Xusnidinova Gulnoza Zoxidjon qizining «Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlari» Mutaxassislik



Download 1,24 Mb.
bet14/26
Sana31.12.2021
Hajmi1,24 Mb.
#250018
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
Xusnidinova Gulnoza Zoxidjon qizining «Bo‘lajak o‘qituvchilarni

faoliyati

Inson







faolyatida













tizimlilik




Kommunikativ







faoliyat




























Aksiologik







faoliyat












2.1.1-rasm. Tizimlilik aks etuvchi inson faoliyati
turlari
Tizimli yondashuv – ilmiy bilish hamda ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo’nalishi bo’lib, uning asosida ob’ektlarni tizim sifatida qabul qilinishi yotadi. Tizimli yondashuv tadqiqotchini ob’ekt yaxlitligini ochib berishga, uning aloqalari turli tiplarini aniqlashga hamda ularni yagona nazariy ko’rinishga keltirishga yo’naltiradi.
Pedagogik jarayonga tizimli yondashuv esa o’qitish maqsadidan tortib uning natijasigacha bo’lgan jarayon va o’quvchi imkoniyatlarini yaxlit tizim sifatida qabul qilish bilan belgilanadi.

40

Bunday yondashuv uzluksizlik, yaxlitlik hamda tuzilmaviylikning dialektik birligini o’zida aks ettirib, murakkab jarayonlar modelini yaratish imkonini berishi bilan ularni tadqiq qilishni engillashtiradi.


Ba’zi tadqiqotlarda mualliflar faqatgina tizim elementlarini sanab o’tish bilan chegaralanadilar, biroq pedagogik jarayonda foydalaniladigan maqsad, metod, vosita amalga oshirilish shart-sharoitlari ochib berilmasdan qoladi.
Tizimli yondashuvning asosiy tushunchalari va boshlang’ich asoslarini o’rganishimiz natijasida real borliqning muhim belgilaridan biri – undagi ob’ektlarining o’zaro ta’sirlashuvi natijasida ta’sirlashuvning boshlang’ich davridagi ob’ektlarga xos bo’lmagan yangi sifatlar yuzaga kelishi to’g’risidagi tasavvur hosil bo’ldi.
U sifat jihatidan yangi mahsul – yaxlitlikning va tizimning vujudga kelishidir. Yaxlit tizimning sifati uni tashkil qiluvchi sifatlarning yig’indisidan iborat bo’lmaydi. Tizim uchun, shuningdek, mohiyat jihatidan uning ajralib turuvchi xossalarini ifodalovchi yangi integral sifatlar ham xosdir.
Yaxlit tizim o’zi tarkib topgan qismlarga faol ta’sir ko’rsatib, ularni o’z tabiatiga moslab o’zgartiradi.
Natijada dastlabki boshlang’ich qismlar sezilarli o’zgarishga uchraydi: ko’pchilik holatlarda oldingi, ular tizimga kirishigacha bo’lgan xususiyatlarini yo’qotadi, ularning boshqa xususiyatlari o’z ahamiyatini oshiradi, yangi sifatlarga ega bo’ladi, shuningdek saqlab qolinadigan xususiyatlar ham sifat va miqdor o’zgarishlarga uchraydi.
Yaxlit tizimning asosiy belgilarini aniqlab olamiz.


  1. Yaxlit tizimning asosiy belgisi aynan tizimiy integral va uni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarning jamoaviy sifati (yoki sifatlari)ning mavjudligidir.




  1. Yaxlit tizimning ajralmas alomati uning tarkibiy qismlari, zero, tizim ulardan tarkib topadi hamda u siz mavjud bo’la olmaydi. Biroq tarkibiy qismlar tasodifiy ob’ektlarning yig’masi emas. Ular tizim bilan integratsiyalashgan, aynan ushbu tizimning tarkibi hisoblanadi. Tizimning maqsadga muvofiq faoliyat ko’rsatishini ta’minlash borasida uni tadqiq qilish,

41

loyihalash, tarkibiy qismlarini aniqlashga tizimli-tuzilmaviy yondashuv deb ataladi.


Tizimli-tuzilmaviy (amaliy, asosli) yondashuv ob’ektning tuzilish xususiyatlarini yahlit, tarkibiy qismlarga berilgan vaqt oralig’i bo’yicha bo’laklangan holatda qarab chiqishni ko’zda tutadi.


  1. Yaxlit tizim – maqsadli tizim, u muayyan maqsadni amalga oshirishga intiladi. Maqsad tizimda uni hosil qiluvchi muhim omillardan biri sifatida yuzaga keladi. Biroq, maqsad unga erishish uchun muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Tizimning muhitda maqsadga erishish uchun amalga oshiradigan harakatlari aynan uning funktsiyalarini tashkil qiladi. Funktsiyalar maqsadga nisbatan unga erishish usuli sifatida yuzaga chiqadi. Tizimning maqsadga erishish uchun muhitdagi o’zini tutishi nuqtai nazaridan tadqiq qilish va loyihalashga tizimli-funktsional yondashuv deyiladi.




  1. Har qanday tizim o’zgarmas, barcha davrlar uchun bir xil bo’lib

qolmaydi. U absolyut, abadiy emas, chunki qarama-qarshiliklar mavjudligi unga ham xosdir. Har bir tizim nafaqat faoliyat ko’rsatadi, balki, shu bilan birga rivojlanadi; u o’z ibtidosiga ega, u yaralish davrini o’taydi, tarkib topadi va rivojlanadi. Tizimlar nazariyasida tizimning yashash vaqti uning asosiy tavsifiy belgilaridan biri hisoblanadi.




  1. Tizimni uning vaqt bo’yicha rivojlanishi nuqtai nazaridan tadqiq qilish va loyihalash tizimli yondashuv deb ataladi.




  1. Har bir tizim o’z navbatida o’zidan yuqori darajada turuvchi metatizmning tarkibiy qismi sanaladi, shu kabi u o’zidan quyi darajada turuvchi tarkibiy qismlardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, hech bir tizim boshqalaridan izolyatsiyalanmagan, balki ko’plab aloqalar bilan boshqa turli tizimiy va notizimiy uyushmalar bilan ta’sirlashib turadi. Tizim o’ziga nisbatan tashqi bo’lgan muhitda harakatda bo’ladi, rivojlanadi, u bilan ko’plab

kommunikatsiyalar orqali bog’lanadi. Tizimni unga nisbatan mavjud bo’lgan boshqa tizimiy va notizimiy uyushmalar nuqtai nazaridan o’rganishga tizimli-kommunikativ yondashish deb ataladi.


42

  1. Tizimga doimiy ravishda o’zida uning turg’unligini buzishga qaratilgan ta’sirlar ko’rsatib turiladi. Ushbu ta’sir avvalo har qanday tizimning ichida mavjud bo’lgan qarama-qarshiliklar oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan birga resurslar etishmasligi, qattiq cheklashlar kabi tashqi salbiy ta’sirlar ham mavjud. Bunga qaramasdan tizim yashaydi va rivojlanib boradi. Demak, tashkil etuvchi qismlarning o’ziga xos yig’masi, ichki tuzilma va boshqalar bilan birga boshqa tizim hosil qiluvchi, tizimni himoyalovchi omillar ham mavjud. Tizimning yashovchanligini ta’minlovchi ushbu omillarga boshqaruv deyiladi.

Tizimlarni uning turg’unligini buzishga qaratilgan ichki va tashqi


ta’sirlar sharoitida maqsadga muvofiq faoliyat ko’rsatishi nuqtai nazaridan tadqiq qilish va loyihalashga tizimli-tashkiliy yondashuv deb ataladi.


  1. Tizimdagi boshqaruvni axborotlarni uzatish, qabul qilish, saqlash hamda qayta ishlashsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborot – tizim tarkibiy qismlarining bir-biri bilan hamda tizim tashqi muhit bilan aloqa qilish usulidir.

Bu ma’noda tizimlilikning mohiyatini uning axborotli jihatlarini o’rganmasdan turib ochib berish mumkin emasligini ayon bo’ladi.


Tizim va tashqi muhit o’rtasidagi ko’plab cheksiz o’zaro aloqalarni berilgan vaziyatdagi ahamiyatiga ko’ra bitta kiruvchi va bitta chiquvchi aloqa sifatida tasavvur qilamiz. Tizim va muhit o’rtasidagi kiruvchi va chiquvchi aloqa davomida moddiy, energetik yoki axborot elementlarining uzatilishi bilan bog’liq almashinuv sodir bo’ladi.
Tizim va tashqi muhit o’rtasidagi aloqadorlikni o’rganish ko’rsatdiki, muhit tizimga resurslarni etkazib beradi, tizimdan esa faoliyatning yakuniy natijasini qabul qilib oladi va iste’mol qiladi. SHunisi e’tiborliki, tizimning faoliyat natijalari printsipial jihatdan muhitda yaratila olmaydi (aks holda tizimni muhitdan ajratishga ehtiyoj qolmaydi). Tizim muhitga o’z ehtiyojlarini qondirish manbai sifatida kerak bo’ladi.
Kasbiy moslashishining mohiyati – o’zlashtirish – anglash – shakllantirish – moslashish ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Boshqacha

43

aytganda, tashqi muhit – olam individning o’zida muhit bilan ta’sirlashib hosil qiladigan obrazlar manbai bo’lib xizmat qiladi.


Demak, tizimning mavjud bo’lishini shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish jarayonidagi qondirilmagan ehtiyojlar vujudga keltiradi, yoki boshqacha ifodalanganda tizim tashqi muhitdagi muammoli vaziyatni hal etish uchun yaratiladi.
Ma’lumki, shaxsni o’z-o’zini rivojlantirishi - bu insonning o’z xayotiy
faoliyatining sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik - inson hayotidagi faol mustaqil holat va maqomidir. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon bo’lishi – bolaning jonlanishi hisoblanadi. Yosh o’tgani sari u o’z shaklini o’zgartiradi ya’ni, insonda ahloqiy, estetik, ijtimoiy va
psixologik quzg’atuvchi sabablar paydo bo’lib, inson o’z-o’zini anglash,
muomila va faoliyat sub’ektiga aylanadi va shaxsiy «Men»ini kashf etadi.
Mazkur jarayonda pedagog shaxs rivojlanishi muhitining loyihalovchisi sifatida
namoyon bo’ladi. Ya’ni shaxs rivojlanishi jarayonida pedagog va
tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi muhit o’ziga xos mazmunli shaklga aylanib, bu erda muloqot muhiti bo’lajak o’qituvchining ichki dunyosini shakllanishi mexanizimi sifatida vujudga keladi.
Afsuski, ko’pchilik hollarda ta’limiy faoliyat uchun predmet (maqsad, mazmun) sifatida insonning shaxs bo’lib kamol topishi deyarli kurib chiqilmaydi. Bu jarayonni o’qitishdan tashqari (darsdan tashqari) paytda «tarbiyaviy ish» davomida amalga oshirish mumkin degan fikrlar uchraydi. Bu fikrlar noo’rin albatta, chunki bolaning shaxsiy rivojlanishi uchun ta’lim jarayoni mohiyatni tashkil etuvchi umuminsoniy madaniyat va tajribaga o’quvchilarni jalb etish ham ta’lim funktsiyalaridandir. Mazkur vazifalarni hal etmadan ta’lim shaxsga nisbatan yaxlit ma’lumotni bera olmaydi. Chet el pedagoglari tajribasi shuni ko’rsatadiki, ta’lim jarayonida shaxsni tanlangan model bo’yicha shakllantirishga urinish, talabalarni «qatorasiga» ta’lim tizimidan o’tkazish faqatgina ijtimoiy va ta’limiy surrogatlarni (nohaqiqiy nusxa) shakllanishiga olib keladi.
44

Yuqoridagi mulohazalarga tayanadigan bo’lsak, zamonaviy ta’lim usullarining bosh maqsadi ham oldindan belgilangan xususiyatli shaxsni shakllantirishni emas, ta’lim jarayonida sub’ekt shaxsiy funktsiyalarining to’liq namoyon bo’lishi va shunga muvofiq rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishdan iboratdir.


Shaxsiy funktsiyalar bu shaxsning muayyan vaziyatdagi xarakter xususiyatlari emas, aksincha, insonning «shaxs bo’lishi» fenomenida namoyon bo’luvchi belgilardir. Bu funktsiyalar qatoriga motivlashtirish( faoliyatni qabul qilish va asoslash), kolliziv (borliqdagi yashirin ziddiyatlarni sezish), kritiklik(tashqi muhitdan taklif qilinuvchi meyor va qadriyatlarga nisbatan), refleksiv(mazmunni anglay olish, mo’ljal olish) ijodiy takomillashtirish, o’z-o’zini namoyon qilish, o’z istaklariga ega bo’lish kabi funktsiyalarni kiritish mumkin. Bu funktsiyalarning o’quv jarayoni sub’ektlari faoliyatida namoyon bo’lishi, to’liqligi ta’lim jarayonining amaliyotda «shaxsiy»darajaga yetganlik o’lchovidir.
Tadqiqotlardan ma’lum bo’ladiki, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy moslashish jarayoni shaxsning individualligini ko’zda tutuvchi o’ziga xos sub’ektiv o’quv hamkorlik shakllarini taqazo etadi.
Ma’lumki, individuallik shaxsning etilishi, shakllanganligining o’lchovidir. Individuallikning rivojlanishi uchun esa shaxsiy tajriba, ijodiy faoliyat turi, differentsial munosabat, o’z-o’zini tarbiyalash zarur. Bunda muloqot, dialog, fikriy o’yin, reflektsiya, mazmunni anglay olish shaxsiy funktsiyalarning rivojlanish darajasini belgilab beruvchi mezonlardan sanaladi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayoniga tizimli yondashuv esa bo’lajak mutaxassis shaxsining o’ziga xos tajribasi, individualligining va ilmiy dunyoqarashini shakllanishda manbai hisoblanadi. Shunga muvofiq ta’lim jarayonining barcha aspektlarida o’quv faoliyatining borishi va natijalarida shaxs omilining etakchilik qilishi, o’qitish jarayonida shaxsning kutilmagan ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi pedagogik vositalarning innovatsion

45

turlarini, o’qitishning zamonaviy usullarini tadbiq etilishi o’quvchilardagi


kasbiy moslashishni shakllanishiga yordam beradi.
N.G.Ismatova kasbiy moslashuv nuqtai nazaridan moslashish
mazmunini quyidagi muhim yo’nalishlarda ko’rib chiqishni taklif etadi:


  • fiziologik: organlar va tizmlarning funktsiyasi, endokrin regulyatsiya, nerv regulyatsiyasi;




  • ijtimoiy-psixologik moslashuv: yangi psixologik xulq-atvor

me’yorlarining shakllanishi; qo’yilgan alab bilan bog’liqlikda shaxsiy sifatlarni korrektsiyalash; yangi ijtimoiy muhitni o’zlashtirish;




  • kasbiy: mehnatning yangi sharoitlariga; pedagogik kasbiga; bilimlari va

pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishga odatlanish1.


Tadqiqot ishlarini olib borish davomida tizimli yondashuvning yaxlitlik va o’zaro aloqadorlik tamoyilidan foydalangan holda bo’lajak o’qituvchilarni
kasbiy moslashtirish modelini ishlab chiqdik. (2.2.1-rasm).




  1. Ismatova N.G. Upravleniya professionalnoy adaptatsiey vыpusnikov pedagogicheskix vuzov. // J.”Uzluksiz talim”. – T., 2009.-№1.-S. 47-50.

46





Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish