Bo’lajak mutaxassisning kasbiy moslashuvi
2.21.-rasm. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish modeli.
47
Mazkur modelga tayangan holda tizimli yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlovchi
texnologiya ishlab chiqildi. Unda asosiy uch bosqichli tizim(motivatsion, o’zlashtirish, kasbiy o’zini anglash) o’rganildi.
Bosqichlar
|
Motivatsion
|
Faoliyat
|
|
|
Kasbiy o’zini
|
|
|
|
|
|
|
talablarini
|
|
|
anglash
|
|
|
|
|
|
|
o’zlashtirish
|
|
|
|
|
Mazmuni
|
Kasbiy
|
|
|
tasavvurlar-
|
Kasbiy kompeten-
|
Guruh
|
va
|
kasbiy
|
|
ning
|
|
shakllanishi;
|
tsiyalar,
|
faoliyat
|
muhitda o’z o’rnini
|
|
kasbiy
|
yo’nalganlik,
|
talablari,
|
|
|
topish,
|
|
mehnat
|
|
pedagogik
|
|
faoliyatga
|
qadriyatlarning
|
|
sharoitlariga
|
faol
|
|
intilish motivatsiya-si
|
o’zlashtirilishi
|
|
kirishish,
|
kasbiy
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
shakllanish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Shakl,
|
Debatlar,
|
|
kasting-lar,
|
Axborotli
|
ma’-
|
“SWOT va TOWS-
|
metod,
|
brifinglar,
|
|
|
|
ruzalar,
|
munoza-
|
tahlil”,
|
|
esselar,
|
vositalari
|
uchrashuvlar,seminar-
|
ralar, eminarlar,
|
treninglar, “Mening
|
|
treninglar,
|
|
|
kichik
|
Keys-stadi, rolli-
|
kasbiy
|
istiqbolim”,
|
|
guruhlarda
|
ishlash,
|
ishbilar-mon
|
|
grafik
|
organayzer-
|
|
taqdimot boshq.
|
|
o’yinlar,
|
vebinar,
|
lar va boshq.
|
|
|
|
|
|
|
|
forum-lar
|
|
va
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
boshq.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.2.1-rasm.
|
Bo’lajak
|
o’qituvchilarni
|
kasbiy
|
moslashtirish
|
texnologiyasi.
Ma’lumki, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoni murakkab va individual jarayon hisoblanadi. Bunda talaba shaxsining individualligi, ta’lim sharoiti, muhit hamda shaxslararo munosabatlar tizimining o’zaro bog’liqlikda tadqiq etilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Shuningdek, moslashish jarayonlarining samarali kechishi bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy faoliyatga nisbatan maqsadli yo’nalganligini hamda aksiologik yondashuvini shakllanishiga, kasbiy rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bu esa kasbiy faoliyat
48
samaradorligi, natijaviyligi hamda mutaxassining uzoq ijodiy umr ko’rishiga o’z ta’sirini o’tkazadi.
BOB BO’YICHA XULOSALAR
Oliy ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayonini modernizatsiyalashning
o’ziga xos jihati talabalarda kasbiy tayyorgarlikning faqat umumiy parametrlarini shakllantirish bilan emas, balki ulardagi ijodkorlik, jarayondan ko’zlangan maqsad va vazifalarni aniq prognoz qila olish va shunga intilish ko’nikmalarini rivojlantirish, pedagogik jarayonni mvafffaqiyatli yo’lga qo’yishning maqbul yo’llarini ishlab chiqib, amalga tatbiq etish malakalarini rivojlantirish darajasi bilan tavsiflanadi.
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga qo’yiladigan zamonaviy talablar mazkur ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonni tashkillashtirishga nisabatan innovatsion yondashuv zaruratini keltirib chiqaradi. Bu esa tadqiqot doirasida kasbiy moslashtirish jarayoniga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillar va zaruriy shart-sharoitlarni aniqlashtirishni nazarda tutadi.
Tadqiqot ishining mazkur bobida olib borilgan empirik tahlillar bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning axborotli-mazmunli va tashkiliy-metodik omili tizim samaradorligini ta’minlovchi asosiy mezonlardan biri ekanligini tasdiqladi.
Tajriba natijalari innovatsion o’qitish texnologiyalari asosida kasbiy moslashtirish yo’llarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish o’rganilayotgan
tadqiqot muammosining ijobiy echimini ta’minlashi mumkinligini ko’rsatdi.
Ishning navbatdagi bosqichlarida innovatsion texnologiyalarning imkoniyalaridan kelib chiqib, bo’lajak o’qituvchilarning pedagogik faoliyat talablariga moslashtirishga yordam beruvchi samarali metodlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq ekanligi asoslandi.
49
BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINING TASHKIL ETILISHI VA NATIJALAR TAHLILI
Pedagogik tajriba-sinov ishlarining eksperimental metodikasi
Mustaqillik yillarida respublikada “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” tamoyiliga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi har tomonlama rivojlangan, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega, mustaqil hamda erkin fikrlovchi komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir. Yurtboshimiz, I.A.Karimov ta’biri bilan ifodlaganda, “Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va prfessional tayyorgarlikka ega bo’lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muxim sharti bo’la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlashi mumkinligiga ishonchning xojati yo’q, deb o’ylayman!”. Shu sababli ayni vaqtda bo’lajak o’qituvchilarni sifat darajasini belgilab beruvchi kasbiy-malakaviy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadqiqot ishiga oid mavjud o’quv-metodik adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va muammoning amaldagi holatini baholash natijasida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning zaruriy pedagogik-psixologik shart-sharoitlar ta’sirida umumta’limiy, umumkasbiy va maxsus fan asoslarini puxta egallashlari, yaratilgan pedagogik-shart-sharoitlar ta’sirida shakllanib borishi aniqlandi. Shuningdek, shaxsiy va kasbiy maqsadlar, pozitiv kasbiy motivatsiyani, ijtimoiy va kasbiy ma’suliyat, amaliy faoliyatga psixologik tayyorgarlik, tashabbuskorlik, ijodkorlik, o’z hatti-harakatlaridan qoniqish hissini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni talabalardagi kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish va faollashtirish, kasbiy moslashtirish jarayonida etakchi omillardan biri sifatida namoyon bo’lishi kuzatildi.
Nazariy va empirik tahlil natijasida chiqarilgan mazkur xulosalarga asoslanib, ishning pedagogik tajriba-sinov qismini loyihalashtirishda bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish va bu jarayonga tizimli yondashish orqali
50
talabalarning kasbiy bilim, ko’nikma va malakasini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumki, pedagogik yo’nalishda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar o’zining tashkiliy-metodik asoslariga tayanib, quyidagi bosqichlarda loyihalashtiriladi:
tadqiqot uchun tanlangan muammoning ijtimoiy-pedagogik, psixologik mohiyatini to’g’ri anglash va dolzarblik darajasini aniqlash, uning kontseptual va maqbul echimini topish yo’llari hamda vazifalarini oqilona belgilash maqsadida tashkil etiluvchi nazariy-prognostik tahlil;
mavjud manbalarga tayangan holda tanlangan muammoning ijobiy, echimini samarali hal qilish maqsadida tadqiqotchi tomonidan ilgari suriladigan nazariy g’oyalar, ilmiy faraz asosida maxsus metodikani shakllantirishga
yo’naltirilgan amaliy faoliyat;
shakllantirilgan maxsus metodikanining tadqiqot ob’ekti sifatida tanlangan ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya amaliyotiga tatbiq etilishi va uning samaradorlik darajasini belgilash bilan bog’liq eksperimental bosqich.
Mazkur texnologik bosqichlarning o’ziga xosligi va ularning pedagogik tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli tashkil etilishiga ta’sirini o’rganilib, tadqiqotning eksperimental bosqichi bilan bog’liq faoliyatning maqsad va vazifalari quyidagicha belgilandi.
Tadqiqot maqsadi – bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini asoslash hamda jarayon muvaffaqiyatini
ta’minlovchi shakl, metod va vositalarni ishlab chiqishdan iborat etib belgilandi.
Mazkur maqsadga erishish uchun:
OTMlaridagi o’quv-tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini tahlil
qilish;
bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga ta’sir ko’rsatuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarni aniqlash;
51
- bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash;
tizimli yondashuv asosida kasbiy moslashtirish jarayonining modeli, texnologiyasini ishlab chiqish;
bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashish darajasini aniqlovchi mezonlarni ishlab chiqish va tahlil etish.
Belgilangan vazifalarning amaldagi faoliyat talablari bilan qat’iy bog’liqligini ta’minlash maqsadida tajriba-sinov ishlari quyidagi bosqichlarda loyihalashtirildi.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida:
bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishda yosh-psixologik xususiyatlarini hisobga olish;
talabalarning pedagogik faoliyatga intilish motivatsiyasini kuchaytirish,
o’zlashtirilgan kasbiy bilimlarni takomillashtirish va rivojlantirish;
- innovatsion o’qitish texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor berildi.
Ma’lumki, pedagogik jarayonni o’qituvchi va talabalarning o’zaro hamkorlikdagi munosabatlari, birgalikdagi faoliyati sifatida tashkil etish, bunda asosiy e’tiborni “Talabaning o’qitish faoliyatidan talabaning faol o’rganish faoliyatiga”qaratish bo’lg’usi mutaxassislarda kasbiy moslashtirish jarayonidagi boshlang’ich asos sanaladi. Shunga binoan, tajriba-sinov ishlari quyidagi yo’nalishda amalga oshirildi:
Respondent talabalarda kasbiy moslashuvchanlikning mavjud holatini aniqlash.
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash va amalga tatbiq etish.
Dastlab, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashish darajasini aniqlash
so’rovnomasi ishlab chiqildi.
52
Mazkur so’rovnomaning tarkibiy tuzilmasi 2 blokdan iborat bo’lib, har bir blokda maxsus pedagogik topshiriqlar va so’rovlar aks ettirildi.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida metodika tarkibidagi bloklar talabalarning xususiy yo’nalishlardagi kasbiy moslashish darajasini aniqlashga yordam beruvchi alohida mezon sifatida qabul qilindi, ya’ni:
Oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim muhiti, shart-sharoitiga
moslashish;
Kasbiy faoliyatga motivatsion yo’nalganlik, pedagogik faoliyatga intilish darajasi;
Kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirishga bo’lgan faollik;
Kasbiy o’zini anglash, faoliyat talablariga moslashish.
Mazkur mezonlarning amaldagi mavjud holati quyi, o’rta va yuqori darajalar misolida baholandi.
Yuqori daraja – bo’lajak o’qituvchilarda ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish, pedagogik faoliyatga intilish, kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirish, kasbiy shakllanish faolligi yuqori darajada. Tashkilotchilik, muloqotchanlik, nutq, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi kasbiy ahamiyatli sifatlar shakllangan.
O’rta daraja – bo’lajak o’qituvchilarda ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish, pedagogik faoliyatga intilish, kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirish, kasbiy shakllanish faolligi o’rta darajada. Talabalarda pedagogik faoliyat yo’nalishidagi kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish ehtiyoji mavjud, biroq, bu ehtiyoj doimiy xarakter kasb etmaydi, shu sababli ular bu yo’ldagi amaliy harakatlarni tashkil etishga urinmaydilar.
Quyi darajada – mazkur toifa talabalarda kasbiy yo’nalganlik asosan majburiylik motivlariga asoslangan, ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish stereotiplarga tayanadi. SHuningdek, bu talabalar kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirishning ijtimoiy –pedagogik zaruriyatini to’la anglamaydilar.
53
Tajriba-sinov ishlariga Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va psixologiya” fakultetining 1-4 kurs talabalaridan iborat jami 200 nafar respondentlar jalb etildi.
Tajriba-sinov ishlarining dasturiga muvofiq tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichida bo’lajak o’qituvchilarning ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat talablariga moslashish darajasi, pedagogik faoliyatga intilish motivatsiyai, kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirganlik darajasi o’rganildi.
Bunda kuzatish, faoliyat mahsulini o’rganish, suhbat, anketa kabi metodlardan foydalanildi.
Ikkinchi bosqchida olingan natijalar tahlili va aniqlovchi tajriba yakunlariga asoslangan holda bo’lajak o’qituvchilardagi kasbiy moslashish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi rivojlantiruvchi dastur va tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Bunda quyidagi samarali ish shakllaridan foydalanildi:
1). Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan respondent-talabalar uchun “Kasbiy moslashuv jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari”, “Muhit va sharoit – shaxs imkoniyatlari” kabi mavzularda ma’ruza-munozaralar, binar ma’ruzalar, treninglar, debatlar tashkil etildi. SHuningdek, talabalar o’rtasida “Mening kutuvlarim” mavzusida ijtimoiy so’rov ham o’tkazildi. Ya’ni bunda talabalarning bo’lajak mutaxassis sifatida oliy ta’lim muassasasi va professor-o’qituvchilardan kutayotgan imkoniyat va shart-sharoitlari o’rganildi.
2). Trening mashg’ulotlari. Tadqiqot ishining 2.2. paragrafida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish modeli va texnologiyasiga tayangan holda, talabalar o’rtasida interaktiv seminar-treninglar tashkil etildi. Bunda ishtirokchichilarning faolligi, o’quv materiali mohiyatini anglash, mavzuga ijodiy yondashish, hamkorlik muloqotlarining shakllantirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Seminar-treninglarda:
“Pedagogik faoliyatning xususiyatlari va tahlili”;
“Ta’limdagi innovatsion islohotlar”;
“O’qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari”;
54
“Zamonaviy o’qituvchi imidji”;
“Mening kasbiy kelajagim”;
“Agar men...” kabi mavzular tahlil etildi.
Mazkur ish shakllarining amaldagi tatbiqi bo’lajak o’qituvchilardagi qator ijobiy sifatlarni, xususan:
o’quv va boshqa ko’rinishdagi ijtimoiy faoliyatlarni tashkil etishga ijodiy yondashish;
o’z qobiliyati va ichki imkoniyatlarini to’la namoyon etish;
kasbiy faoliyatni tashkil etishga mas’uliyatli yondashish;
bilish faolligini shakllantirishga olib keldi.
3). Tadqiqot doirasida bo’lajak o’qituvchilar bilan vaziyatli topshiriqlar va “keys” larni echish (muammoli vaziyatlarni hal qilish)ga oid mashqlar tashkillashtirish.
Ushbu bosqichda tashkil etilgan amaliy ish natijalaridan ko’zlangan maqsad talabalarning mavjud nazariy bilimlarni kasbiy ko’nikma va malakalarga aylantirishga qaratildi.
4). Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy moslashuvchanlikni shakllanganlik darajasini aniqlashga doir tashxis xaritalari ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlarining har bir bosqichida mazkur tashhis xaritalari, suhbat, assementlar orqali respondentlarning natijaviy ko’rsatkichlari aniqlab borildi (3-4 ilova).
Shunday qilib, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining muayyan dastur va rejaga asosan olib borilishi, belgilangan maqsadga erishish va kutilgan natijalarni qo’lga kiritish imkonini berdi. Buni turli bosqichlarda tashkil etilgan tajriba-sinov ishlari natijalarining dinamik o’sishidan ham anglash mumkin. Ishning navbatdagi bandida tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning qiyosiy hamda statistik tahlili haqida so’z yuritiladi.
55
2.Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarining statistik tahlili
Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida qo’lga kiritilgan natijalarning haqqoniyligi va ishonchliligini o’rganish maqsadida ularni miqdor va sifat jihatidan tahlil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Pedagogik tajriba-sinov ishlarining dastlabki bosqichida maxsus ishlab chiqilgan anketa so’rovlari asosida respondentlardagi kasbiy moslashishning mavjud holati yuqorida belgilangan mezonlar asosida aniqlandi va respondentlarning javoblari tahlil etildi.
Tadqiqotda asosiy maqsad bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish darajasini oshirishga yo’naltirilib, belgilangan maqsadning kafolatli natijasi pedagogik jarayonning shaxsning kasbiy yo’nalganligi, kasbiy bilimlarning o’zlashtirilishi, olingan ta’lim sifati va yaratilgan pedagogik shart-sharoitlarningtalaba imkoniyatlari va qiziqishlari doirasidan kelib chiqib amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi. Tadqiqot doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijalarini tahlil etish mazkur fikrlarning amaldagi tasdig’ini yana bir bor isbotladi.
Ma’lumki, kasbiy moslashtirishida bo’lajak mutaxassisning motivatsion
tayyorgarligi muhim o’rin tutadi. Bo’lajak o’qituvchining motivatsion tayyorgarligining asosini kasbiy yo’nalganligi ya’ni o’z kasbi, mutaxassisiligining mohiyatini tushuna olishi, kasbiy faoliyatiga nisbatan o’zida pozitiv munosabatni tarkib toptirishi, kasbiy hayotiy maqsadlarining aniqligi, bilish faoliyatiga qiziqishning rivojlanishi tashkil etadi. Bu mutaxassisining ta’lim olish jarayonidagi o’zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirishida, namoyon bo’ladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, tajriba-sinov ishlari so’rovnoma tarkibidagi I-blok murojjatlari talabalardagi motivatsion tayyorgarlik, kasbiy yo’nalganlik va kasbiy sifatlarning shakllanganlik darajasini baholashga qaratildi.
Ma’lumki, talabalik davri - mehnat hayotida o’z-o’zini aniqlab olish yoshi bo’lib, bu vaqt talabada o’zining kelajakdagi kasbiy hayotiy maqsadlarini aniq belgilab olish intilishi paydo bo’ladi. Bu davrda talaba ongli to’g’ri qarorqabul
56
qilishi uchun birinchidan, amaldagi mehnat bozorining u yoki bu kasb turiga bo’lgan ehtiyojini, ikkinchidan, o’z moyilligi va bu kasb qo’yadigan talablarga qanchalik muvofiq kelishini bir so’z bilan aytganda tanlangan kasb mohiyatidan to’liq xabardor bo’lishi maqsadga muvofiq sanaladi.
So’rovnoma natijalarini o’rganish bo’lajak o’qituvchilarning motivatsion tayyorgarligini yoritishning quyidagi jihatlariga alohida e’tibor berish lozimligi ko’rsatadi:
1. Talabalardagi ichki sabablarga asoslangan kasbiy yo’nalganlik (motivlar, ehtiyojlar, maqsad va qiziqishlar asosida shakllangan kasbiy yo’nalganlik). Bu asosan 3-4 bosqich talabalariga xos xususiyat sifatida tadqiq etildi.
2. Talabalardagi tashqi sabablarga asoslangan kasbiy yo’nalganlik ya’ni kasbiy faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatiga asoslangan yo’nalganlik. Bu xususiyat aksariyat 1 - bosqich respondentlarida kuzatildi.
Xususan, 1-bosqich talabalarining 17 tasida pedagogik faoliyatga intilish darajasi yuqori, 20 tasida o’rta, 13 tasida quyi daraja aniqlandi.
Ikkinchi bosqchi talabalarida bu ko’rsatgich quyidagicha ko’rinishni aks ettirdi, ya’ni jami 50 talabadan 12 tasida pedagogik faoliyatga intilishning yuqori darajasi, 17 tasida o’rta va 21 tasida quyi daraja kuzatildi.
Uchinchi bosqichda yuqori daraja 15 ta respondentda, o’rta daraja 21 ta va quyi daraja 14 ta respondentda aniqlandi.
Bitiruvchi kurs talabalarining so’rovnoma savollariga bergan javoblari tahlil etilganida pedagogik faoliyatga intilishning yuqori darajasi 25 ta, o’rta darajasi 13 ta va quyi daraja 12 ta respondentda o’rganildi.
Natijalardan ko’rinib turibdiki, pedagogik faoliyatga intilish motivatsiyasi 1-4 bosqich talabalarida 2-3 bosqchi talabalariga qaraganda yuqoriroq natijalar ko’zga tashlandi. Buning sababini kasb tanlash motivlari, kasbiy o’zini anglash, kasbiy tasavvurlar bilan bog’lab tahlil etish maqsadga muvofiqdir. CHunki, dastlabki kasbiy tasavvurlar ta’sirida pedagogik faoliyatga intilish darajasi yuqori bo’lsa(1-bosqich), kasbiy faoliyatning shaxsga qo’yadigan talablari,
57
kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirishdagi mashshaqqatlar hamda moslashish jarayonidagi qiyinchiliklar bu intilishning muayyan davrda susayishiga (2-3 bosqich) sabab bo’lgan. Kasbiy moslashish jarayonlarining samarali kechishi, kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirish, kasbiy faoliyatda o’zini anglash esa
4-bosqich talabalirdagi faol kasbiy pozitsiyaning shakllanishiga sabab bo’lgan.
-
|
3.2.1.jadval
|
Pedogogik faoliyatga moslashish
|
darajasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosqichlar
|
|
|
|
Tajriba avvalida, n = 200 ta
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tajriba guruhi
|
|
Nazorat guruhi
|
|
|
|
( har bir bosqichda 25 tadan )
|
( har bir bosqichda 25 tadan )
|
|
|
yuqori
|
|
o’rta
|
|
past
|
yuqori
|
|
o’rta
|
|
past
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
I
|
|
9
|
|
10
|
|
6
|
8
|
|
10
|
|
7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
II
|
|
6
|
|
8
|
|
11
|
6
|
|
9
|
|
10
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
III
|
|
8
|
|
10
|
|
7
|
7
|
|
11
|
|
7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
IV
|
|
12
|
|
7
|
|
6
|
13
|
|
6
|
|
6
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
58
Do'stlaringiz bilan baham: |