taqsimlanmagan bo'lsa, qoplanish muddati to'g'ridan-to'g'ri investitsiya kumulyativ daromadlar hisobiga qoplanishi mumkin bo'lgan yillar soni bo'yicha hisoblanadi. Hisoblash tartibini ko'rsatish uchun 9-jadvaldagi Sva L loyihalari ma'lumotlaridan foydalaniladi. 9-jadval Yillar 0 1 3 4 5 S loyihasi -10000 5500 4500 2500 1000 L loyihasi -10000 1600 1700 4500 5500 Jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, har bir loyihaning qoplanish muddati har xil ko'rsatkichga ega. S loyihasi uchun qoplanish muddati 2,0 yilga teng, L loyihasi uchun qoplanish muddati 3,6 yilga teng. Agar kompaniyada qoplanish muddati ikki yilga cheklangan bo'lsa, S loyihasi qabul qilinadi. Agar loyihalar alternativ bo'lsa, S loyihasi L loyihasiga nisbatan ma'qul tushadi, chunki S loyihasida dastlabki investitsion xarajatlarining qoplanish muddati juda qisqa. Ayrim kompaniyalar ushbu mezonning modifikatsiyalangan shakli qoplanishning diskontlashtirilgan muddatidan foydalanadi — u ham ushbu algoritm bo'yicha aniqlanadi, lekin buning asosida ushbu loyihaning kapital bahosi bo'yicha diskontlashtirilgan pul oqimlari yotadi. Bu ko'rsatkich mazkur diskontlashtirilgan pul oqimlari bo'yicha investitsiyani qoplash uchun zarur bo'lgan yillar soni sifatida aniqlanadi. Har bir loyihada kapital bahosini 15% ga teng deb faraz qilaylik. Bunday sharoit yuqoridagi jadval ma'lumotlari asosida ko'rib chiqiladi. 55 IO-jadval ma'lumotlarini tuzish uchun pul oqimlarining har bir elementining diskont qiymati hisoblanadi, ya'ni quyidagicha bo'ladi: (l=k)'=1.1 5 (1) W-jadval Yil 0. 1. 2. 3. 4. S loyiha Dastlabki DCF -10000 5500*1/(1=0,15)=4 782 4500*1/(1=0,15)2 =3 409 2500*1/(1=0,15)3=1 644 1000*1/(1=0,15)4 -5 74 Kumulyativ DCF -10000 -5218 -1809 -165 409 L loyiha Dastlabki DCF -10000 1600*1/(1=0,15)=139 1 1700*1/(1=0,15)2 =12 87 4500* 1 /(1=0,15 )3 =29 60 5500*1/(1=0,15)4 =31 60 Kumulyativ DCF -10000 -8609 -7322 -4362 -1202 S loyihasi. Investitsiya miqdori 10000 doll.ga teng u: Diskontlashtirilgan PP =3 yil =165/574 = 3,3 yilda qoplanadi. L.loyihasi. Investitsiya 10000 doll.ga teng Diskontlashtirilgan PP 4 yildan oshiq. Daromadning buxgalteriya me'yoriy koeffitsiyenti (ARR) pul oqimlariga emas, balki sof foyda ko'rsatkichiga asoslanadi. Chunki u quyidagi xususiyatlarga ega: birinchidan, daromad ko'rsatkichlarini diskontlashtirishni talab etmaydi, ikkinchidan, daromad sof foyda PN ko'rsatkichi orqali (budjetga to'lovlardan so'nggi foyda) xarakterlanadi. Uni hisoblash usuli quyidagicha: kutilayotgan o'rtacha yillik sof foydaning ARR o'rtacha yillik investitsiya hajmiga nisbati orqali aniqlanadi. Agar S va L loyihalariga jalb qilish ularning ishlatilishi muddati mobaynida to'lig'igacha to'g'ri chiziqli usul bilan amortizatsiyalansa, yillik amortizatsiya xarajatlari 10000 doll. 4= 2500 dol.ga teng bo'ladi. Bu summa sof foydani aniqlash uchun yillar bo'yicha pul tushumlaridan ayirilishi kerak. 56 Shunday qilib, S loyihasi bo'yicha o'rtacha yillik foyda pul mablag'larining o'rtacha yillik tushumi — o'rtacha yillik amortizatsiya = 13500/4-2500=875 doll. O'rtacha yillik investitsiya dastlabki investitsiya va qoldiq qiymatining yarim summasiga teng bo'ladi: (10000 dol. - 0dol.):2=5000 doll. US doll. yo kil7%. 5000 doll. L loyihasi bo'yicha o'rtacha yillik sof foyda L= 13300 /4-2500 = =825 doll. ARRL = *25do11 '=0,16 yokil7% . 5000 doll Sof keltirilgan samara (NPV) asosida kompaniya egalari tomonidan aniqlanadigan firmaning qiymatliligini oshirish yotadi. Uni miqdoriy baholashda bozor qiymati olinadi. Bu usul bashorat qilingan davr ichida diskontlashtirilgan sof pul tushumlarining umumiy summasini dastlabki investitsiya miqdori (IC) bilan solishtirishga asoslangan. Pul mablag'larining kirimi vaqt bo'yicha taqsimlangan bo'lsa ham u r koeffitsiyenti yordamida diskontlanadi. Bu koeffitsiyentni investorlar investitsiya qilingan kapital hisobiga qaytarish mumkin bo'lgan har yilga foizdan kelib chiqqan holda o'zlari belgilaydi. Masalan, (IC) investitsiya yillik daromadi Pv P ..., Pn miqdorlarida bo'lgan n yilga amalga oshiriladi. Diskontlashtirilgan daromadlarning (Present Value -PV) umumiy jamlangan miqdori va sof keltirilgan samara quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: PV -I-, h k T (3) Sof keltirilgan samara (NPV) pul oqimlarining diskontlashtirilgan elementlarini loyihaning kapital bahosi bo'yicha umumiy jami orqali aniqlanadi. 57 Agar NPV>0, bo'lsa loyihani qabul qilish mumkin; NPVo(F(r,

3. O’zbekistonda iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari va samaralari. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlardan ko’zlangan maqsad va uning amalga oshirilishi natijalari.

Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta’minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o’rin tutmoqda. Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror sharoitda yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantirmoqda.


O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: ―Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’zining iqtisodiyotimizdagi o’ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo’nalish o’rnini bosa olmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo’lib borishiga erishilmoqda. Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko’paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo’naltirilgan murakkab, yuksak texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o’tish masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz darkor. Yurtimizda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion rivojlanish yo’llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo’lgan e’tibor yildan-yilga oshib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ortib bormoqda. Shunday ekan, bunday sharoitda, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan koorperatsiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab bo’lmaydi;
- bozor uchun zarur bo’lgan raqobatchilik muhitini yaratadi, hamda o’zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o’zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.q.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo’lishi imkoniyatlarini yaratadi:
- izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o’zlashtirish, ularni talabning tez o’zgarib turish xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;
- tezkor texnik servisning ishonchligi va iste’molchilar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish;
- ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga, hamda bozor vaziyatlari o’zgarishlariga muvofiq olib borish;
- ortiqcha ish kuchini o’ziga singdirish;
- boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo’qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o’zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o’zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;
- xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liqroq va samaraliroq foydalanish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog’liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzulmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o’rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda.
Kichik biznesni yanada rivojlantirish istiqbollarini quyidagilarda ko’rish mumkin:
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish;
- huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
- moliya-xo’jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish;
- tashkil etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning moddiy-texnik shartsharoitlarini ta’minlash;
- soliq va boshqa to’lovlar borasida engilliklar yaratish, hisobot topshirish tizimini takomillashtirish;
- kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
- xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish;
- ilg’or ilm-fan yutuqlariga asoslangan KB va XTni rivojlantirishga keng yo’l ochib berish;
- imtiyozlar va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish; Demak, qaysi hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida ustuvorlikka erishilsa, shu hudud ijtimoiy-iqtisodiy tomondan barqaror rivojlanadi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish joylari yaratish va shu orqali aholini samarali tarmoqlararo bandligini shakllantirish muammosini bir qadar hal etilishiga erishishni, aholi daromadlarini oshirishni hamda turli tarmoq sohalari o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarning mustahkamligini ta’minlaydi. O'z mablag'lari manbasi investitsiyalarni moliyalashtirishning eng ishonchlisi hisoblanadi. Har bir tijoriy korxona o'zini-o'zi moliyalashtirishga doimo intiladi. Chunki bunda moliyalashtirish manbasini qidirish va bankrotga uchrash kabi ortiqcha tashvishlar kamayadi. Bundan tashqari, o'zini-o'zi moliyalashtirish korxonaning yaxshi moliyaviy ahvolidan dalolat beradi. Har bir korxonaning asosiy o'z mablag'lari manbasi bo'lib, bu sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Hozirgi kunda har bir korxona o'z foydasini o'zi xohlagandek ishlatishi mumkin. Shunda ular «foydani nima qilish kerak?» — degan savolga duch kelishadi. Foydani islilab chiqarishni rivojlantirishga; uylar, dam olish uylari qurishga; dividentlar to'lashga; beg'araz yordam sifatida ishlatish mumkin. Foydani to'g'ri ishlatish uchun korxonaning hozirgi va kelajakdagi texnik ahvolini hamda xodimlarning ijtimoiy ahvolini bilish kerak. Agar korxona xodimlari oylik bilan boshqa korxonalar xodimlariga qaraganda yaxshiroq ta'minlangan bo'lsa, foydani birinchi navbatda O'zbekiston Respublikasi Ijtimoyi Vazirligi ma'lumotlari. 32 ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo'naltirish kerak. Agar korxonaning texnik ahvoli yaxshi bo'lmasa, foydani korxonani yaxshilash uchun ishlatish kerak. Korxona foydasini real investitsiya sifatida, ya'ni koxonani rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirishga ishlatish ijobiy natija beradi. Chunki bu foyda soliqqa tortilmaydi. Amortizatsiya ajratmalari — bu asosiy vositalarning belgilangan muddatda o'z qiymatini ishlab chiqarishga o'tkazib borishidir. Asosiy vositalarga bino, inshootlar, texnologiya, asbob-uskunalar, kompyuterlar, avtomobillar, ishlab chiqarish hamda xo'jalik inventarlari va boshqalar kiradi. Har bir korxona bu asosiy vositalarga daromaddan amortizatsiya ajratmalarini ajratib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda korxonalarning investitsiyalarga bo'lgan ehtiyojining 70—80 % ni amortizatsiya ajratmalari orqali qondiradi. Amortizatsiya ajratmalarning afzal tomoni shundaki, korxona qanday moliyaviy ahvolda ekanligidan qat'iy nazar bu manba doimo mavjub va u korxona ixtiyorida bo'ladi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar tezlashtirilgan amortizatsiyaga o'tishgan. Chunki bozorda raqobat kuchli. Bu esa texnologiyaning yangilab turishga undaydi. Buning uchun asosiy vositalarga katta foizlarga amortizatsiya ajratmalari ajratiladi va asosiy vositalar hisobidan chiqariladi. Yig'ilgan amortizatsiya fondi esa texnika-texnologiyani yangilashga sarflanadi. Rivojlangan davlatlarda korxonalar bu yo'ldan bormasa raqobatga bardosh bera olmaydi. Ammo amortizatsiya ajratmasini ham oshirib yubormaslik kerak. Chunki tan narxi oshib ketib qoladi. Korxona amortizatsiya ajratmalarini real investitsiyalarga, ya'ni quyidagilarga sarflash kerak: • yangi texnologiya sotib olishga; • ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishga; • mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, ya'ni buni zamonaviylashtirish va yangilashga; • rekonstruksiyalash va ishlab chiqarishni kengaytirishga; • yangi qurilishga. 3 - R.X. Karlibayeva 33 2.3. Investitsion loyihalarni davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirish Davlat o'ziga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirishda moliyalashtirish bilan shug'ullanadi. Ularasosan iqtisodiy, mudofaa, huquqni muhofaza qilish, ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda qo'llaniladi. Budjet tomonidan moliyalashtirish bir qator tomoyillarga asoslanadi. Bularga quyidagilar kiradi: 1) minimal xarajatlar bilan maksimai iqtisodiy va ijtimoiy samara olish; 2) budjet resurslaridan samarali foydalanish; 3) budjet mablag'larini ko'rilishi va pudratchi tashkilotlarga belgilangan rejaning bajarilishi bo'yicha berilishi. Birinchi tamoyilning mohiyati shundan iboratki, budjet mablag'lari mazkur loyihaning samaradorligini ta'minlash zarur bo'lganda beriladi. Investitsion siyosatga ko'ra kapital qurilishga mablag'larni ajratish ma'lum shartlar asosida amalga oshiriladi. Bu narsa ko'zda tutilgan maqsadga erishish uchun qilinadi. Ikkinchi tamoyilning xarakteri shundan iboratki, konkret qurilish yoki obyektlarning moliyalashtirilishining amalga oshirilishi joriy yilning davlat budjetida tasdiqlangandan so'ng bo'ladi va shu bilan birga resurslardan foydalanilishini nazorat qilish yo'lga solinadi. Uchinchi tamoyili budjet resurslarini belgilangan rejaning bajarilishi uchun moliyalashtiriladigan mablag'lar pudratchi tashkilotlarga va qurilish tashkilotlariga beriladi. Ushbu mablag'larning taqsimlovchi sifatida buyurtmachi, ya'ni investorlar hisoblanishi mumkin. Investitsiyalarning budjet tomonidan moliyalashtirilishi qaytarilmaydigan va qaytariladigan bo'lishi mumkin. Qaytarilmaydigan moliyalashtirish ko'pincha ishlab chiqarish faoliyatining yangi yo'nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. Bundan tashqari, davlat budjetidan konversiya, mudofaa, ekologiya va boshqa tijorat qaytimga mo'ljallangan obyektlarga qaytarilmaydigan mablag'lar beriladi. Qaytariladigan moliyalashtirishga mo'ljallangan mablag'lar amalga oshiriladigan loyihaning tijorat samarasiga bog'liq bo'ladi. Moliyalashtirish yo'nalishlarini ochish uchun (davlat) Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligiga (kapital) davlat budjeti mablag'lari kredit shaklida 34 beriladi. Moliya vazirligi olingan mablag'larni tijorat banklari orqali buyurtmachilar o'rtasida taqsimlaydi. Qarz majburiyatlari to'g'risidagi shartnoma buyurtmachi, Moliya vazirligi va tijorat banklari o'rtasida tuziladi. Qaytariladigan moliyalashtirishda buyurtmachi garovga narsa qo'yishi talab qilinadi. Qaytarish sharti bilan olingan budjet mablag'i 3 tomonlama shartnomada ko'rsatilgan muddatda Moliya vazirligiga qaytariladi. Moliya vazirligi esa bu kreditni Markaziy bankka kelishilgan muddatda qaytarib beradi. Prezidentimizning 2010-yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan umumiy investitsiyalar YAIMning qariyb 25 foizini tashkil etganligi to'g'risidagi tahlillarini davom ettirgan holda ta'kidlash mumkinki, to'g'ridan-to'g'rijalb qilingan xorijiy investitsiyalar YAIMning qariyb 6,8 foizini tashkil qilmoqda. O'zbekistonning investitsion jozibadorligini va investitsiya muhitiga ta'sir ko'rsatuvchi ijobiy omillardan bid sifatida siyosiy hamda makroiqtisodiy barqarorlikni va investorlar huquqlarining ishonchli kafolati ta'minlanganligini sanab o'tish lozim. O'zbekiston kapitalni import qiluvchi mamlakat sifatida jahon maydoniga chiqarar ekan, bir qator muayyan manfaatlarni ko'zlaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mamlakatga xorijdan yangi texnologiyalar, uskunalar, «nou-xau»ni olib kirishga, chet ellik mutaxassislar, ekspertlarva maslahatchilarni jalb qilish orqali mahsulot sifati va ishchi kuchi malakasini oshirishga erishish mumkin. Viloyatlar kesimida tarmoq Dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalarga quyidagilarni kiritish mumkin. 1. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida — neft va gaz sanoatini modernizatsiyalash dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar. 2. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida — Xandiza konida polimetall rudasini qazib olish hamda qayta ishlash majmuasi va boshqalar. 3. Qashqadaryo viloyati Sho'rtan GKKda tozalangan metandan sintetik yoqilg'i ishlab chiqarish va Talimarjon GESini kengaytirish uchun quwati 450 MW blgan ikkita gaz-bu uskunasini o'rnatish. 4. Navoiy viloyatida ammiak va korbamid ishlab chiqaradigan qurilish. 35 5. «Navoi» erkin industrial zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar va boshqalar. 6. Navoiy va Samarqand viloyatlarida — Zarmiton oltinkon zonasida qazib olish hamda qayta ishlash majmuasi (NKMK) va boshqalar. 7. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida — yengil sanoati va charmpoyabzal sanoatini modemizatsiyalash dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyhalar. 8. Toshkent viloyatida — Dji Em Pauertreyn avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish zavodi (Uzavtosanoat) va boshqalar 2010-yilda ham ijtimoiy sohalarga investitsiyalarni yo'naltirish davom ettirilib, mamlakat miqyosida quyidagi ko'rsatkichlarga ega b

4. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot va uning real sektorini hamda mamlakat investitsiya faoliyatini rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyati. Iqtisodiy inqiroz va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida xususiy investitsiyalardan samarali foydalanishning ustuvor yo’nalishlari.
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanishi uchun qulay zamin yaratuvchi xususiyati – ishlab chiqarishni tabiiy va moddiy resurslarni eng kam jalb etgan va tejamli foydalangan holda tashkil eta olish qobiliyatidir. Shu bilan birga, kichik biznesda tadbirkorlik g’oyalari, muammolarning echimiga innovatsion yondoshuvlar juda tezlik bilan amaliyotga tatbiq etiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yuqori samaradorlikni ta’minlovchi asosiy motivatsiya – bu tadbirkorlik sub’ektlarining o’z daromadlarini oshirish, ularning moddiy va moliyaviy resurslari, munosib mutaxassislik, kasb-kor, ma’lumot darajasi va boshqa jihatlari bilan aniqlanuvchi jamiyatdagi o’rta mulkdorlar qatlamiga mansubligini belgilab beruvchitegishli mavqega erishish hisoblanadi. Hududlarning ichki iqtisodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish, undan samarali foydalanishda kichik biznes imkoniyatlarini qo’llash tizimli tarzda amalga oshirilishi lozim. Bunda asosiy e’tibor hududdagi muammolarni hal etishda kichik biznesning kengroq ishtirokini ta’minlash imkoniyatini beruvchi ishlab chiqarish tizimini diversifikatsiyalashga qaratilishi lozim.
Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi hamda xalqaro raqobatning kuchayib borishi sharoitida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini taqozo etadi. Bu borada kichik biznesdan hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarning manbai sifatida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurish mulkka egalik qilishni yangi shakllarini tashkil etish va xususiy mulkka ustunlik berish maqsadida o’tkazilgan iqtisodiy islohatlar o’z samarasini ko’rsatdi va bugungi kunda iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, kengayib bormoqda va mulkchilikni barcha turlarining tarmoq – sohalarida tovar mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hamda shu bajarish doirasida raqobatbardjshlik jarayonlari tobora jadallashib, iqtisodiy samaradorlik taminlanmoqda.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti jarayonlarida ish yuritadigan tadbirkorlik asosiy iqtisodiy mehnat faoliyatidan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda bilim, malaka, tajribaga ega bo’lgan, yuqori daromad va foyda olishga erishish yo’lida tavakkalchilik bilan ish bajaradigan tashabuskor inson faoliyati sifatida muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish, ish o’rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlashda eng ma’qul bo’lgan xo’jalik yuritish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisoblanadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashning samarali mehanizimlari yaratilgan bo’lib, ― “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoyillari to’g’risida”, “Raqobat to’g’risida”, yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”dagi qonun hujjatlarida taminlab berilgandir. Aholining kun sayin o’sib borayotgan moddiy ne’matlarga talab-ehtiyojlarini qondirish birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Ya’ni, oziq-ovqat, sabzavot-poliz, chorva, baliq, parranda mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish, bu mahsulotlarni qayta ishlab, ichki bozorni to’ldirish va iste’molchilarga taklif etish hozirgi kunning va undan keyin ham dolzarb amalga oshirib boriladigan ustuvor ahamiyat kasb etadigan chora-tadbirlar majmuini tashkil etadi.

Xulosa
Har bir mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning, jumladan, chet el investitsiyalarining ahamiyati kattadir. Har qanday davlat jahon tajribalarini o'rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan, dunyodan ajralgan holda rivojlanishi mumkin emas. O'zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilar ekan, uni chet el investitsiyalari rivojisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Xorijiy investitsiyalar har bir davlatning iqtisodiy o'sishi uchun katta ahamiyatga ega bo'lsada shu bilan birga ularning samaradorligi jiddiy muammolar bilan bog`liq. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligining dastlabki yillarida inflyatsiya darajasining katta bo'lishi tufayli kapital asosan savdo sohasida ishtirok etdi. Bu holat ishlab chiqarish sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun hokimiyat tomonidan keskin choralar ko'rishni talab etadi.
Umuman, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarni (TTXI) va yuqori texnologiyalarni, boshqaruv ko'nikmalarini jalb qilish milliy firmalarning ishlab chiqarish usullariga muayyan o'zgarishlarni olib kiradi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan TTXI oqimini rag`batlantirish kerak.
Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uchun yangi tarmoqlarni qaror toptirgan bir qancha yirik loyihalar amalga oshirildi. Biroq, uzoq muddatli istiqbollar imkoniyatlari hali tugaganicha yo'q. Iqtisodiyotni kompleks tarzda tarkiban qayta qurishga qaratilgan muhim investitsiya dasturlarini amalga oshirish davom etmoqda.Bunday loyihalarning O'zbekiston uchun ahamiyati – import o'rnini bosadigan va jahon bozorida raqobatlasha oladigan, yuqori darajada qayta ishlanadigan va pirovard iste'molchiga tayyor holatga etkazib beriladigan mahsulot ishlab chiqarishning asosiy qismini lokallashtirishga qodir bo'lgan amalda tayyor texnologik zanjirlarni nisbatan qisqa vaqt ichida barpo etishdir. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to'g`ridan – to'g`ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ul ardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o'rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlantirishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan investitsiya dasturlariga muvofiq farmatsevtika, tekstil, kimyo, neft va gaz sohalarida yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatini rag`batlantirish, investorlarni axborot bilan ta'minlovchi yagona tizim
barpo etish bilan bog`liq, ishlarni tartibga soluvchi qonun xujjatlarni amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtirilishi ancha katta ahamiyatga ega. Investorlar O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani va uning yo'nalishlari, jamiyatimiz taraqqiyotining makroiqtisodiy ko'rsatgichlari, qonun va me'yoriy xujjatlar, shuningdek yo'riqnoma hamda axborot-bildiruv tusidagi materiallar to'g`risida to'liq va operativ ma'lumotlarga muxtoj bo'lib turibdilar. Shu munosabat bilan respublikada hisob yuritish va hisobot tizimi samaradorligi oshirilishi zarurligiga e'tiborni qaratish muhim deb hisoblaymiz. Statistika hisobotlari kechikishi, ko'p hollarda esa e'lon qilinmasligi natijasida ma'lumotlarni taqqoslashning iloji yo'q. Bu esa, xorijiy investorlar qaror qabul qilishiga jiddiy to'siq bo'lmoqda. Mohiyatan xorijiy sarmoyalar shaxsiy milliy sarmoyaviy qiymatini boshqasinikiga almashtiradi. Xavfsizlik, daromadlilik, likvidlilik va kapitalizatsiya bilan birga xorijiy sarmoyalarning ajralib turuvchi tomoni xorijiy sarmoyadorlar tomonidan aniq maqsadlarni ko'zlash hisoblanadi.
instrumentlari va qurilish texnologiyalari bozori.

Download 39,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish