Tadqiqot metodlari: tadqiqot mavzusiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik, metodik hamda kasbiy ta’limga oid adabiyotlar, shuningdek, pedagogika kollejlari faoliyatini yorituvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganish; ijtimoiy metodlar (so’rovnoma, suhbat, intervyu); modellashtirish; pedagogik kuzatish; pedagogik tajriba; matematik-statistika.
Tadqiqotning metodologik asosi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, Respublika Prezidenti I.A.Karimovning malakali kadrlar tayyorlashga oid PQ – 1761 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish borasidagi qarorlari, Sharq mutafakkirlarining o’qituvchi va uning barkamol shaxsni tarbiyalashdagi roli to’g’risidagi ijtimoiy-pedagogik qarashlari, uzluksiz ta’limni takomillashtirishga
6
oid me’yoriy hujjatlar, falsafiy, pedagogik, psixologik, metodik hamda kasbiy ta’limga doir tadqiqotlarda ilgari surilgan g’oyalar asos qilib olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |